Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə19/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Reja:

  1. Suxbat metodi. Suxbat metodining umumiy xarakteristika .

  2. So’rov metodi. So’rov o’tkazish tasniflari.

  3. Anketa So’rovi. Anketa ko’rinishlari va ularning tavsifi.

  4. IntervYu usuli.. IntervYu o’tkazish jarayonlari.

Tayanch tushunchalari: intervYu, anketa, test, suhbat, so’rov, kontent-analiz, ochiq anketalar,yopiq anketalar, So‘roq metodlari
Suxbat metodi. Suhbat metodi. Suhbat bevosita muloqot jarayonida shaxsning psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, suhbat o’tkazuvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega. Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash mumkin. Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.

  1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak.

  2. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak.

  3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak.

  4. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak. Suhbat metodining ijobiy tomoni o‘quvchi bilan bevosita muloqotda bo‘lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz obyektiv fakt emas, balki kishining subyektiv fikrini olamiz Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin