OImosli teshik kengaytirish stanoklari zagotovka teshiklariga diametr va shakli bo'yicha katta aniqlik
va yuqori tozalik dara-
jasida ishlov berish uchun mo'ljallangan. Bu stanoklar pardozlab ishlov berishni ta'minlab, kesish jarayoni yuqori tezliklarda juda kichik surishlar (s=0,01... 0,15 mm/ayl) va kesish chuqurliklari (r=0,05...0,03 mm) da olib boriladi. Texnologik sistema vibratsiyaga chidamlilikning yuqori darajalariga ega.Pardozlab teshik kengaytirish operatsiyalarida diametr bo'yicha 100 mm ga 5-15 mkm oralig'ida farq (dopusk) bo'lishiga erishiladi. O'lchamlarning aniqligi 8-9 (ba'zan esa 5-7) kvalitetlarga to'g'ri keladi. Dumaloqlik va konussimonlik bo'yicha farqlanish 3..10 mkm oralig'ida bo'ladi. Olmosli-teshik kengaytirish stanoklari vertikal, gorizontal, bir va ko'p shpindelli turlarga bo'linadi.
Kesuvchi asbob sifatida olmosli va qattiq qotishmali keskichlardan foydalaniladi.
Bu stanoklarda bosh harakat shpindelning kesuvchi asbob bilan birga aylanma harakatidir.
Surish harakati ko'pincha pog'onasiz boshqariladigan gidroyurit-ma yordamida amalga oshiriladi.
Vertikal olmosli-teshik kengaytirish stanoklari avtomobil va trak-tor dvigatellari silindrlar blokidagi teshiklarni nafis yo'nib kengay-tirishda qo'llaniladi. Bunda ishlangan yuzadajilvirlash va xoninglash-dan so'ng qoladigan abraziv modda qoldiqlari boimaydi, ishlov aniqligi 0100-200 mm Ii teshiklar uchun ovallik va konuslik bo'yicha ikkinchi va hatto birinchi sinflargacha yetadi (0.01-0,005 mm).