O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Ommaviy, guruhiy va jamoaviy, yakka tartibdagi, juftlikdagi
|
O‘qitish sharoiti
|
Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Aqliy hujum, savol-javob, B/BX/B topshiriqlarini baholash
|
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
№
|
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
|
VAQTI
|
1
|
Tashkiliy qism
|
___daqiqa
|
2
|
O’qituvchining kirish so’zi
|
___daqiqa
|
3
|
O’quvchilarning bilimini tekshirish
|
___daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuning bayoni
|
___daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
___daqiqa
|
6
|
Darsning yakuni
|
___daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa
|
___daqiqa
|
Jami
|
80 daqiqa
|
MA’RUZANING TEXNOLOGIK XARITASI
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
I. Kirish:
(15 minut)
|
1.1. Mavzu nomi, mаqsadi, o’quv mashg’ulotining natijalari e’lon qilinadi.
1.2. Mavzu rejasi bilan tanishtiriladi.
|
Eshitiladi.
Yozib oladilar.
|
II. Asosiy bosqich:
(55 minut)
|
2.1. Tezkor so’rov texnikasidan foydalanib, o’tilgan mavzu eslatiladi, talabalar
faollashtiriladi.
2.2. Yangi mavzuga tushuncha beriladi.
2.3. Yangi mavzuning maqsadi va vazifalari tushuntirildi.
2.4. Faollashtirish maqsadida savollar beriladi.
2.5. Yаngi mavzuning tarkibiy qismlariga ta’rif beriladi.
|
Savol-javobda faol qatnashadilar.
Eshitiladi.
Savolga-javob beradilar
Mustaqil fikrlaydilar.
Yozib oladilar.
|
III. Yakuniy bosqich:
(10 minut)
|
3.1. Mavzuni reja asosida xulosa qilib, eng muhim mashg’ulotlarga talablar diqqatini jalb qiladi.
3.2. Muhokamada faol qatnashgan talabalarni rag’batlantiradi, baholaydi, yozib oladi.
3.3. Mavzuning qolgan ikkita rejasini mustaqil keyingi darsga o’rganib kelishlari aytiladi.
|
Eshitiladi.
Yozib oladilar.
|
7-Mavzu: Elektr energiyani ishlab chiqarishning noananaviy usullari.
Reja:
Energiya - barcha narsalarga asosdir
Energiya manbalarining tasnifi
Qayta tiklanadigan energiya manbalarining samaradorligi
О‘zbekistonda alternativ energetika
Energiya - barcha narsalarga asosdir
Energiya (grek. energeia - harakat, faoliyat) – materiyaning har xil harakatlari shakllarining umumiy miqdoriy о‘lchovidir (uni о‘lchash mumkin). Energiya mexanik, issiqlik, kimyoviy, elektromagnit, gravitatsiyali, yadroviy va boshqa turlarga bо‘linadi. Energiyaning saqlanish fundamental qonuniyatiga asosan (bundan abadiy dvigatelni yaratib bо‘lmaydigan shart kelib chiqadi), energiya tushunchasi tabiatdagi barcha hodisalarni bir butun qilib bog‘laydi. Energiya faqat bir turdan boshqa turga aylanishi mumkin. Bunda uning umumiy miqdori о‘zgarmaydi.
Energiya - barcha narsalarga asosdir. Turli xil shakllardagi fizikaviy harakatlarga har xil kо‘rinishdagi energiya turlari mos keladi. Masalan, mexanik energiya mexanik harakatning (kinetik energiyasi) va mexanik о‘zaro ta’sirning (potensiyal energiyasi) meyoridir, issiqlik energiyasi issiqlik harakati va issiqlikning о‘zaro ta’sirlari meyoridir, elektromagnit energiyasi esa elektromagnit harakat va elektromagnit о‘zaro ta’sirlarning meyoridir.
Har qanday moddiy jism energiyaga egadir. Energiya – bu bugungi kо‘pgina muhokama qilinadigan tushunchalardan biri emas. О‘zining asosiy fizikaviy (keng ma’noda – tabiiy-ilmiy) mazmunidan tashqari, u kо‘psonli iqtisodiy, texnikaviy, siyosiy va boshqa jihatlarga ham ega.
Sivilizatsiyaning hozirgi zamonini va kelajagini muhokama qilishda, birinchi navbatda energiya tushunchasi kelib chiqadi. Odamzodning iqtisodiyoti, fani va madaniyati biz tomondan foydalanilayotgan energiya manbalariga bog‘liqdir. Jamiyat uchun hal qilinadigan ekologik muammolar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri energetik muommalar bilan bog‘liq bо‘ladi. Har qanday turdagi energiyaning tanqisligi о‘zidan qimmat tushadi. Ulkan moliyaviy xarajatlar bilan hisoblashmasdan, insoniyat energiyani olishning yangi yо‘llarini izlayapti.
Energiya – bu materiya harakatining skalyar tavsiflardan biridir. Har bir shakldagi materiyaga о‘zining kо‘rinishidagi energiyasi mos keladi. Moddiy dunyoning asosiy qonunlari materiyaning va energiyaning saqlanish qonunlari bо‘lib hisoblanadilar. Energetikada energiyaning saqlash qonuni – termodinamikaning I-chi qonunidir.
Jismning umumiy energiyasi miqdori:
E = m c2 = Eич+Етш+Ео = Екин+Епот+Ео ; (2.1)
bu yerda YE – jismdagi energiyaning tо‘la zaxirasi, J; m – jism massasi, kg; s – yorug‘lik tezligi, m/s; Yeich – ichki energiyasi, J; Etsh – tashqi energiyasi; Yeo – tinchlik massasining energiyasi; Yekin – kinetik energiyasi, mexanik harakat energiyasi; Yepot – potensial energiyasi (jismning kuch maydonlari bilan о‘zaro ta’siri energiyasi).
(2.1) formulada 1 gramm massaga 1011 kJ ga teng bо‘lgan energiya mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |