Dvigatel qurilmasi (DQ) elektr energiyani Wd rotorni (yakorni) chiziqli yoki aylanma harakatga keltiradigan mexanik energiyaga Wmaylantirib beradi. Mexanik energiya Wmoqimi mexanik uzatish qurilmasidan o‘tib, xuddi shu ko‘rinishdagi energiya Wim ga aylanadi, bu esa ish mashinasi orqali qabul qilinadi. IMlarda W, energiya aylanma harakatda koordinatlari MLo - qarshilik momenti, со,,,, - burchak tezlik hamda ilgarilanma harakatda esa koordinatlari Fio - qarshilik kuchi va Vt0 – chiziqli tezlikka ega boMgan ish organi (IO)ning mexanik ishiga aylantiriladi. Tabiiyki, energiya oqimi M, ni M, ga aylantirish elektr yuritma
clementlarining sifati hamda energiya oqimini boshqarish qonuniga ko‘ra isroflar bilan amalga oshiriladi.
Boshqarish qurilmasi (BQ) KEO‘Q yoki DQ, yoki O‘Qlarning ayrim, ba’zi hollarda esa bir vaqtning o‘zida ikki, uch qurilma koordinatlarini boshqaradi. Boshqarish qurilmasi boshqarish qonunini berish qurilmasi BQ berilayotgan axborot va xabarchi o‘zgartgichlardan kelayotgan axborotlami taqqoslab, kerak bo‘lgan ko'rinishda shakllantiradi.
Xabarchi – o‘zgartgichlar elektr yuritmaning turli koordinatlarini (momentlar, kuchlar, burchak va chiziqli tezlik, tok, kuchlanish va h.k.) o‘lchashga mo‘ljallangan axborot - o‘lchov qurilmalari ko‘rinishida bo‘lib, ular bu koordinatalami bir turdagi (masalan, kuchlanish) elektr signallariga aylantiradi.
Elektr yuritmalaming asosiy turlari va ularning vazifalari. Barcha elektr yuritmalami funksional vazifalari, energiyaning boMinishi, ish mashinasi chiqish o‘qining harakat shakli, iste’mol qilayotgan tok turi, o‘zgartgich, dvigatel, uzatish va boshqarish qurilmalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Funksional vazifalari bo‘yicha elektr yuritmalar bosh va yordamchi elektr yuritmalarga bo‘linadi. Bosh elektr yuritma jarayonning asosiy operatsiyasini yoki ish mashinasining ijrochi organini harakatga keltiradi. Yordamchi elektr yuritma esa, mashinaning yordamchi organlarining harakatini ta’minlaydi. Masalan, tokarlik dastgohi bosh elektr yuritmasi ishlov berilayotgan detalni aylanma harakatga keltiradi, yordamchi elektr yuritma esa kesish asbobini detaining bo‘ylamasi bo‘yicha ilgarilama harakatga keltiradi. Energiyaning bo‘linishi bo‘yicha elektr yuritmalar guruhli, individual, о‘zaro bog‘langan va ко‘p dvigatellilarga bo’linadi.
Guruhli elektr yuritma sanoatda XIX asr oxirida qo‘llanila boshlandi. Bu yuritmada (2-rasm) bug‘ dvigateli elektr dvigatel M bilan almashtirilgan, bir nechta ish mashinalariga {IMm) harakat uzatadigan uzatish qurilmalari UQmholida saqlanib qolgan.
Muayyan afzalliklarga ega boMgan yuritmaning bu turi mashinani maqsadga muvofiq tarzda boshqarib bo‘lmasligi, uzatish qurilmalarida energiyani ko‘p isrof bo‘Iishi kabi kamchiliklarga ega. Bundan tashqari bu qurilmalar ko‘p sonli uzatish tasmalari va transmissiyalardan tashkil topganligi uchun, ular ishlatish chog‘ida ishchilar hayotiga xavf tug‘diradi. Individual elektr yuritma ish mashinasining bitta ijrochi organining harakatini ta’minlaydi (3-rasm). Shuning uchun, bitta mashina uchun bir necha individual yuritmalar ishlatiladi. Masalan, tokarlik dastgohida individual bosh va ikkita yordamchi yuritmalar ishlatiladi. Individual elektr yuritma tizimida energiya elektr zanjirlarida bo‘linadi. Bu yuritma uzatish qurilmalari va ish
mashinasi kinematikasini soddalashtirish imkoniyatini beradi. Aksariyat hollarda ish mexanizmining ijrochi organining o‘qi dvigatel rotori (yakor) bilan umumiy o‘q hosil qiladi. Individual elektr yuritmaning asosiy afzalliklari bu energiyani boMinishidagi isrofning kamayishi, UQ va IM kinematikasini soddalashtirish hisobiga metall sarflni kamaytirish, elektrlashtirilgan agregat ishonchliligini oshirish, ijrochi organlami boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni soddalashtirish imkonining mavjudligidadir.
O‘zaro bog‘langan elektr yuritma ikkita yoki bir nechta (o‘zaro mexanik yoki elektr) bog‘langan elektr yuritmalarning ish arayonida berilgan nisbatga ko‘ra yoki ijrochi organ harakatini muayyan koordinatalar bo‘yicha takrorlash amalga oshiriladi. Hozirda amaliyotda o‘zaro bog‘langan elektr yuritmalar qog‘oz ishlab chiqarish va sanoatning turli tarmoqlarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.
Bunday elektr yuritmalaming afzalliklari ular yordamida texnologik jarayonni yanada yuqori darajaga ko‘tarish va shu yo‘l bilan avtomatlashtirishni amalga oshirilishidadir.
Ко‘p dvigatelli elektr yuritma deb, elektr dvigatel qurilmasi birgalikda bitta o‘qda yoki bitta mashinada o‘qlari o‘zaro bog‘lanmagan yuritmaga aytiladi (4-rasm). Bunday elektr yuritmalarda texnologik yoki texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bir emas, balki bir nechta elektr dvigatel qurilmalaridan foydalaniladi.
Elektr yuritmaning tarixi XIX asrning birinchi yarmidan, ya’ni magnit maydonining tok oqayotgan o‘tkazgich bilan o'zaro mexanik ta’siri to‘g‘risidagi qonun, elektromagnit induksiya qonuni hamda bu qonunlar asosida aylanuvchi harakatni amalga oshiradigan o‘zgarmas tok elektr dvigatelini kashf etilishidan boshlangan. Keyinchalik o‘zgaruvchan tokni uzatishning uch fazali tizimini, transformator va assinxron dvigatelning yaratilishi elektr yuritmani sanoatda keng qoMlash imkoniyatini yaratdi. So‘nggi yillarda turli konstruksion va ko‘rinishdagi elektromexanik o‘zgartgichlardan foydalanish, hisoblash texnikasi vositalarini boshqarish tizimlariga keng ko‘lamda qoMlash va elektr yuritmaning boshqa funksiyalarini avtomatlashtirish tufayli elektr yuritma nazariyasida yangi yo‘nalishlarga asos solindi. Birinchi yo‘nalish - elektromexanik o‘zgartgichlardan elektromagnit, pyezokeramik va boshqa dvigatellaming yangi kt»nstruksiyalari xususiyatlarini kengroq o‘rganish. Ikkinchi yo‘nalish - elektr yuritma tizimi dinamikasini tadqiq etishning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligi. Uchinchi yo‘nalish - yuritma va uning elementlari tavsifmi hisoblashning an’anaviy usullaridan voz kechib, yangi samarali usullami yaratish va ulaming dastur ta’minotini amalga oshirish. To‘rtinchi yo‘nalish - energiya tejamkorligini ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini ishlab chiqish va ularni
amalda tatbiq etish. Hozirda komplekt yuritmalar, ularning kuchli qismlarini boshqarishning kompyuter tizimi yaratilgan bo‘lib, bular yuqorida keltirilgan yo‘nalishlami ma’lum darajada hal etish imkonini beradi.