Elektr xavsizligi bo'yicha umumiy talablar Reja: Umumiy talablar Elektr xavfsizligi qoidalari


Sizishni izlash bilan sinashdagi xavfsizlik talablari



Yüklə 21,99 Kb.
səhifə3/3
tarix13.06.2023
ölçüsü21,99 Kb.
#129426
1   2   3
Elektr xavsizligi bo\'yicha umumiy talablar

Sizishni izlash bilan sinashdagi xavfsizlik talablari

Zichlikka sinashda nazorat qilinayotgan buyum ichida ortiqcha bosim hosil qilinishi bilan bog‘liq usullar juda muhim hisoblanadi. Bunday usullar jumlasiga pnevmatik va gidravlik sinovlar kiradi. Sinovlarni o‘tkazish jarayonida amaldagi «Bosim ostida ishlovchi idishlami o‘matish va ishlatish qoidalari»ga amal qilinmog‘i kerak. Ushbu qoidalarga muvofiq, sinovlarning quyidagi majburiy tarti- bi nazarda tutilgan: payvand va boshqa birikmalarni defektoskop- ik nazorat qilish; gidravlik yoki pnevmatik sinov; shundan so4ng buyumning boshqa turdagi sinovlari o‘tkazilishi, shu jumladan, zichligi nazorat qilinishi mumkin. Agar defektoskopiya qilish ja- rayonida nuqsonlar aniqlansa, ular bartaraf qilinmog'i lozim. Shundan keyin gidravlik yoki pnevmatik sinov (siqilgan havo yuborish) amalga oshiriladi. Gidravlik yoki pnevmatik sinov o`tkazilgani- dan va bosim kerakli darajagacha pasayganidan so‘ng buyumning zichligi nazorat qilinishi mumkin. Bunda ham yuqorida keltirilgan qoidalar talablariga rioya etilishi zarur. Siqilgan havo bilan zichlik- ni nazorat qilish jarayonida ham, gidravlik va pnevmatik sinovlar chog4ida boigani kabi, buyumni taqillatib ko4rish taqiqlanadi. Buyumning zichligi buzilgan joylarini tuzatish va boshqa maro- miga yetkazish ishlari undagi bosim pasaytirilganidan hamda undan nazorat qilinayotgan yoki ish moddasi olib qo`yilganidan keyingina amalga oshirilmog‘i darkor.


Geliy yoki galoid yordamida sizishni izlagichlar bilan ishlashda, birinchi navbatda, ular yerga ulanishi va biriktiruvchi elektr kabellari izolatsiyasining sifati tekshirilishi kerak. Sinalayotgan qismlardagi so‘ndirgich (zaglushka)lar puxta mahkamlangan va tashqi nuqson- larsiz bo4lishi zarur. Galoid yordamida sizishni izlagichlar bilan nazorat qilish joyida qizigan yuzalar va ochiq alanga bo4lmasligi lozim, chunki ular mavjudligida freon parchalanib, xlorli va ftor- li vodorod hamda fosgen hosil qiladi. Sizishni izlagichlar bilan nazorat qilish paytida nazorat joyidan 5 m dan kam masofada pay- vandlash ishlari bajarilmasligi darkor. Sinov tugallangani zahoti gazli ballonlar yopib qo`yilmogi lozim.

Nazorat savollari:


1. Magnitografik va ultratovushli nazorat usullarini amalga oshirishda qaysi qoidalarga amal qilinmog‘i lozim?
2. Radiatsion nazorat usullarida himoyalanishning asosiy usullarini aytib bering.
3. Kapillar defekteskopiya amalga oshiriladigan ish o‘rinlariga qanday talablar qo‘yiladi?
4. Gidravlik va pnevmatik sinovlami o‘tkazish tartibini bayon qiling.
Yüklə 21,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin