Elеktr o‘lchаsh usullаri o‘lchash turlari


-rasm. QUVVАT VА ENЕRGIYA O‘LCHАSH



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə8/9
tarix01.05.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#105388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Elektr-olchash-asboblari

48-rasm.

QUVVАT VА ENЕRGIYA O‘LCHАSH
Elektrodinamik o‘lchash mexanizmi va uni vattmetr sifatida ishlatish
O‘zgarmas tok zanjirlarida quvvat bilvosita usulda ampermetr va voltmetr usulida o‘lchanadi. Bu holda quvvat ikkita asbob ko‘rsatishi bo‘yicha hisoblanadi, bu esa o‘lchash aniqligini bir muncha pasaytiradi.
Shu sababli, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan bir fazali tok zanjirlarda quvvat o‘lchash uchun elektrodinamik va ferrodinamik o‘lchash mexanizmlari ishlatiladi.
Elektrodinamik vattmetrlar yuqori aniqlik klasslarida (0,1–0,5) asosan ko‘chma asboblar sifatida ishlab chiqariladi va o‘zgarmas, sanoat va yuqori (5000 Hz gacha) chastotali o‘zgaruvchan tok zanjirlarida quvvatni aniq o‘lchash uchun ishlatiladi.
49-rasmda elektrodinamik o‘lchash mexanizmining vattmetr sifatida ishlatilishi sxemasi ko‘rsatilgan.

Vattmetrning qo‘zg‘almas g‘altagi (1) tok zanjiriga ketma-ket ulanib, ketma-ket zanjiri; qo‘zg‘aluvchan g‘altagi (2) esa parallel ulanadi va parallel (kuchlanish) zanjiri deyiladi.
Bir fazali induksion hisoblagich
Induksion asboblarda o‘zgaruvchan oqimlarning qo‘zg‘aluvchan qismida tok bilan o‘zaro ta’sir qilish hodisasidan foydalaniladi.
50-rasmda induksion hisoblagichning tuzilishi ko‘rsatilgan. Induksion hisoblagich, odatda uchta oqim ta’sirida ishlaydi, ya’ni ular aluminli disk shaklida yasalgan qo‘zg‘aluvchan qismini kesib o‘tadi. Bir fazali induksion hisoblagich A, magnit o‘tkazgichlardan, ularda joylashgan OI,OU– chulg‘amlardan, aluminli disk D dan, doimiy magnit MT va boshqa elementlardan iborat bo‘ladi.

50-rasm.
50-rasmda ko‘rsatilganidek, ΦI va ΦU magnit oqimlari o‘zgaruvchan bo‘lganligi tufayli diskni kesib o‘tib, unda induksion (uyurma) tok hosil qiladi. ΦI va ΦU lar bilan induksion (uyurma) toklarining o‘zaro ta’siri natijasida disk D aylanma harakatga keladi. Diskni harakatga keltiruvchi bu momentni induksion mexanizmlar uchun ma’lum bo‘lgan formulaga binoan quyidagicha ifodalash mumkin.
M=kUIcosφ,
bu yerda: U – OU chulg‘amga qo‘yilgan kuchlanish; I – OI chulg‘amdan o‘tuvchi tok; cosφ – U va I lar orasidagi siljish burchagi yoki quvvat koeffitsiyenti. Hisoblagich diskning turg‘un aylanish tezligi yukka bog‘liq bo‘lishi uchun diskka aylantiruvchi momentdan tashqari yana tormozlovchi moment ham ta’sir etishi kerak. Bu moment doimiy magnit MT yordamida hosil bo‘ladi. Aylantiruvchi moment ta’sirida disk aylanganida doimiy magnit maydonini kesadi va disk qalinligi IM toklarni hosil qiladi. Bu tok magnit oqimi doimiy magnit maydoni ΦM bilan o‘zaro ta’sir etib, tormozlovchi moment Mtor ni hosil qiladi.
Mtor=K1ΦMIM yoki Mtor=K3M2 V=K4V.
Demak, Mtor diskning aylanish tezligiga bog‘liq.
Diskning turg‘un tezlikda aylanishi uchun aylantiruvchi va tormozlovchi momentlar teng bo‘lishi kerak. Yuqoridagi ikki tenglamalarni o‘zaro tenglab, tenglikni o‘ng va chap tomonini t1 dan t2 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida integrallasak quyidagiga ega bo‘lamiz:
W = CxN,
bu yerda: Wzanjirda sarflangan energiya; C – hisoblagichning haqiqiy doimiyligi; N – diskning aylanishlar soni.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin