Elektr tebranishlar generatorlari



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü116,5 Kb.
#190957
  1   2   3   4
GENERATORLARNI AVTOMATIK SINXRONLASH


GENERATORLARNI AVTOMATIK SINXRONLASH
Reja:
1. Sinxron generatorlar
2. Sinxron generatorlarva ularning turlari

3. Avtogenerator chastotasining stabillashtirish


Umuman olganda, o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishli generator teskari bog‘lama zanjirli kuchaytirgich pog‘onasidan kam farq qiladi. Farqlardan biri shundan iboratki, ko‘pincha kuchaytirgich chastotalar polosasini kuchaytirishi kerak va shu sababli yuklanish sifatida aperiodik yuklanish ishlatiladi (rezistor, drossel, transformator).
Generator ko‘pincha bir chastotali tebranishni generatsiya qiladi, shuning uchun yuklash sifatida parallel tebranuvchi kontur ishlatiladi, uning qarshiligi rezonans chastotasida maksimal bo‘ladi va faol xarakterga ega:
Rekv = PQ
Bunda - to‘lqin qarshiligi, Q–sifat darajasi.
Ko‘p xollarda generatorning kuchaytirgich bo‘g‘inida qo‘shqutbli va maydon tranzistorlari, operatsion kuchaytirgichlar ishlatiladi. Shunga o‘xshash rezonans yuklanishli kuchaytirgichda chastotaviy tavsifini maksimumi konturning rezonans chastotasiga to‘g‘ri keladi, shuning uchun amplitudalarning muvozanat sharti faqat shu chastotada bajariladi, bu esa generasiyalangan tebranishlar chastotasini aniqlaydi. Shu kabi generatorning misoli bo‘lib, induktiv teskari bog‘lamali tranzistorli generator hisoblanadi (58-rasm).



58-rasm.

Bu sxemada teskari bog‘lama zanjiri kontur g‘altagi Lk va baza zanjiridagi teskari bog‘lama g‘altagi Lsv bilan tashkil topgan. Konturda paydo bo‘ladigan kuchsiz elektr tebranishlar (ulanish vaqtida) g‘altakda o‘zgaruvchan EYUK hosil qiladi, Bu esa baza zanjirida o‘zgaruvchan qo‘zg‘atuvchi kuchlanish yaratadi.


Buning uchun teskari bog‘lama g‘altak tranzistorning baza va emitter uchlariga shunday ulanishi kerakki, uning kirish kuchlanishi kuchaytirgich bo‘g‘ining chiqish kuchlanish fazasiga nisbatan 1800 ga surilgan bo‘lishi kerak. Bu bilan teskari bog‘lama sirtmog‘ida kirish va chiqish kuchlanishlari orasida nolli siljish ta’minlanadi (Demak, musbiy teskari bog‘lama), chunki kuchaytirgichli bo‘g‘in unda umumiy emitterli shema bo‘yicha ulangan tranzistor ham 1800 teng fazoviy siljish yaratadi.



Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin