Elektr zanjirlari va ularning turlari. Elektr zanjirlarining elementlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari. Om va Krixgof qоnunlari. Chiziqli, chiziqli bo’lmagan, parametrik zanjirlar. Differensiallovchi va integrallovchi zanjirlar



Yüklə 202,37 Kb.
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü202,37 Kb.
#122318
1   2   3   4   5
Elektr zanjirlari va ularning turlari. Elektr zanjirlarining ele

Passiv elementlar

Shunga o‘xshash, zanjirning manbalarini aktiv elementlar, qolganlarini esa passiv elementlar deb ataymiz.


Elektr zanjirining manbalari ikki turga 3-rasm
bo‘linadi: kuchlanish va tok manbalari. Manbalar tok va kuchlanishining tashqi ta’sir natijasida o‘zgarishiga ko‘ra, ularni mustaqil va nomustaqil manbalarga ajratiladi. Manbaning chiqish klemmalaridagi kuchlanish (tok) miqdori manbaning yukidagi tok (kuchlanish) qiymatiga bog‘liq bo‘lmasa mustaqil kuchlanish (tok) manbasi deyiladi. 3-rasmda mustaqil kuchlanish manbasining tashqi tavsif (a) va (b) ko‘rsatilgan. 3.4-rasmda mustaqil tok manbasining tashqi tavsifi (a) va sxemada belgilanishi (b) ko‘rsatilgan. Bunday manbalar quyida keltirilgan real manbalarni ideallashtirish bilan hosil qilinadi. Aksincha, manbaning chiqish klemmalaridagi kuchlanish (tok) miqdori oqayotgan tok (kuchlanish) qiymatiga bog‘liq bo‘lsa, ya’ni kuchlanish manbasining yuklanish toki o‘zgarganda uning kuchlanishi ham o‘zgarsa, yoki tok manbasi zanjiridagi kuchlanish o‘zgarishi natijasida uning toki ham o‘zgarsa, ularni nomustaqil kuchlanish (tok) manbalari deyiladi. Real manbalarda aynan shunday bo‘ladi va ularning tashqi tavsiflari pasayuvchan (3.3 va 3.4-rasmlarda punktir chiziq) bo‘ladi.

4-rasm
Manbalar boshqarilmas va boshqariluvchi guruhlarga ajratiladi. Boshqariluvchi tok va kuchlanish manbalarining har biri ularning kirish qismiga keltirilgan tok va kuchlanish bilan boshqarilishi mumkin.
Z anjirning passiv elementlari qatoriga rezistorlar, kondensatorlar va induktivliklar kiradi.
Rezistor (ba’zan rezistiv element, rezistiv qarshilik, Omik qarshilik degan nomlari ham uchraydi) deb, 5-rasm
elektr energiyasi sarflanib, uning hususiyatlari U=R·i yoki i=G·U bog‘lanishlar bilan ifodalangan elementga aytiladi. Bunda, R va G qarshilik va o‘tkazuvchanlik deb nomlangan proporsionallik koeffitsiyentlari. 5-rasmda ularning sxemalarda belgilanishi keltirilgan. R va G o‘zgarmas bo‘lganda (a-rasm) chiziqli va, aksincha, R va G lar tok yoki kuchlanishga bog‘liq o‘zgarganda nochiziqli (b) qarshilik yoki nochiziqli o‘tkazuvchanlik deyiladi.
Elektromagnit energiyani zahiralash xossasiga ega bo‘lgan, fizik xususiyatlari Sh=L·i tenglama bilan ifodalanuvchi induktiv g‘altakning ideallashtirilgan elementi induktivlik elementi (yoki induktivlik) deyiladi. L proporsionallik koeffitsiyenti induktivlik deyiladi va Genri [Np] o‘lchov birligiga ega. 6-rasmda chiziqli (a), nochiziqli (b) induktivlikning belgilanishi hamda Sh=L·i bog‘lanishlar keltirilgan.
E
lektr energiyasini zahiralash xossasiga ega bo‘lgan, fizik xususiyatlari q=C·u tenglama bilan ifodalanuvchi kondensatorning ideallashtirilgan elementi sig‘im elementi deyiladi. S proporsionallik koeffitsiyenti sig‘im deyiladi va Farada [F] o‘lchov birligiga ega. 7-rasmda chiziqli (a), nochiziqli (b) sig‘imning belgilanishi hamda q=C·u bog‘lanishlar keltirilgan.
6-rasm 7-rasm



Yüklə 202,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin