Hajmiy nisbatlar qonuni.
Mustaqil ishlash uchun:
1. N2 va H2 aralashmasining 43ºC temperaturada 156kPa bosimdagi zichligi ρ=0.6g/l ga teng. Aralashmaning malekulyar massasini, havoga nisbatan zichligini aniqlang?
2. 17°C da 84kPa bosimda 10 l aralashmada O2 φo=40% , ikkinchi gazning M ni aniqlang? Aralashmaning massasi 15g .
3.Hajmi 80 ml bo’lgan azot, metan va vodorod aralashmasi 150 ml kislorod bilan aralashtirildi va yondirildi. Reaksiyadan so’ng gazlar aralashmasining hajmi 122 ml.ga teng bo’ldi. Yonish mahsulotlari NaOH eritmasi orqali o’tkazilganda hajmi 86 ml. gacha kamaydi. Boshlang’ich aralashmaning hajmiy tarkibini aniqlang.
Javob: 18ml metan, 48ml vodorod va 14 ml azot.
4.Propan va metan aralashamasining 745,7 ml. li (98658 Pa va 22°S da) to’liq yonganda hosil bo’lgan gaz 49,02 ml 5,6% li KOH eritmasiga (ρ=1,02 g/ml) to’liq yutiladi. Olingan eritmagaCaCl2 qo’shilganda cho’kma tushmaydi, Boshlang’ich aralashma tarkibini hajmiy ulushlarda ifodalang.
5.Uglerod (II) oksid, metan va atsetilen aralashmasining 13,44 litri (n.sh.da) yoqilganda 17,92 l CO2 (n.sh. da) va 9 g H2O hosil bo’ldi. Aralashmada har bir gaz necha litrdan bo’lgan.
Javob: 5,6 l CO, 3,36 l CH4, 4,48 l C2H2
6. Propan va atsetilen aralashmasi bromli suv saqlagan idish orqali o’tkazilganda idishning massasi 1,3 g ga ortdi. Boshlanђich aralashmaning xuddi shunday miqdori to’liq yondirilganda 14 l ( n.sh.da) CO2 ajralib chiqdi. Boshlang’ich aralashmadan propanning massa ulushini hisoblang.
Javob: propan miqdori 0,175 mol, massa ulushi 85,6%
7. Etan, etilen va atsetilen aralashmasining 13,44 l li kumush nitrat eritmasi orqali o’tkazilganda 48 g cho’kma tushdi. Xuddi shunday hajmdagi aralashma bromining tetraxlor metandagi eritmasi orqali o’tkazilganda hajm 3 marta kamaydi. Aralashmadagi gazlarning molyar nisbatini aniqlang.
Javob: etan, etilen, atsetilen aralashmada 1:1:1 bo’lgan.
8. 16,8 l alken va 1,3 - butadiyen aralashmasini to’liq gidrogenlash uchun necha litr vodorod sarf bo’ladi? Aralashmadagi alkenga 5,6 (n.sh,da) Cl2 birikkanda 31,75 g dixlorli mahsulot hosil bo’ladi. Alken va dixlorli hosilasining formulasini aniqlang. Javob: alken C4H8.
Dostları ilə paylaş: |