Ekstragent – toza xoldagi yoki yaxshi ekstraktsiyalanishi uchun qandaydir bir reagent saqlagan organik erituvchi.
Masalan, suvda oz eridigan molekulyar yod, suvga nisbatan xloroformda yaxshi erigani sababli, xloroform ekstragenti bilan ekstraktsiyalanadi. Suv fazasidagi alyuminiy ionlarini Al3+ 8-oksixinolinning xloroformdagi eritmasi bilan ekstraktsiyalash mumkin. Alyuminiy ionlari 8-oksixinolin bilan, suvga nisbatan xloroformda yaxshi eruvchi, alyuminiy oksixinolinat (alyuminiy oksinat) kompleks birikmasini hosil qiladi, ya'ni alyuminiy ionlari suvdan organik ekstragentga kompleks birikma holida o'tadi.
Ekstraktsion_reagent'>Ekstraktsion reagent – ajratiluvchi modda bilan yaxshi ekstraktsiyalanuvchi modda xosil qiladigan ekstragent tarkibidagi reagent. Yuqorida keltirilgan alyuminiy ionlarini 8-oksixinolinning xloroformli eritmasi bilan ekstraktsiyalashda ekstraktsion reagent vazifasini 8-oksixinolin bajaradi.
Ekstrakt – suvli fazadan ekstraktsiyalab ajratilgan modda saqlagan suyuq organik faza.
Ekstraktsiya jarayoniga ta'sir etuvchi omillar. Ekstragent hajmi va takroriy ekstraktsiya sonining ta'siri, moddani bir suyuq fazadan (odatda suvli fazadan) boshqa bir suyuq fazaga (odatda organik fazaga) ekstraktsiyalash samaradorligi ajralish darajasi R ortgan sari ortadi. Ekstragent hajmi va ekstraktsiya sonini R ga ta'sirini ko'rib chiqamiz. R ning dastlabki suvli faza hajmi, Vsuvli, ekstragent hajmi Vorg va ekstraktsiyaning takrorlanish soni n ga bog'liqligini (9.12) ifoda orqali tushuntirish mumkin:
R=[1-1/(1+TkVorg/Vsuvli)n]•100%
Haqiqatdan suvli fazadagi ekstraktsiyalanuvchi moddaning dastlabki miqdori x0 bo'lsin: birinchi ekstraktsiyadan keyin suvli fazada qolgan modda miqdori x1 bo'lsin, ikkinchi marta ekstraktsiya bajarilgach, suvli fazada qolgan moddaning miqdori x2 bo'lsin va x.z. xn – n marta ekstraktsiyalangach, suvli fazada qolgan moddaning miqdori.
Suvli muhit pH qiymatining ta'siri. Suvli muhitning pH qiymati ajralish darajasiga R, ayniqsa, ekstraktsiyalanuvchi modda kislota-asos xossalarini namoyon etgan hollarda, sezilarli ta'sir etadi.
Kislotali xossaga ega bo'lgan HA moddani suvli fazadan organik fazaga ekstraktsiyalash jarayonini ko'rib chiqamiz. Odatda organik fazaga kislotani ionlashmagan HA molekulalari o'tib, suvli fazada, anionlar A- qoladi.
Kislotani ekstraktsiyalash jarayonida fazalararo geterogen muvozanat qaror topadi:
HAorg=HAsuvli=H+suvli+A-suvli Harakatdagi muvozanatni siljitish tamoiliga ko'ra vodorod ionlari kontsentratsiyasini ortishi (pH qiymatining kamayishi) muvozanatni chapga – kislotani dissotsilanmagan molekulalari hosil bo'lishi tomoniga siljitadi.
Eritmada bunday molekulalar kontsentratsiyasi ortadi va organik fazaga kislotaning, shunday ionlashmagan molekulalari o'tishi munosabati bilan kislotani suvli fazadan organik fazaga ajralib o'tish darajasi ortadi. Aksincha, vodorod ionlari kontsentratsiyasi kamayishi (pH qiymatining ortishi) bilan muvozanat o'ngga, kislota anionlari A- kontsentratsiyasining ortishi tomoniga, siljiydi chunki anionlar A-organik fazaga o'tmasligi sababli suvli fazada qoladi. Bu esa organik fazadagi ionlashmagan HA molekulalarni organik fazadan suvli fazaga o'tishga ijobiy ta'sir etib, HA kislotani suvli fazadan ajralish darajasi R kamayishiga olib keladi.
Shunday qilib, suvli eritma rN qiymatini o'zgarishi undagi HA kislota ekstraktsiyasiga kuchli ta'sir etadi. Suvli eritma rN qiymatini o'zgartirib HA kislotani ekstraktsiya darajasini o'zgartirish mumkin.
Asoslar ekstraktsiyalanganda ham organik fazaga asosni ionlashmagan molekulalari o'tadi. Kationlar va gidroksil guruhlari esa asosan suvli eritmada qoladi.
Organik asos RNH2 (R – organik radikal) ekstraktsiyasidagi geterogen ekstraktsion muvozanatni ko'rib chiqamiz.
RNH2(org)= RNH2(suvli)+H2O = RNH3+(suvli)+OH-(suvli)
Suvli eritmada OH- guruhlarini ko'payishi (suvli eritma pH qiymatining ortishi) muvozanatni chapga – asosni ionlashmagan molekulalari RNH2 hosil bo'lishi tomoniga siljitadi. Organik fazaga asosning ayni ana shu ionlashmagan RNH2 molekulalari o'tgani sababli, ularni organik fazadagi miqdori ortadi, ya'ni suvli eritma pH qiymatining ortishi asosni suvli eritmadan organik fazaga ekstraktsiyalanish darajasini oshiradi. Aksincha, gidroksil guruhlarining kontsentratsiyasi kamayganda (suvli eritmaning pH qiymati kamayganda) muvozanat o'ngga siljiydi, bu esa suvli eritmadagi RNH3+ kationlarining kontsentratsiyasini ortishiga, ya'ni suvli eritmadagi ionlashmagan asos molekulalarining kamayishiga, binobarin, ekstraktsion muvozanatni o'ngga siljishiga olib keladi. Natijada organik fazadagi asos RNH2 molekulalari suvli fazaga o'ta boshlaydi, ya'ni asosni suvli eritmadan organik fazaga o'tish darajasi kamayadi.
Shunday qilib, asoslarni suvli eritmadan organik fazaga ekstraktsiyalashda ham suvli fazaning pH qiymatini ahamiyati juda katta.