Elektr tizimlarida kuchlanishni rostlash Reja


Rostlagich kuyidagicha ishlaydi



Yüklə 165 Kb.
səhifə4/5
tarix12.05.2023
ölçüsü165 Kb.
#112662
1   2   3   4   5
Elektr tizimlarida kuchlanishni rostlash

Rostlagich kuyidagicha ishlaydi . Ut oldirish kaliti-UOK ulanganda uygotish toki kuyidagi zanjir buyicha utadi: generatorning musbat kiskichi (+) - UOK - rostlagichning (15) belgili kiskichi - drossel (Dr) ning uzagi - birinchi boskich kontaktlari K1 - yakorcha 2 - yarmo - rostlagichning va generatorning (67) belgili kiskichi - uygotish chulgami (UCH) - kobik - generatorning manfiy kiskichi (-).
Generator kuchlanishi belgilangan rostlanish kiymatiga yetganda, rostlagich chulgami RCH uzagida xosil bulgan magnit maydonining tortish kuchi prujinani tortish kuchini yengib, K1 kontaktlarni uzadi. Kontaktlar uzilganda , uygotish toki K1 kontaktlarga paralel ulangan drossel Dr chulgami va kushimcha karshilik RK orkali utishga majbur buladi va uning kiymati keskin kamayadi. Uygotish tokining kamayishi generator kuchlanishi, demak rostlagich chulgamiga uzatilayotgankuchlanish pasayishiga olib keladi. Natijada, rostlagich uzagidagi magnit maydoni kuchsizlanadi va K1 kontaktlar prujinani tortish kuchi ta’sirida yana tutashadi, generatorning kuchlanishi usa boshlaydi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi. Xullas, birinchi boskichda ikki boskichli rostlagich oddiy bir juft kontaktli rostlagich kabi ishlaydi. Birinchi boskich kontaktlari K1 ning ishlash chegarasi, generatorning aylanishlar chastotasi doirasining taxminan yarmini egallaydi (21 -rasm). Rotorning aylanishlar chastotasi bundan keyin yanada oshib, ma’lum kiymatga yetganda (masalan nurt ) uygotish zanjiridagi kushimcha karshilik RK ning kiymati uygotish tokini pasaytirishga yetmay koladi. Chunki, kontaktlar orasidagi uchkun kuchini kamaytirish maksadida (13 ifodaga karang) uygotish zanjiriga ataylab kiymati 10-15 marta kamaytirilgan karshilik ulanadi. Natijada rotorning aylanishlar chastotasi nurt dan oshganda K1 kontaktlar butunlay ochilib koladi va generatorning kuchlanishi usa boshlaydi. Generatorning kuchlanishi birinchi boskichda rostlangan kuchlanish kiymatidan 0,4 - 0,7 V ga oshganda, tabiiy ravishda rostlagich chulgamida xam kuchlanish kiymati ortadi, uzakdagi magnit maydoni yanada zurayadi va yakorchani pastga kuchlirok tortib, ikkinchi juft kontaktlar K2 tutashtiradi. K2 kontaktlar tutashishi uygotish tokini birdaniga nolgacha kamayishiga olib keladi, chunki uygotish chulgamining ikkinchi uchi xam yarmo, yakorcha va K2 kontaktlar orkali "massa" ga ulanib koladi. Uygotish tokining nolga tushib kolishi, generator kuchlanishi xam keskin kamayishiga olib keladi, natijada rostlagich chulgamidagi kuchlanish xam kamayadi va K2 kontaktlar yana uziladi. Uygotish toki uygotish chulgamiga, drossel Dr chulgami va kushimcha karshilik RK orkali uta boshlaydi. Demak, ikkinchi boskichda tok uygotish chulgamiga bir gal butunlay bormaydi (kontaktlar K2 tutash) yoki drossel chulgami Dr va kushimcha kar-shilik RK orkali boradi (kontaktlar K2 uzilgan). Ikki boskichli kuchlanish rost-lagichlarini tatbik kilish birdaniga ikkita muammoni xal kilish imkonini beradi. Birinchidan, kushimcha karshilik kiymati kam bulganligi tufayli kon-taktlar orasidagi kuchlanish kiymati kes-kin kamayadi, xosil bulayotgan uchkunlarning uzilish kuvvati ancha pasayadi. Ikkinchidan, uzilish kuvvatini pasayishi uygotish tokini kiymatini 2,6-2,7 A gacha oshirishga, demak generatorning kuvvatini oshirish imkonini beradi.
Chulgam temperaturasini oshishini, rostlagich ishiga ta’sirini kamaytirish maksadida rostlagich chulgamiga ketma-ket nixrom yoki konstantandan tayyorlangan karshilik RTK ulanadi. Bu materiallarning karshiligi temperatura ta’sirida deyarli uzgarmaydi, shuning uchun rostlagich chulgami zanjiridagi umumiy karshilikning temperatura ta’sirida ortishi bir necha bor kamayadi. Masalan, chulgam temperaturasi +80O S kutarilganda RTK ulangan chulgam zanjirining karshiligi, asosan mis chulgamning kizishi xisobiga 12,5 % ga ortadi, demak generatorning rostlanilayotgan kuchlanishi xam taxminan 12,5 % ga oshadi. Shunday kilib, termokompensatsiya karshiligi - RTK xisobiga, temperatura ta’siridan generator kuchlanishini ortishi kisman cheklash mumkin. Rostlagich chulgami temperaturasi uzgarganda generator kuchlanishini mumkin kadar belgilangan kiymatda ushlab turish uchun RTK karshiligini ulash bilan birga, rostlagich yakorchasi termobimetall plastinaga (TBP) urnashtiriladi. TBP bir-biriga kavsharlangan ikkita plastinadan iborat bulib, plastinalarning biri issiklikdan kengayish koeffitsiyenti juda kichik bulgan invar-36 dan (tarkibida 63% temir, 36% nikel va boshka metallar bulgan kotishma) va ikkinchisi issiklikdan kengayish koeffitsiyenti yukori bulgan materialdan, masalan xrom-nikelli, yoki molibden-nikelli pulatlardan tayyorlanadi.
TBP ning issiklikdan kengayish koeffitsiyenti kichik bulgan plastinasi rostlagichning uzagiga karatib ( ya’ni pastga ), kengayish koeffitsiyenti katta bulgan plastina esa yakorchaga ( ya’ni yukoriga ) karatib urnashtiriladi. Rostlagich chulgamining xarorati oshganda TBP xam kiziydi va plastinalarning issiklikdan kengayish koeffitsiyenti xar-xil bulganligi tufayli u rostlagichning uzagi tomonga egilib, yakorchani prujinaning tortish kuchiga karama-karshi tomonga tortadi va shuning uchun temperatura oshganligi sababli uzakdagi magnit okimi kuchsizlansa xam kontaktlar generatorning belgilangan kuchlanish kiymatida uziladi. YA’ni uzakdagi magnit maydonining susayishi yakorchani uzak tomonga egib, ular orasidagi tirkishcha ni kamaytirish yuli bilan kompensatsiya kilinadi.


Yüklə 165 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin