Elektr energetikasi



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə29/31
tarix20.06.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#133255
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Elektr energetikasi

Nazorat savollari

1. Transformatsiya koeffitsienti nima?


2. Uch fazali tizimlar haqida tushunchangiz
3. Reaktiv energiyani qanday xisobga olish mumkin?
4. Elektr energiya uchun to’lov nima hisobiga amalga oshiriladi?
5. liniya va faza kuchlanishlarining farqi.
TAJRIBA ISHI № 3
ENERGETIK TEKSHIRUV O’TKAZISH QURILMALARINI SINASH.


Ishdan maqsad: Jamoat binosi va korxonaning reaktiv quvvat kompensatsiyasidan so‘nggi quvvatini aniqlash va kompensatsiya qurilmasini tanlash va o‘rnatish, xisobiga elektr energiya iqtisodini tekshirish. Kompensatsiya qurilmasini talab qilingan quvvatini xisoblab topish. Yillik elektr energiya iste’molini aniqlash va YAngi tariflar asosida elektr energiya uchun abonent to‘lovini amalga oshirish.

Nazariy qism


O‘zbekiston Respublikasining «Energiyasidan oqilona foydalanish haqida»gi qonunning hayotga tatbiq qilishdagi muxim masalalardan va elektr ta’minotini texnik asoslaridan biridir.
Elektr energiya qabul qiluvchilarini reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish o‘rganish asosida kompensatsiya qurilmasini talab qilingan quvvatni to‘g‘ri tanlash orqali, ya’ni tariflarni xisobga olgan xolda, elektr energiya iqtisodining pullik ifodasini aniq topish savoli.
So‘nggi yillardagi sanoat elektr ta’minotida bo‘layotgan sifatli va miqdoriy o‘zgarishlar tufayli bu savolga o‘ziga xos muhim axamiyat berilmoqda.
Xozirgi vaktda reaktiv quvvat iste’moli o‘sishi sezilarli ravishda aktiv quvvat iste’molining o‘sishidan kuprok. Bunda reaktiv kuvvatni uzok masofaga ishlab chiqarish joyidan iste’mol qilish joyigacha uzatish, elektr ta’minoti iste’molini texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlarini jiddiy yomonlashtiradi.
Buni asosiy sabablari quyidagilar:

  1. ETS ning barcha elementlarida reaktiv, aktiv quvvat va energiyaning qo‘shimcha isroflari paydo bo‘ladi. Aktiv qarshilikli tarmok elementidan reaktiv va Q reaktiv quvvat uzatganimizda aktiv quvvat isrofi.






Qo‘shimcha aktiv quvvatlar isrofi Rr, oqib o‘tgan reaksiya quvvat Q ni kvadratiga proporsional ravishda paydo bo‘ladi.

  1. Qo‘shimcha kuchlanish yuzaga keladi. Aktiv R va reaktiv X qarshilikli tarmoq elementidan R va Q quvvatlarni uzatganimizda kuchlanish yo‘qolishi :[5,7 ]




Bu erda ∆ Ua - aktiv quvvat bilan bog‘liq kuchlanish yo‘qotilishi


∆ Ur – reaktiv quvvat bilan bog‘liq kuchlanish yo‘qotilishi.
3. Reaktiv quvvat bilan yuklangan liniyalarning va trans-formatorlarning o‘tkazuvchanligi kamayadi, bu esa tarmoqning o‘tkazuvchanligini oshirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni talab qiladi.
Energiya sistema korxonasini reaktiv quvvat bilan ta’minlashda imkoniyati cheklangan bu esa generatorlarning qancha reaktiv quvvatga ega ekanligi bilan aniqlanadi.
Quvvati 100 MVt va undan yuqori bo‘lgan generatorlarning nominal quvvat koeffitsienti 0,85 yoki 0,9 bo‘ladi. Bu esa to‘la yuklamada aktiv quvvatning 62-48 % reaktiv quvvat ishlab chiqarish mumkin.
Reaktordagi, transformatorlardagi va havo liniyalaridagi reaktiv quvvat isrofini hisobga olsak, unda sistema maksimum yuklama bilan ishlayotgan momentda energosistema iste’molchilariga uzatish mumkin bo‘lgan reaktiv quvvatning yanada qiymati kichiklashadi. Maksimal yuklama vaqtida kuchlanishni normal ushlab turish uchun reaktiv quvvat balansiga amal qilish kerak, bu esa elektr qabul qiluvchilarning reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish tadbirlari hisobiga erishiladi.




Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin