1.1 Oltinning fizik – kimyoviy xossalari
Nodir metallar – oltin va kumush metallar ichida alohida xususiyatlarga ega bo‘lib, narx ekvivalenti sifatida baholanib keladi. Hozirgi vaqtda kumush katalizator, tok manbalarida, radio va elektron texnikada, elektrometallurgiyada elektrod sifatida ishlatib kelinmoqda. Oltin esa aniq priborsozlikda, radio elektronika va himoyalovchi dekorativ qoplamalar sifatida ishlatiladi [5,6].
Tabiatda oltin asosan sof holda uchraydi. Kumush esa kimyoviy birikmalar minerallar (sulfid, xlorid) holida uchraydi.
Oltin birinchi navbatda oltin konlaridan olinadi, ikkinchidan rangli metallar mis, qo‘rg‘oshin va rux metallari bilan birga olinadi.
Kumush ham mis, qo‘rg‘oshin, rux ishlab chiqarishda shlamlardan va qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishda rux ko‘piklaridan olinadi.
Oltin va kumush (yombi) asosan bu metallarni elektrolitik ajratib, mis elektrolitik rafinlashda chiqadigan aralashmalardan olinadi.
Oltin va kumush elektrolizdan oldin olovli rafinatsiya qilinadi, chunki bir qancha aralashmalar ajralib ketadi.
Bu oldindan eritib tozalash affinaj deb ataladi. Oldindan tozalangan suyuqlik anodga qo‘yilib elektrolizga yuboriladi. Tarkibida oltin va kumushni miqdoriga qarab yo oltin yo kumush ajratiladi.
Agar kumush anoddagi oltin probasi 300 dan oshib ketmasa kumush elektroliz qilinadi (1000 proba 100%).
Agar oltin anoddagi kumush miqdori 200 probadan kam bo‘lsa, oltin elektroliz qilinadi. Amalda ikkinchi metall miqdori har doim past bo‘lishga intiladi. Qaysi rudadan nima olinishi ruda tarkibi miqdoriy analiz qilinib, so‘ngra xulosaga kelinadi.
Oltin yumshoq egiluvchan, bukiluvchan va tez bog‘lanadigan metall, juda yuqori kimyoviy barqarorligi bilan ajralib turadi. Kislotalar, ishqorlar, vodorod sulfid va boshqa oltingugurtli birikmalar unga ta’sir etmaydi. Havoda oltin oksidlanmaydi va qaytarilmaydi. U “poshsho arog‘i” va xrom ionli birikmalarda eriydi [7].
Dunyo bo‘yicha bir yilda 22000 t oltin ishlab chiqariladi. Birinchi o‘rinda JAR (9522 t), ikkinchi o‘rinda AQSH (329 t) turadi. Eng chuqur oltin koni AQShning Blek–Xils konidir, 1988 yilda oltin ishlab chiqarish eng yuqori nuqtasiga yetdi, asosiylari Nevada shtatida joylashgan. Oltin asosan ekstraksiya yo‘li bilan olinadi. Nevada shtatidagi rudada 0,9 g/t. Juda oz tarqoq tarqalgan.
Oltin amaliyotda korroziyaga uchramaydi. Hozirgacha olingan oltinning 90% quyma, tanga, zargarlik buyumlari, san’at asarlari sifatida ishlatiladi. Har yili oltin ishlab chiqarish dunyo bo‘yicha 2% oshib bormoqda.
Zichligi – 19,32 sm3; Atom og‘irligi – 197,20;
III valentli oltinning standart potensiali
(1.1) (1.2)
Elektrokimyoviy ekvivalenti 2,45 ва 7,3572/(А.ч)
Solishtirma elektr qarshiligi 2,25*10-8 Om*m.
Oltinli qoplamalar asosan buyumlarni korroziya (yemirilish)dan saqlash maqsadida laboratoriya jihozlari, tiibbiyot uskuna va jihozlarini hamda elektron texnika sohalarida va zargarlik ishlab chiqarish sanoatida va maxsus maqsadlar uchun keng qo‘llaniladi. Au li qoplamalar qalinligi zargarlik buyumlari uchun 0,25 dan 3 mkm va boshqa maqsadlar uchun 3 dan 6 mkm qalinlikda qoplanadi (1-jadval). Au qoplamalar mis bilan birga olib boriladi qotishma holda.
Oltinli qoplamalar katodli usul bilan amalga oshiriladi va asosiy metallni korroziyadan himoya qilish uchun ular amaliy jihatdan g‘ovaksiz bo‘lishi shart. Qoplama g‘ovakligi asosiy metall xarakteri va qoplash qalinligiga bog‘liqdir.
Shuning uchun Au li qoplamalarni amalga oshirishda oltin (golovka) qayta ishlov beriladi, asosiy metallga Au yengil zichlanadi va yaltiroq metall ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Bu qoplamalarning kamchiligi ularning juda past qattiqlikka va tez yeyilishiga ega ekanligidir. Bu xossalarni yaxshilash uchun har – xil metallar qo‘shiladi, xususan Co va Ni metallari.Quyidagi 1-jadvalda oltinli qoplamalar qalinligini qo‘llash sharoitiga bog‘liqligi keltirilgan.
1-jadval
Oltinli qoplamalar qalinligini qo‘llash sharoitiga bog‘liqligi, mkm
Qoplash maqsadi
|
Shartli belgi
|
Qoplama qalinligi shartli ekspluatatsiya sharoiti hisobga olingan holda
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |