Elash jarayonining asoslari. Elashning turlari va qo‘llanilishi



Yüklə 48,01 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü48,01 Kb.
#195448
  1   2   3   4   5
1es met





Elash jarayonining nazariy asoslari

Reja:




  1. Elash jarayonining asoslari. Elashning turlari va qo‘llanilishi

  2. Elash samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar

  3. Elaklarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari
  4. Qo‘zg‘almas panjarali elaklar


  5. Yassi tebranuvchi elaklar
  6. Yarim vibratsion elaklar


Foydalanilgan adabiyotlar
Elash jarayonining asoslari. Elashning turlari va qo‘llanilishi

Elash - foydali qazilmaning yirikligiga qarab, bir yoki bir necha elak orqali elab, sinflarga ajratish jarayonidir.


Elashga tushayotgan mahsulot-dastlabki, elak ustida qolgan mahsulot -elak usti, elakdan o‘tgan mahsulot esa -elak osti mahsuloti deyiladi.
Elashda qabul qilingan elak ko‘zlari o‘lchamining kattadan kichikka tomon ketma-ket qatori elash shkalasi,ikkita ketma-ket kelgan elak ko‘zlari o‘lchamining bir-biriga nisbati shkala moduli deyiladi. Masalan: 48, 24, 12, 6, 3 mm li shkala uchun modul 2 ga teng; Mahsulotni n ta elakda elashdan so‘ng n+1 ta mahsulot olinadi.
Mahsulot yirikligi quyidagicha belgilanadi: -1 +1 yoki 1-1. Masalan: -50+12 mm; 12-50mm.
Elashning quyidagi turlari qo‘llaniladi: yordamchi, tayyorlovchi, mustaqil, hamda boyitish mahsulotlaridan suvni ajratish maqsadida ishlatiladigan elash operatsiyasi.

  1. Yordamchi elash maydalash va yanchish sxemalarida ishlatilib, dastlabki mahsulot tarkibidagi tayyor (maydalanishi kerak bo‘lmagan) mahsulotni ajratish yoki maydalangan mahsulot yirikligini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bunday elashning birinchi turi - dastlabki, ikkinchisi esa nazoratlovchi elash deyiladi.

  2. Tayyorlovchi elash dastlabki mahsulotni alohida-alohida boyitish maqsadida sinflarga ajratish uchun ishlatiladi.

  3. Mustaqil elash - elash mahsulotlari iste’molchiga yuboriladigan tayyor mahsulot hisoblansa mustaqil elash deyiladi. Elashning bu turi ko‘pincha ko‘mirni elashda ishlatiladi.

Suvsizlantirish maqsadida ishlatiladigan elash boyitish mahsulotlaridan suvni birlamchi ajratishda keng ishlatilmoqda.
Dastlabki mahsulotning yirikligi va elak ko‘zining o‘lchamiga qarab elashning quyidagi turlari mavjud.

Ruda bo‘laklari

Dastlabki mahsulotning yirikligi, mm

Elak ko‘zining o‘lchami, mm

Yirik
O‘rta


Mayda
Mayin
O‘rta mayin



-1200+0
-360+0


-75+0
-10+0
-1+0

300-100
60-25


25-6
5-0,5
0,05 gacha




Yüklə 48,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin