Reja: 1.Biografik anketaning shakllantirilishi. 2 Tadqiqotni tashkil etish. Tekshiriluvchiga Yuriknoma. 3 Bayonnomani tuzish. 4.Shaxs shakllanishi xronologik jadvali. Kontent-taxlil metodi. Tayanch tushunchalar:Biografik metod, Biografik tahlil usuli manbalari, kauzometriya, Zamonaviy biografik metodlar, kuzatuv bayonnomalari, axborot to'plash, xatlar Biografik metod (Yunon tilida bios - hayot, graho - yozayapman) - - biografik (kishini uning tarjimai holi bilan bog’lik bo’lgan xujjatlar orqali o’rganish) usul; - intervYu (muammoga oid bo’lgan shaxs hayot yo’lini tadqiq etish, tashxislash, korrektsiyalash, rejalashtirish uslubi. Biografik usul XX asrning birinchi choragida tatbiq etila boshlandi. Birlamchi biografik usullardan yordamida siyosatchilar, tarixiy shaxslar o’tmishdagi siyosiy hayotni retrospektiv tahlil etish maqsadida foydalanilgan. Keyinchalik bunga muhim va kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni (bo’lajak avtobiografiya, boshqariladigan fantaziya, hayotni rejalashtirish, kauzometriya)ni, shuningdek, shaxsning muloqot doirasini (qo’shimcha biografiya, sub’ektning munosabatlar doirasini) qo’shishdi. Zamonaviy biografik metodlar siyosatchi shaxsini tarixiy, ijtimoiy va individual borliq doirasida o’rganishga asoslangan bo’lib, shaxs rivojining stsenariysi va hayotiy dasturlari, uning kasbiy, oilaviy, ma’naviy, tabiiy va ijtimoiy makonda «makon-vaqt» doirasida tahlil etadi. Biografik metodlarni qo’llashda so’rovnoma, intervYu, test, yaqinlarining ko’rsatmalari, zamondoshlarining xotiralari, faoliyat mahsulini o’rganish(xatlari va kundaliklarini, ma’ruzalari nutqlarining kontent-tahlili va b.)dan manba va vosita sifatida foydalaniladi. Ushbu metod inson hayot tarixini o’rganish va baholash usullari, bu hayotni o'tkazganlar nuqtai nazaridan aytilgan yoki xabar qilingan hayotning guvohliklari. Axborot to'plash, xatlar, intervYular, kundaliklar, kuzatuv bayonnomalari va uni tahlil qilish usullaridan iborat. Biografik metodning mohiyati ma'lum bir shaxs qanday mexanizmlar va hodisalar tug'ilishi va kelajakda o'z taqdirini qanday shakllantirish natijasida, savolning javobida yotadi. Biografik metod ilk marotaba Chikago sotsiologik maktabi namoyondalari tomonidan qo’llanilgan. Biografik metod sinaluvchi ichki ruxiy dunyosini tushunish turli xayotiy vaziyatlardagi xulqiy ko’rinishlarni shakllantirish imkonini beradi. Biografik tahlilning o'ziga xosligi uning shaxs, guruh (masalan, oila), tashkilot hayoti aspektlarini sub'ektiv talqin qilishga qaratilganligi hisoblanadi. Voqea-hodisalarni og'zaki yoki hujjatli tasvirlashda rivoyat qiluvchining o'zi nuqtai nazaridan hayotiy voqea sub'ekti ushbu voqealarni boshdan kechirishi, izohlashi va belgilashi shaklida bo'ladi.