Elektr energetikasi


Magnit o’zaklari va magnit o’zaklarning tuzilishi



Yüklə 319,3 Kb.
səhifə23/50
tarix13.07.2023
ölçüsü319,3 Kb.
#136473
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Elektr energetikasi-hozir.org

Magnit o’zaklari va magnit o’zaklarning tuzilishi
Magnit o’tkazgich transformatorning muhim tarkibiy qismi bo’lib, u chulg’amlararo magnit bog’lanishni kuchaytirishdan tashqari, chulg’amlari va yordamchi qismlarini o’rnatish hamda mahkamlash uchun konstruktiv asosdir.
O’zgaruvchan tokda (f = 50 Hz) uyurma toklar tufayli hosil bo’ladigan energiya isroflarini kamaytirish maqsadida transformatorlarning magnit o’tkazgichlari 0,35 va 0,30 mm qalinliklardagi sovuq holatda jo’valangan ani-zotropli (magnit xossalari yaxshilangan, masalan, 34043406 markali) elektrotexnik po’lat plastinalari maxsus lok va oksid pardalari bilan qoplangan holda izolyatsiya qilinib yig’iladi. Bunday po’latni qo’llash magnit o’tkazgichdagi induktsiyani 1,61,65 T gacha oshirishga (issiq holatda jo’valangan po’latda esa magnit induktsiyani 1,4-1,45 T dan oshirib bo’lmas edi) imkon yaratib, transformatorning aktiv (magnit va elektr o’tkazuvchi) materiallari massasini hamda energiya isroflarini keskin kamaytirishga imkon berdi.
Magnit sistemaning chulg’am joylashtirilgan qismini «sterjenь», ular-ni ulab, berk magnit zanjir hosil qiladigan qismini «yarmo» deyiladi.
Uch fazali transformatorlarning magnit o’zaklari
Uch fazali tok va kuchlanishlarni magnit o’tkazgichi umumiy bo’lgan bitta uch sterjenli uch fazali transformator vositasida o’zgartiriladi. Agar uchta bir fazali transformatorni 2.1,a-rasmda ko’rsatilgandek joylashti-rilsa, unda magnit o’tkazgichning o’zaklarini konstruktiv jihatdan bitta umumiy o’zakka almashtirish mumkin. Uch fazali sistemada sinusoidal magnit oqimlar oniy qiymatlarining yig’indisi nolga teng bo’lganligidan umumiy o’zakda magnit oqimi bo’lmaydi, shuning uchun bu o’zakka zarurat ham qolmaydi.
Mazkur konstruktsiyani soddalashtirish uchun uchta sterjenni bitta tekislikka joylashtirib, ustki va ostki yarmolar bilan ulansa, uch fazali uchta sterjenli yassi shaklli magnit o’tkazgich hosil bo’ladi (2.1,c-rasm).
Barcha o’zak va yarmolarning bo’ylama o’qlari bitta tekislikda joylashgan bo’lsa, transformator magnit o’tkazgichini yassi shaklli, agar har xil tekisliklarda joylashgan bo’lsa – fazoviy shaklli deyiladi. O’zaklarning yarmolar bilan birikishiga ko’ra magnit sistemalar sterjenli, zirh-sterjenli va zirhli turlarga bo’linadi.



Yüklə 319,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin