Elektr tizimlarida kuchlanish isrofi. Reja



Yüklə 275,65 Kb.
səhifə2/3
tarix17.05.2023
ölçüsü275,65 Kb.
#115447
1   2   3
elektr tizimlarida kuchlanish isroflari

G.A. Illarionov quyidagi ifodani taklif qildi:

Oxirgi ifoda, 35 dan 1150 kV gacha bo‘lgan barcha nominal kuchlaniShlar Shkalasi uchun qoniqarli natija beradi.
Elektr tarmog‘i variantlari yoki uning alohida uchastkalari xar hil nominal kuchlaniShga ega bo‘liShi mumkin. odatda, boShida ko‘p yuklangan boSh uchastkalarning nominal kuchlaniShi aniqlanadi. Halqasimon tarmoq uchastkalari, odatda, bir nominal kuchlaniShga bajariliShi kerak.
YUqoridagi usullarning biri bilan topilgan kuchlaniSh yakin nominal kuchlaniShga yaxlitlanadi. Barcha usullar ning faqat taxminiy qiymatini aniqlaSh imkonini beradi.
Nominal kuchlaniShning taxminiy qiymati aniqlangandan so‘ng xar kaysi aniq tarmoq uchun turli nominal kuchlaniShlar variantlarining chegarlangan soni belgilanadi va ular texnik iqtisodiy soliShtiriladi.
Turli nominal kuchlaniShda tarmoqning bu variantlari uchun xarajatlarni soliShtiriSh natijasida butun tarmoqning yoki uning alohida qismlarining nominal kuchlaniShini asosli tanlaSh mumkin.
Ko‘pincha, liniya boShidagi kuchlaniSh U1 oxiridagi kuchlaniShdan U2 yuqori, chunki liniya orqali oqayotgan tok kuchlaniSh yo‘qotiliShini U=U1-U2 hosil qiladi (1.2.2-rasm).SHuning uchun iste’molchidagi kuchlaniShni U2 tarmoq kuchlaniShining nominal qiymatiga Unt yaqinlaShtiriSh va liniya oxirida energiya sifatini taminlaSh uchun generator kuchlaniShi Ung tarmoq kuchlaniShiga Unt nisbatan 5% ga yuqori olinadi, transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi nominal kuchlaniSh esa Unt ga nisbatan 5-10% ga yuqori (transformatorning o‘zida taxminan 5% yo‘qotiladi).
Demak, tarmoq va iste’molchilarning nominal kuchlaniShlari: 6, 10, 35, 110, 220, 500, 750 kV (O‘zbekistonda 750 kV dan taShqari, hammasi iShlatiladi).
Generator va sinxron kompensatorlarning nominal kuchlaniShlari: 6,3; 10,5; 21 kV.
Transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amining nominal kuchlaniShlari: 6,3 va 6,6; 10,5 va 11; 22;38,5; 115 va 121; 230 va 242 kV.
Past kuchlaniShli (1000 V gacha) tarmoqlarda fazalar orasidagi (surati) va fazali (mahraji) nominal kuchlaniShlar quyidagicha qabul qilingan:
-tarmoq va iste’molchilar uchun - 220/127; 380/220; 660/380 V
-manbalar uchun - 230/133; 400/230; 690/400 V
-220/127 va 230/133 kuchlaniShlar iqtisod nuqtai nazaridan tavsiya qilinmaydi.
Elektr iste’molchilarning qisqichlari tugunlaridagi kuchlaniShni mumkin bo‘lgan qiymatlaridan og‘iShi tarmoq ko‘rsatgichlarini pasayiShiga olib keladi. Energiya tizimidagi elektr tarmoqlari kuchlaniShining darajasiga Shu tarmoqlarning energiya o‘tkazuv qobiliyati, iqtisodiyligi va iste’molchilarga etkazib berilayotgan energiyani sifatiga bog‘liqdir.
Elektr iste’molchilarini kerakli kuchlaniSh bilan taminlaSh generator kuchlaniShini rostlaSh, transformatorlarning transformatsiyalaSh koeffitsientini o‘zgartiriSh, tarmoq elementlaridan oqayotgan reaktiv quvvat qiymatini va ayrim elementlar qarShiliklarini o‘zgartiriSh hisobiga amalga oShiriliShi mumkin.
Generatorlar yordamida kuchlaniShni rostlaSh, generator imkoniyatiga ega bo‘lgan kuchlaniShni rostlaSh oralig‘ida (oralig‘) avtomatik ko‘zg‘atiSh regulyatorlari (AQR) yordamida amalga oShiriladi.
Transformatorlar (avtotransformatorlar) da kuchlaniShni rostlaSh transformatsiya koeffitsientini o‘zgartiriShi orqali amalga oShiriladi, buning uchun ular o‘ramlar sonini o‘zgartiriShga imkon beruvchi maxsus moslama o‘rnatiladi. Bu transformatorni o‘chirib yokiSh YU.O.R. (yuklama ostida rostlaSh) uskunasi yordamida amalga oShiriliShi mumkin.

YU.O.R. li transformatorlar nisbatan ancha qimmat bo‘lgani uchun, ular asosan yuqori kuchlaniShli taqsimlovchi tarmoqlarni taminlaydigan qabul qiluvchi podstansiyalarda qo‘llaniladi.
2-rasm.KuchlaniShni rostlaSh

Sinxron kompensatorlar asosan qo‘Shimcha reaktiv quvvat manbai sifatida iShlatiShga mo‘ljallangan, lekin ularni kuchlaniShni rostlaSh uchun ham qo‘llaSh mumkin. Bu vazifani sinxron dvigatellar va statik kondensatorlar bajariShi mumkin. Bunda, ular ko‘ndalangiga reaktiv quvvatini kompensatsiya qilib, manbadan iste’molchilarga oqayotgan reaktiv quvvatni kamaytiradi va buning hisobiga esa liniyadagi kuchlaniSh yo‘qotiliShi kamayadi. Statik kondensatorlar sinxron kompensatorlarga qaraganda kapital harajatlar bo‘yicha hamda iShlatiSh harajatlari bo‘yicha arzondir.





Yüklə 275,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin