Eldorbek uchun mavzu: Valyuta operatsiyalari hisobi Re’ja: Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari


qoladi. Moddiy javobgar shaxslar almashganda dalolatnoma uch nusxada tuziladi



Yüklə 24,15 Kb.
səhifə7/9
tarix23.06.2023
ölçüsü24,15 Kb.
#134587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Eldorbek uchun mavzu Valyuta operatsiyalari hisob

qoladi. Moddiy javobgar shaxslar almashganda dalolatnoma uch nusxada tuziladi.
Ortiqcha pul mablag‘lari kirim qilinishi, kamomad esa aybdor shaxsdan undirilishi kerak.
Inventarizatsiya natijalari o‘z vaqtida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettiriladi:
- ortiqcha pullar chiqqanda, ushbu summa kassaga qaytadan kirim qilinadi:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagdari”
Kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”
- kamomad aniqlanganida:
Debet 4730 “Moddiy zarami qoplash yuzasidan xodimlaming qarzi”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
- kamomad summasini kassir bevosita kassaga to‘laganida:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagiari”
Kredit 4730 “Moddiy zarami qoplash yuzasidan xodimlaming qarzi”
- kamomad summasi kassiming ish haqidan ushlab qolinganida:
Debet 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan
hisoblashishlar”
Kredit 4730 “Moddiy zarami qoplash yuzasidan xodimlaming qarzi”
7.4. Banklarda hisob-kitob schyotlarini ochish tartibi
Xo‘jalik subyektlarida mavjud pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ularni samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag‘lar va majburiyatlarni o‘z vaqtida so‘ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi.
0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009- yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “0‘zbekiston
Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan banklarda schyot ochiladi.
Banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlari ochish mumkin:
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
d) muddatli depozit hisobvaraqlari;
e) ssuda hisobvaraqlari;
f) boshqa depozit hisobvaraqlari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi marta milliy valyutada ochilgan talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘i uning asosiy hisobvarag‘i hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi.

Yüklə 24,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin