Elektr enegetik qurilmalarining ishdan chiqish oqibatlari



Yüklə 13,26 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü13,26 Kb.
#201597
1   2   3   4
Презентация Microsoft Office PowerPoint

Elektr ta’minoti sistemasi elementlarning xaraktiristkalarini bilish, almashtirish sxemalarini qurish, normal holatlarini hisoblash, taxlil qilish xamda ularning ishonchligini xisoblash zarurdir. Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. Shuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani xisoblanib, ishlab chiqarish texnalogik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir. “Elektr ta’minotida ishonchlilik“ fani elektr ta’minot tizimining umumiy masalalarini ko‘rib chiqadi. Elektr energetika sanoat, transport, maishiy va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish asosi hisoblanadi. Elektr energetika tizimi (EET) ni ishonchli ishlashi - iste’molchilarni ishonchli elektr energiya bilan ta’minlanishiga olib keladi. Elektr energetika tizimi generatorlar, transformatorlar, elektr uzatuv liniyalari va boshqa ko‘p elementlardan tashkil topgan. Tizimning barcha elementlari elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayoni bilan bog‘langan. Elektr energetikasini hozirgi sharoitda rivojlantirishda elektr ta’minoti tizimining ishonchlilik darajasini tanlash va unga baho berish juda zarur masalalardan biri hisoblanadi. I. Elektr energetika tizimining ishonchliligi. Umuman olganda ishonchlilik deb ob’ekt (uskunalar, tizim elementlari) ning berilgan funksiyalarni berilgan hajmda, berilgan vaqt mobaynida ko‘rilayotgan sharoitda bajarib o‘z ishlash holatini me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan oraliqda saqlab qolish qobiliyatiga aytiladi. Ma’lumki, elektr ta’minoti tizimining asosiy vazifasi barcha iste’molchilarni kerakli miqdorda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashdan iborat. Shunga ko‘ra, elektr ta’minotini ishonchliligi iste’molchilarni GOST (davlatstandarti) va PUE (elektr usunalarni ishlatish qoidalari) da ko‘rsatilgan chastota va kuchlanishni og‘ishi oralig‘ida elektr energiya bilan ta’minlash, hamda inson hayotiga, atrof-muhitga xavf solmaslikdir.

 Elektr energetika va elektr ta’minoti tizimini ishonchliligi uning ayrim elementlari (generatsiya agregatlari, transformatorlar, elektr uzatuv liniyalari, kommutatsiya apparatlari, himoya va avtomatika qurilmalari va boshqalar) ni, sxemani (zaxiralash darajasi) va ish rejimini ishonchligi (statik va dinamik muvofiqlik zaxirasi) hamda tizimning yashovchanligi, ya’ni zanjirli xarakterdagi tizim shikastlanishlariga halokatsiz bardosh bera olishi yoki avtomatik chastotali yuksizlantirish (AChR) ga ulanmagan iste’molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash orqali aniqlanadi. EET ni ishonchliligi quyidagilarga asosan aniqlanadi: 1) quvvatni generatsiya qilish tarkibiga; 2) asosiy elektr tarmoqlarini o‘tkazuvchanlik qobiliyati va sxemasiga; 3) elektr stansiyalarning sxemalariga; 4) EET da ishlatiladigan asosiy uskunalarning ishonchliligi va boshqa texnik xrakteristikalariga; 5) shikastlanishga qarshi va rejimli avtomatikani hisobga olgan boshqarish tizimini takomillashtirilganligiga; 6) EET ning generatsiya qiluvchi, tarmoq va boshqaruv qismlaridagi mavjud zaxiraga; 7) elektr stansiyalarning energetik resurslar bilan ta’minlanishiga; 8) uskunalarni sifatli ta’mirlash bilan birga ularni ishlatish darajasiga; 9) elektr va issiqlik iste’moli rejimiga; 10) EET ga tashqi ta’sir va boshqalarga. II. Elektr ta’minotini ishonchliligi. Elektr ta’minotini ishonchliligi deganda, elektr texnik uskunaning elektr tarmoq va energetika tizimi qismlarining normal holatda elektr iste’molchilarini kerakli miqdorda sifatli elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlay olishi tushuniladi. Elektr ta’minotini ishonchliligi quyidagilarga asosan aniqlanadi: 1. qabul qilingan elektr ta’minoti sxemasiga; 2. ishlatilayotgan uskunalar va texnik jihozlarning ishonchliligiga; 3. ishlatilish darajasiga.


Yüklə 13,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin