Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə13/15
tarix04.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#93167
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi

Nazariy qism
PodstanSiya ( boshlang‘ich pasaytiruvchi, tarqatuvchi, Sexlardagi xar qanday sanoat korxonalaridagi elektr energiyasi bilan ta’minlash sistemasining asosiy zvenosi hisoblanadi. Shuning uchun sanoat korxonalarining territoriyasida podstanSiyalarni eng qulay joyga o‘rnatish masalasi, ratsional elektr bilan ta’minlash sistemalarini yaratishda muxim rol o‘ynaydi. Xar turdagi sanoat korxonalarini elektr bilan ta’minlash sistemalarini qurishda, shu ob’yektlarni bosh planlari yaratiladi, shu planlarda hamma sanoat ishlab chiqarish sexlari ko‘rsatiladi. Sexlarni joylanishlari ishlab chiqarish texnologiyasi asosida aniqlanadi.
Bosh planda sanoat korxonasining hisoblangan yoki belgilangan quvvati ko‘rsatiladi. Sexlarni joylanishlari ishlab chiqarish texnologiyasi asosida aniqlanadi.
Bosh planda sanoat korxonasining hisoblangan yoki belgilangan quvvati ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, loyihada yuqorida ko‘rsatilgan sex va butunlay korxonaning elektr nagruzka grafiklari ham bor. Loyihalashning yana bir muhim vazifalaridan biri BPP, BTP, TP larni korxona territoriyasida eng qulay joyga o‘rnatishdir. Bu narsa, barcha podstanSiyalarni joylashtirish elektr ta’minoti sistemalarini qurishda eng ratsional mablag‘ sarflashga olib kelishi kerak.
Elektr ta’minoti sistemalarini loyihalash vaqtida BPP,BTP, TP larning o‘rnatish joylarini aniqlash uchun, korxonaning bosh planlarida yuklamalar kartogrammasi ko‘rsatiladi.
Yuklamalar kartogrammasi degani, bosh plandagi aylanalar bo‘lib, bu aylanalarning yuzasi bilan chegaralangan maydon, Sexlarning hisoblangan yuklamalarini tanlangan masshtab bo‘yicha tasvirlashga aytiladi. Xar bir sex uchun o‘zining aylanasi ko‘rsatiladi, qaysiki bu aylananing markazi sexning yuklama markaziga to‘g‘ri keladi. Sexning yoki korxonaning yuklama markazi deb, sexning ( korxonaning) iste’mol qilayotgan elektr energiyasining shartli markazidir. BPP,BTP,TP larni iloji boricha yuklama markaziga yaqin joyga o‘rnatish kerak bo‘lib, bu narsa yuqori kuchlanishli elektr energiya iste’molchisini markazga yaqinlashtirishga hamda korxonaning yuqori kuchlanishi tarqatuvchi tarmoqlarning va sexning elektr tarmoqlarni uzunligini sezilarli darajada kamaytirishga, o‘tkazgich materiallar sarflarini va elektr energiyasini yo‘qotilishini qisqartirishga olib keladi.
Elektr yuklama kartogrammasi loyihachiga korxonaning maydonida elektr energiyasini taqsimlanishini aniq yaqqol tasvirlashga imkon beradi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, korxona yuklamasining kartogrammasi aylana va doiradan iboratdir, bu doira aylana bilan o‘ralgan bo‘lib, tanlangan (m) masshtab bilan mos kelgan sexning hisoblangan yuklamasiga tengdir:



( 1 ) ifodadan aylananing radiusini aniqlash mumkin.



Bu yerda m - aylanani topish masshtabi.
Korxonaning bosh planidagi kartogrammada albatta, alohida - alohida aktiv va reaktiv yuklamalar ko‘rsatilishi shart. Buning sababi shuki, aktiv va reaktiv yuklamalar iste’moli alohida - alohida olingan manbalardan yetkazib beriladi.
Xozirgi paytda qator matematik usullar bo‘lib, sex va korxonalarning elektr yuklama markazlarini analitik yo‘l bilan aniqlab beradi. Agar yuklamani maydon bo‘yicha teng taqsimlangan desak, yuklamaning markazini sexning plandagi ko‘rinishi figurasining og‘irlik markazi bilan bir xil deb qabul qilish mumkin.
Agarda yuklamani sexdagi taqsimlanishini xaqiqiysini hisobga olinsa unda yuklamaning markazi sexning plandagi og‘irlik markaziga to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun yuklamaning markazini topish og‘irlik sistemasining markazini aniqlashga olib keladi.
Masshtab bilan Sexlarning yuklamasini (Pp) qiyoslab, ularning markaz koordinatlarini quyidagi formulalar yordami bilan aniqlash mumkin.

Korxonaning bosh planida elektr yuklamasining markazi (EYuM) figuraning murakkab formasida ifodalanadi. Shuning uchun sexning ( korxonaning ) EYuM ni bosh plandagi bitta mustahkam nuqta deb emas, uni EYUMni tarqalish zona deb karalsa to‘g‘ri bo‘ladi. EYuMni tarqalish zonasini talab qilingan aniqlikda topish uchun xar xil formulalar bo‘lib, ular shartli EYuMni aniqlashga imkon beradi. Shu narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, korxona elektr ta’minoti sistemasini qurish bilan bog‘liq muammolar, optimallashtirishga taalluqli bo‘lib, turli xildagi matematik usullar yordami bilan yechish mumkin (dinamik, chiziqiy programmalashtirish, tajribali planlashtirish va x.k.) EYuMni tarqalish zonasini aniqlash uchun eng avvalo EYuMni tarqalish zonasi koordinatlarini aniqlash qonunini topish kerak. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, EYuMni tasodifiy tarqalish koordinatlari normadagi tarqalish qonuniga bo‘ysinadi (Gauss-Laplas qonuni):

Bu yerda ax, ay - tasodifiy koordinatlarning matematik kutilishi;


- tasodifiy koordinatlarining tarqalishi.

Bu yerda hx va hy - quyidagi tasodifiy miqdorlarning aniqlash o‘lchami.

Tasodifiy koordinatning tarqalish ehtimoligining zichligini to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi normal tarqalish egri ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Tasodifiy bog‘lanmagan koordinatlarining ikkilanma o‘lchami zichligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:



Bu ifoda shu shart bilan olinganki, koordinataning boshlanishi, matematik kutilma bilan birlashtirilgan bo‘lib, tarqalishning normal qonuniga bog‘liq bo‘lmagan koordinataning to‘rtta parametrlari bilan ifodalanadi, bular: matematik kutilma ( ax va ay ), EYuM ni shartli holatini va o‘rtacha kvadratik farqning (x, y ) yoki aniqlikning o‘lchami ( hx , hy ) dir.
Odatda tarqalishning nazariy qonunini aniqlash bu noaniq qiymatlar bo‘lib, ular tarqalishning tajriba yo‘li bilan aniqlangan qiymatlariga mos keladi deb olinadi. Tajriba yo‘li bilan aniqlangan tarqalishning sonli xarakteristikalarini quyidagicha aniqlash mumkin :



EYuM ning tasodifiy koordinatlarining tarqalish qonuni va sonli xarakteristikalarini aniqlagandan keyin EYuM ning tarqalish zonasini aniqlash mumkin. Buning uchun normal taqsimlashish yuzasini gorizontal tekislik, papallel tekislik bilan ko‘ndalang kesib o‘tamiz. Hosil bo‘lgan kesimning yuzasi, shunday egri chiziq bo‘lib chegaralanadiki, uni quyidagi ifoda bilan ko‘rsatish mumkin :

yoki

bu yerda:

Bu formulalardan ko‘rinib turibdiki, sanoat korxonalari EYuM ning tarqalish zonasi ellipsidan iboratdir. Ellipsning formasi va qiymatlarining o‘zaro nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat ob’yektlarining tarqalish zonasini aniqlash uchun, koordinat o'qini papallel ko‘chirish kerakki, to yangi sistemaning boshlanishi matematik kutishiga ax va ay ga mos kelishi kerak.


Agar elektr yuklamalari sanoat korxonalari bo‘yicha teng taqsimlangan bo‘lsa, masalan ular bir - ikki yoki undan ko‘p joylarga to‘plangan bo‘ladi. Bu xolatda EYuM ning tarqalishi zonalarini alohida - alohida aniqlashga to‘g‘ri kelib, ularni bosh planda territoriya bo‘yicha alohida - alohida to‘plangan yuklamalar bo‘yicha aniqlashga to‘g‘ri keladi. Bunday xolatlarda bir nechta BPP yoki BTP quriladi. Sanoat korxonalarining EYuM tarqalish zonasini qurishda shu narsani hisobga olish kerakki, Sexlarning EYUM ni ham tarqalish ellipsini, alohida yoki gruppa iste’molchilaridan tashkil topgan deb hisobga olish kerak.

Ishni bajarish tartibi


Stendda sanoat korxonasining bosh plani ko‘rsatilgan bo‘lib, unda 12 ta sex joylashgan. Bu yerda 6 ta korxonaning bosh plani variantini tuzish mumkin. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan xar bir guruh studentlari bittadan variantni bajarishadi. Variantlarni ulash tumbler orqali bo‘ladi va bosh planda shu variantga tegishli Sexlarning lampalari yonadi.


Sanoat korxonasining BPP sini ratsional joylashtirish zonasini hisoblash uchun dastlabki ma’lumot sifatida Sexlarning joylashish koordinatlarini, quvvatini qiymatini 1 va 2 jadvallardan olinadi. EYUM ni tarqalish zonasini vaiantlari 3 - jadvalda va elektr yuklamaning grafiklari ko‘rsatilgan 2 - rasmda berilgan.
1. O‘qituvchidan topshipiq, ya’ni variant nomeri olinadi.
2. EYUM tarqalish zonasini koordinatalarini aniqlash usuli bilan tanishib chiqiladi.
3. EYUM ning koordinatlarini EHM da aniqlash uchun, 3 - rasmda ko‘rsatilgandek soddalashtirilgan blok-sxema tuzilib, bunda dastlabki ma’lumotlar 1,2 - jadvallardan olinadi
4. Tuzilgan programma bo‘yicha hisob qilinadi.
5. Hisob to‘g‘ri bo‘lishi uchun 4 ta tekshiruv nuqtasi bo‘yicha qo‘lda nazorat o‘tkaziladi ( O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ).
6. Hisob bilan topilgan ma’lumotlar yordamida EYuM ning tarqalish zonasi koordinatini qurib, to‘g‘ri qurilganligi tumbler yordamida lampalarning ishga tushiish orqali tekshiriladi.
7. O‘qituvchidan EYuM ning mumkin bo‘lgan siljishi koordinatlarini aniqlab, elektr ta’minot sistemasining qiymatlashishini, 6 - rasmdagi tuzilgan blok - sxema asosida hisoblanadi. Berilgan variant bo‘yicha sanoat korxonasi BPP ning ratsional joylashish orasidagi farq solishtiriladi.

Hisobotga talablar


Ishning hisoboti quyidagi materiallardan tashkil topishi kerak:
1. Hisob - kitob uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar aniqlanadi;
2. EHM ga hisob uchun programma tuziladi ;
3. Korxonaning bosh planida EYUM ning tarqalish zonasi ko‘rsatilgan bo‘lishi hamda tarqalish zonasi siljishi bilan bog‘liq xoldagi qiymatlashishning hisoblari ;
4. Yuklamalar kartogrammasi berilgan bosh planda ko‘rsatiladi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin