Elektr zanjirlarini hisoblash usullari



Yüklə 1,66 Mb.
tarix25.12.2022
ölçüsü1,66 Mb.
#77832
Elektr zanjirlarini hisoblash usullari


TATU QARSHI FILIALI TT VA KT
FAKULTETI AX 11-20 GURUX TALABASI
TURSUNOV AXMADJONNING MUSTAQIL ISHI


ELEKTR ZANJIRLARINI HISOBLASH USULLARI
Reja:



  1. Kirish

  2. Kirxgof qonunlarini bevosita qo'llash usuli

  3. Kontur toklari usuli

  4. Tugun potentsiallari usuli

1. Elektr zanjirlarini hisoblashdagi asosiy vazifa tokning zanjir tarmoqlarida shunday taqsimlanganligini aniqlashdir. Bu vazifa elektr zanjiri uchun asosiy bo’lgan Om va Kirxgof qonunlaridan foydalanib hal etiladi. Murakkab elektr zanjirlarining ishlashini tahlil qilish va hisoblash uchun Kirxgofning ikkala qonuniga asoslangan bir nechta usullar ishlab kiritilgan. Ammo aniq sharoitda berilgan elektr zanjir sxemasidagi elementlarning joylashishiga (konfiguratsiyasi) ko'ra va masalada qo'yilgan sharoitlarga binoan uni qaysi usul bilan yechish samarali bo'lsa, o'sha usuldan foydalanish tavsiya etiladi. Quyida elektr zanjirlarini hisoblashning amalda keng tarqalgan usullari bilan tanishib chiqamiz.


2. Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlaridan foydalanib, har qanday murakkablikdagi tarmoqlangan elektr zanjiri uchun kerakli tenglamalarni tuzgandan so'ng ularni birgalikda yechib, zarur kattaliklarni (toklarni) aniqlash mumkin. Berilgan elektr zanjiri uchun Kirxgof qonunlariga asoslanib tenglamalar tuzishdan avval quyidagi tartib va qoidalarga rioya qilish lozim:



  1. Berilgan elektr zanjiri sxemasini iloji boricha soddalash tirish.

2. Berilgan elektr zanjiri sxemasini mustaqil konturlarga ajratish.
3. Sxemada avvaldan berilgan EYuK kuchlanish va toklarning hamda avvaldan noma'lum bo'lgan toklarning ixtiyoriy shartli musbat yo'nalishini ko'rsatish (tanlash).
4. Sxemadagi har bir berk konturni aylanib chiqishning ixtiyoriy yo'nalishini ko'rsatish (tanlangan yo'nalish bo'yicha tuzilgan tenglamalar o'zaro bog’liq bo'lish).
5. Kirxgofning birinchi qonuni bo'yicha p-1 (p — sxemadagi tugunlar soni) hol uchun toklar tenglamasini tuzish, aks holda oxirgi tugun uchun tuzilgan tenglama avvalgilariga bog'liq bo'lib qoladi.
6. Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko'ra (o'zaro bog'liq bo’lmagan) K (p-1) yetishmovchi tenglamalarni tuzish (K — noma'lum toklar soni).
7 . Kirxgof qonunlari bo'yicha tuzilgan tenglamalar soni sxemadagi tarmoqlar soniga teng bo'lishi kerak. Misol tariqasida rasmda kursatilgan elektr zanjirdagi toklarni aniqlaylik (EYuK va qarshiliklar ma'lum, deb faraz qilamiz). Berilgan boshlang'ich sxemani , soddalashtirgandan so'ng b dagi sxema hosil bo'ladi.

Sxemada avvaldan ma'lum bo'lgan EYuK yo'nalishini va aniqlanishi lozim bulgan toklarning ixtiyoriy musbat yo'nalishini ko'rsatib, Kirxgof qonunlariga ko'ra tenglamalar sistemasini tuzamiz. Tarmoqlar soni uchta bo'lgani uchun tenglamalar soni ham uchta bulishi kerak:

tenglamalar sistemasini yechish natijasida ayrim toklar musbat yoki manfiy ishoraga ega bo'lib qolishi mumkin. Musbat ishoralar toklarning haqiqiy yo'nalishlari to'g'ri belgilanganligini, manfiylari esa toklarning yo'nalishi teskari belgilanganligidan darak beradi.



3. Bu usul murakkab elektr zanjirlarini hisoblashda amalda keng qo'llaniladigan usullardan biri bo'lib, Kirxgofning ikkinchi konuniga binoan tuzilgan tenglamalar bo'yicha tahlil qilinadi. Kontur toklari usuli tugun nuqtalari ko'p bo'lgan murakkab elektr zanjirlarni hisoblashda samarali bo'lib, u yordamida tenglamalar sistemasi tuzilganda, Kirxgofning birinchi qonuni bo'yicha tuziladigan tenglamalardan farqli o'laroq, umumiy yechiladigan tenglamalarning soni avvalgi usulga qaraganda bittaga kamayadi.



Mazkur usul yordamida murakkab elektr zanjirining sxemasi rasmda hisoblanganda uni avval mustaqil (1; 2; 3) konturlarga ajratib, har bir konturda ixtiyoriy yo'nalishga ega bulgan kontur toklari oqib o'tayapti, deb faraz qilinadi. Kontur toklarining yo'nalishini, iloji boricha, EYuKlar yo'nalishiga mos qilib olgan ma'qul. Agar kontur toklarining qiymatlari aniqlansa, ular orqali barcha tarmoqlardagi toklarning haqiqiy qiymatlarini aniqlash mumkin
Kontur toklari absolyut qiymat jihatdan mustaqil tarmoqlardagi toklarga teng bo'lishi kerak. Agar mustaqil tarmoqdagi tokning yo'nalishi (ixtiyoriy olingan) kontur tokining yo'nalishi bilan mos bo'lsa, mustaqil tarmoqdagi tok ishoraga, mos bo'lmasa manfiy ishoraga ega bo'ladi. Sxemada nechta mustaqil kontur bo'lsa, o'shancha tenglama tuzish kerak. Shunday qilib, ko'rilayotgan sxema uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan kuyidagi tenglamalar sistemasini tuzamiz

Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:

tenglamalar sistemasini umumiy holda quyidagicha yozamiz:

Bu yerda: E{, En, — tegishli konturlardagi EYuKlarning algebraik yiginaisi; R1, R2, R3 tegishli yondosh konturlar orasidagi yondosh tarmoqlar qarshiliklarining yig'indisi yoki konturlarning o'zaro qarshiliklari

4. Agar zanjirdagi berilgan EYuK (tok) manbalari va qarshiliklari bo'yicha zanjirning tarmoqlaridagi toklar va barcha tugunlari orasidagi kuchlanishlar pasayishini aniqlash mumkin bo'lsa, bunday zanjirni tahlil qilish mumkin, deb hisoblanadi. Agar ixtiyoriy murakkab elektr zanjirdagi ( t + 1) tugunlardan bittasini ajratib olib, uning potentsiali nolga tenglashtirilsa ( Ф0 = 0), u holda qolgan barcha tugunlarning potentsiali ana shu tugunga nisbatan aniqlanadi:



Unda Q va S tugunlari orasiga joylashgan q-5 tarmoqning qismalaridagi potentsiallar ayirmasi s-q buladi. f1,f2,f3 . . . ft tugunlarning potentsiallari ma'lum bulsa. ular orasidagi ayirma har doim shu tarzda aniqlanadi. So'ngra Kirxgofning birinchi qonuniga binoan zanjirning t ta muvozanat tenglamasi tuziladi. Tenglamadagi tegishli tarmoqlarning toklarini shu tarmoq o'tkazuvchanligining uning elementlari kuchlanishning pasayishiga ko'paytmasi tarzida ifodalaymiz.



a, b va v tugunlarning potentsiallarini tegishlicha fa = f,, fv = 2 va fv =0 orqali belgilab, butun zanjirning toklari uchun kuyidagi tenglamalarni tuzamiz:






Agar bu EYuK manbai bo'lsa, u holda /A ga barcha EYuK larning mazkur EYuKlar ulangan tarmoqlar o'tkazuvchanliklariga ko'paytmasining algebraik yig'indisi kiradi. Eq Gq xosil qilgan tok tugunga qarab yo'nalsa, mazkur ko'paytmaning ishorasi musbat va aksincha yo'nalsa, manfiy buladi. Toklar manbai mavjud bo'lganda l h yig'indining qiymati tarmoqning o'tkazuvchanligiga bog'liq bo'lmaydi (agar A-t^gunga nisbatan yo'nalishini hisobga olganda EYuK ham, tok manbai ham S tugunga tegishli bo'lmasa, unda Ig = 0 bo'ladi).
XULOSA:
Men ushbu mustaqil ish bajarish mobaynida o’zimga kerakli ko’pgina bilimlarga ega bo’ldim. Mening mavzuyim ELEKTR ZANJIRLARINI HISOBLASH USULLARI mavzusi edi. Men mustaqil ishimda elektr zanjirlarni hisoblash usullari, shular haqida umumiy malumotlarni keltirib o’tdim. O’zim ham ushbu mavzuga doir malumotlarni bilib oldim kelajak hayotda shunga duch kelsam bemalol ushbu mavzu haqida o’zimni fikrimni bera olaman .


Foydalanilgan adabiyotlar:
1-elektronika X.K. ARIPOV, A.M. ABDULLAYEV, N.B. ALIMOVA, X.X. BUSTANOV, Y.V. OBYEDKOV, SH.T. TOSHMATOV
2-www.ziyonet.uz
Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin