Ekspozitsiyasi



Yüklə 26,51 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü26,51 Kb.
#107420
XX


XX asrning oxirlariga kelib, muzey ekspozitsiyasi san’ati takomillasha  boshladi. Zamonaviy madaniyatning umumiy kontekstida, san’at sifatida ekspozitsiyani tushunishga yangi yondashuvlarni aniqlash masalasi ko‘tarildi. Muzey ekspozitsiyasi san’ati, oxirgi yillarda ijodning mustaqil janri sifatida tasdiqlandi, ko‘plab zamonaviy estetik va umummadaniy zaminga bog‘landi Ekspozitsion ijod bu muhit ijodi xisoblanadi. Uning vazifasiga “konseptual” shartlangan muhitni kompleksli yaratish, qator komponentlar kiradi, eksponatlar va tematikalar, me’morchilik va predmetli fazoviy stilistika, didaktik material va texnologik rejimlar shular jumlasidandir. Bu “qator”, umumiy  konseptual – badiiy g‘oya bilan yagona yaxlit predmetli – fazoviy sistemaga birlashgan bo‘lib, sezilarli axborot potensialini o‘zida mujassamlaydi va muzey kommunikatsiyasining asosiy kanallaridan biri xisoblanadi. Aynan mana shu konseptual – vizual sistema, mantiqan zamonaviy muzey ekspozitsiyasidir, ya’ni muzey ilmiy xodimining rassom ekspozitsioner bilan xamkorlikdagi ijodining maxsuli va obyektdir
Rivojlangan chet davlatlari muzeylari, funksionalligining yuqori darajasi bilan xarakterlanadi, ularga muzeyni kompleksli yaratish asosida o‘z to‘plamlarini ekspozitsiyalash uchun optimal sharoitlar yaratilishi xosdir. Bunda muzey organizmining murakkab spetsifikasi, uning eksponatlarining o‘ziga xosligi va xarakteri inobatga olinadi. Bu muzeylar, boshqa mamlakat muzeylari bilan solishtirilganda, takomillashgan industrial va texnik baza, zamonaviy texnologiya va materiallar, shuningdek, yetarli darajada ekonomik ta’minot xisobiga ilg‘or rivojlanish imkoniyatiga ega.
Tadqiqot jarayonida aniqlanishicha, rivojlangan chet mamlakatlarida ekspozitsiya va ekspozitsion san’atning rivoji, ekspozitsiya dizayni darajasining takomillashuvi yo‘lidan xarakatlanib, shunday zamonaviy muzeyning yuqori “texnologiyalari”ga erishdiki, moxirlik bilan uni, shakl va funksiyasi bo‘yicha ratsional ajoyib, yorqin obyektga aylantirdi. Ekspozitsiya rivojining bunday yo‘li, obyektiv zaminga, texnik va iqtisodiy imkoniyatlariga, eng asosiysi ma’lum bir maqsad va vazifalarga ega. Shu nuqtai nazardan “muzey texnologiyalarining yuqori rivojlanish darajasi” xaqida gapirish mumkin. Buning uchun albatta, to‘plamlarni saqlash va ekspozitsiyalashning fundamental funksiyalariga, saqlash va qabul qilishning optimal qulay sharoitlarini yaratishga katta e’tibor qaratish lozim. Muzeylarning ekspozitsion funksiyalarini rivojlanish yo‘llarini qidirishga katta e’tibor - ekspozitsiyaning funksional sifati va estetikasiga qaratildi, bu yerda sifat deganda barcha ilmiy, estetik, texnik, utilitar va ekspozitsiyaning yuqori ta’minoti tushuniladi. Bu bir tomondan industrial texnologiyalarning yuqori darajasi bilan shartlansa, ikkinchi tomondan maxsus “muzey industriyasi”ning akustika, optika, yorug‘lik fizikasi, ximiya va boshqa fanlarning eng yangi yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarishni zamonaviy “muzey texnologiya”larida qo‘llash va rivojlantirishni kiritganligini takidlash joiz. Ularga muzeyning tipologik rejimi xos bo‘lib, bu harorat, saqlash, yorug‘lik kabilarning funksional rejimini yaratish va qo‘llab quvvatlash bo‘yicha eng murakkab zamonaviy texnikadir. U yoki bu ekspozitsiyani yaratishda unikal maxsus dasturlashtirilgan imkoniyatlarga ega zamonaviy ekspozitsion materiallar ham yuqoridagilarga taluqli.Ekspozitsion amaliyotda jixoz uskunalarning zamonaviy sistemasini qo‘llanilishi va ishlab chiqilishi katta ahamiyatga egadir. Yig‘ib-yoyiladigan turli tuman modulli sistemalar keng qo‘llaniladi. Ularning qo‘llanilishi katta ekspozitsion kengliklar me’morchiligi talablariga bo‘ysunadi, shuningdek, har bir ekspozitsiya yoki ko‘rgazmaning o‘ziga xosligini ochib berish uchun individual yondoshiladi. Eksponatlarni oliy saviyada namoyish etish uchun sanoatda ishlab chiqarilgan metall konstruksiyalar, ekspozitsiya strukturasining turli kompozitsiyasiga yig‘iladigan modulli elementlar va xar xil moslamalar tipi-ya’ni fazoviy to‘siqlar, podiumlar qo‘llaniladi. Muzey jixoz-uskunalarining bunday sistemalarida eng yangi konstruktiv yechimlar va materiallar qo‘llaniladi. Ular bajarilishining yuqori sifati bilan ajralib turadi va bu narsa ularni zamnaviy me’morchilik darajasiga yetkazadi. Bugungi kun muzeylarida maxsus firmalar tomonidan ishlab chiqilgan muzey uskunalari, mebellari qo‘llaniladi. Bu kabi egiluvchan modulli sistemalarda, kompozitsion yechimlarning varriatsiyasini yaratishda ulkan potensial imkoniyatlar yotadi. Maxsus muzeylar va unikal ekspozitsiyalar uchun, qoidaga ko‘ra, moslamalarning maxsus komplekslari ishlab chiqiladi, bu esa individual badiiy yechimning ajralmas qismi xisoblanadi. Bunday moslama, uskunalar yuqori darajadagi estetik, texnik va funksional sifatli universal sanoat texnologiyalari asosida bajariladi .
Zamonaviy muzey me’morchiligida, oldinroq shakllantirilgan, ekspozitsion kenglikni tashkil etish prinsipini kelgusida rivojlantirish o‘z aksini topadi. Bu zamonaviy me’morchilikning eng yirik ustalari ishlanmalari edi. O‘tgan asrning yetmishinchi yillarida yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi, unda bir tomondan shakl bilan mazmunning mutanosibligi, ikkinchi tomondan struktura va funksiyaning o‘ziga xosligi o‘zgardi .
Tadqiqotlarga ko‘ra oxirgi yillarda zamonaviy muzeylarning qiziqrli qurilmalari sifatida Mexikodagi Milliy antropologiya muzeyini keltirish mumkin (me’mor R.Vaskes). Toshkentdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Termiz Arxeologiya muzeyi, Amsterdamdagi Vinsent Van Gog Davlat muzeyi, Vashingtondagi Milliy galereyaning sharqiy korpusi xam shular jumlasidandir. Chet el me’morchiligi o‘tgan asrning saksoninchi yillarida yangi san’at ta’sirini o‘zida sezdi. Suratlar galereyalari tubdan o‘zgartirildi, lekin asosiy maqsadi oldingiday qoldi: san’at asarlarni ekspozitsiyalash, suratlar galereyasi binolarining fazoviy va stilli yechimlarini o‘zgarishiga, san’atdagi yangi tendensiyalar sabab bo‘ldi, ekspressionistlar, pop art ruhi, giperrealizm maqsadi bunga misol bo‘la oladi. Bu ta’sirlar ekspozitsion yechimda o‘z aksini topdi .
Ekspozitsion ijodning ko‘psonli va turli-tuman yo‘nalishlarini nozik tushunish uchun, asosan badiiy profildagi ekspozitsiya xarakteriga sezilarli ta’sir qiluvchi, yana bitta shakllanish aspektini ko‘rib chiqishga xarakat qilamiz, ularda supertexnologiklikka qaratish estetik yondoshuv namoyon bo‘ladi. Ekspozitsiyalarning stilistika va shaklining paydo bo‘lishi, sezilarli darajada sekin o‘zgaradi, qidiruv konseptual ekspozitsiyalarga qaraganda. Bu tomoshabinlarning qabul qilish psixologiyasiga oriyentatsiya bilan tushuntiriladi, ya’ni xar qanday shakllangan “muzey obrazi”ga-an’anaviy stereotipga javob beradigan. Bunday muzeylar an’anaviy shakllarda rivojlanadi, o‘zining ma’lum maqsad va vazifalariga ega bo‘ladi. Qiziqarli misollardan biri qilib Parijdagi D'Orse muzeyini keltirishimiz mumkin. U zamonaviy g‘arb muzeyi yechimidagi konseptualizmni namoyish qilidi. Muzey binosi oldin Orlean vokzali bo‘lib, uni 1900 yili me’mor V.Lalu tomonidan qurilgan. Parijliklar D'Orse vokzalini "fransuz modernining oq qushi qo‘shig‘i"deb atashadi. Muzey fransuz san’atini ekspozitsiyalashga mo‘ljallangan bo‘lib, unda tasviriy san’at turlari, plastika, amaliy san’at, fotosuratlar va X1Xasrning o‘rtasi XX asr boshlaridagi teatr san’ati tarixi namoyishga qo‘yilgan. Dizayner Gae Aulenti ekspozitsiyani o‘tkir va kontrast qilib postmodern stilida, me’moriy to‘rga asr boshi moderniga moslashtirdi. Loyiha prinsipial-ma’lum pozitsiyalardan emas, ko‘proq “me’morchilik bilan dialog”dan vujudga keldi. Bu “me’moriy dialektika” mavzusidagi tajriba bo‘lib, shakl-funksiya, shahar-bino, vokzal-muzey va ularning o‘zaro bog‘liqligi munosabatlarini ko‘rib chiqadi .
Xar bir muzey, xar bir ko‘rgazma ekspozitsiyaning individual va takrorlanmas yo‘llari va shakllarini izlaydilar. Muzeylardagi ommaviy namoyishli madaniyat rivoji fonida ijtimoiy buyurtma bo‘lmagan, o‘z ekspozitsiyalarini yuqori tomoshabob qilib ko‘rsatishga. Ular ko‘proq o‘zlarining bazaviy funksiyalarini takomillashtirish, kolleksiyalarni saqlash va ekspozitsiyalash bilan band bo‘lganlar.
Ekspozitsion texnologiyalarni jaxon tajribasidan kelib chiqib kuzatadigan bo‘lsak, tasviriy va konseptual san’atning pop-art, gipperrealizm, assamblyat kabi turlariga mo‘ljal oladigan yosh loyixachilarning muzeyga kelishi, ekspozitsion qurilishga yangilik kiritdi. San’atdagi yangi yo‘nalishlar ekspozitsiyalarda xam o‘z aksini topdi.
Zamonaviy muzey ekspozitsiyasi maqsadga yo‘naltirilgan 2 tomonning, ya’ni muzey ilmiy xodimlari, ilmiy dastur ishlab chiqaruvchilar va rassomlarning kuchi bilan yaratilsada, ko‘p xollarda, konsepsiya va ssenariy ishlab chiquvchilar, “an’anaviy” yo‘naltirish ustida ishlovchi rassom-loyixachilar yuzida, muzey ishchilariga xos bo‘lgan ijodiy potensialning ustunligi vujudga keldi. Bu esa ekspozitsiyani badiiy tushunib yetish, ekspozitsion faoliyatning badiiy ustuvorligigi olib keldi. O‘z navbatida eng yaxshi ekspozitsiyalar, o‘ziga xos ijod janri statusiga ega bo‘ldi, bu zamonaviy san’at va dizaynda eng murakkab yo‘nalishlardan biridir, ayniqsa muxit dizaynida bu muzey ekspozitsiyasi san’ati janridir .Shuni ta’kidlash joizki, ekspozitsiya san’at asari bo‘lmasligi xam mumkin va bunda o‘zining asosiy funksiyalarini yo‘qotmaydi o‘z kolleksiyalarini saqlash, ekspozitsiyalash va targ‘ib qilish. Oxirgi yillarda yaratilgan ko‘plab ekspozitsiyalarni bu janrga kiritib bo‘lmaydi. Ular muzey to‘plamlarini an’anaviy ekspozitsiyalash darajasida qoldilar. Bunday muzeylarda kommunikatsiya jarayoni turli darajada yuz beradi: keng publika uchun pastroq darajada (tayyorgarliksiz auditoriyaga), yuqoriroq darajada professionallarga (maqsadi ekspozitsiyada asl nusxalar bilan tanishish bo‘lgan).
Shu tariqa, ekspozitsion ijodiy jarayonning rivojlanishi, ekspozitsion mo‘ljalning konseptual va obrazli ifodaviyligi yo‘lida rivojlangan va rivojlanib kelmoqda.
Muzey ishida kuchli va rivojlangan industriyaning, tadbiq etish bazasining, zamonaviy muzey texnologiyalarining, yangi me’moriy muzey binolari va dizaynining yo‘qligi, muzey ekspozitsiyasining muqobil, idealroq va perspektivali yangi modelini vujudga keltirdi, yangi ifodaviy vosita va priyomlar, sintez va jozibadorlikni izlashga undadi. Bu mualliflarning yanada ijodiy individualligini rivojlantirishga imkon berdi, yangi intellektual yo‘llarni ishlab chiqishga, nazariy tushunchalarni aktiv rivojlanishiga olib keldi.
Mazkur ilmiy ishda barcha turdagi ekspozitsiyalarni to‘la-to‘kis analiz qilish maqsad qilib qo‘yilmaydi. Ular nixoyatda eksponatlari, me’me’morchiligi bo‘yicha turli-tuman, ularning xar birida eksponat bilan muzey orasida o‘zaro munosabat topilgan. Ularning xar biri eslab qolinadigan “muzey spektakli” kabi yaratilgan va o‘ylangan, o‘zlarining shakli va obrazlari bilan, asosiysi muallifning o‘qib berishi va mavzuning interpretatsiyasi bilan. Bu ishlarning xammasi yangi g‘oyalarni qidirishni, o‘zining individual manerasida, xar bir konkret holatda, yangi obrazlarni topishni birlashtiradi. Bu muzeylar eslab qolinadi, tomoshabinni nafaqat ekspozitsiyani qabul qilishga, balki u bilan xamdard bo‘lishga undaydi. Tarix va voqealar, eksponat va me’morchilik, asosiysi muzey va ekspozitsiya obrazi tushunarli va o‘ziga jalb qila oluvchi bo‘lib qoladi.
Yaxlit olganda bizning davrimizdagi eng namunali muzey amaliyoti uchun-yorqin tomoshaboplik, konsepsiya va syujet vizual qator asosi sifatida, o‘tkir turli-tuman kompozitsiya-obrazlar, muzey maydonini emotsional to‘yintirilgan, yorqin, obrazli, ba’zida teatrlashtirilgan muxitga aylantirish xarakterlidir.
Nixoyatda qarama qarshi fikrli sabablar va faktorlar, zamonaviy muzey ekspozitsiyasi rivojiga ta’sir ko‘rsatib, ekspozitsion san’atning o‘ziga xos yo‘nalishini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, bu evolyutsion jarayonda birinchi pog‘ona bo‘lib muzey ekspozitsiyasi o‘zining rivojlanish jarayonida o‘taydi. Ekspozitsiya san’ati o‘z rivojlanishining yangi pog‘onasiga chiqib, o‘zining borlig‘idagi ko‘pqirrali umumlashtirilganlikka boshlang‘ich intilishdagi yo‘qotilgan sintez tabiatiga ega bo‘ladi.
Gumanitar fanlar va zamonaviy san’at tutashuvida, ekspozitsiyaning rivojlanish jarayonida chegara zonasi – ya’ni potensial sig‘imli va kelgusida takomillashishga qodir ekspozitsion san’at paydo bo‘ldi. Uning rivoji ayniqsa teatrlashtirish, syujet va ssenariy kabilarni ishlab chiqishda sezildi, yanada stabil tomonlarida uning asos soluvchi funksiyalarida chuqurlashtirilgan va ishlab chiqish yanada an’anaviy va klassik shakllarda yotadi. Ushbu bobda ekspozitsion san’atning eng yorqin va ahamiyatli tendensiya xamda ko‘rinishlar kabi tajribalarni anglash va umumlashtirishga xarakat qilindi.
Yüklə 26,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin