Katodda bir nechta elementlarning (odatda ikki yoki uch) ionlarini birgalikda chiqarilishi va yon jarayonlarning paydo bo'lishi (masalan, ajratilgan metallning elektrolitda erishi) bilan ham, oqib chiqishi bilan ham bog'liqdir. Hisoblangan va aslida olingan cho'kindi miqdori o'rtasidagi nomuvofiqlik darajasini baholash uchun oqim samaradorligi deb nomlangan ko'rsatkich ishlatiladi, va % larda belgilanadi.
8.2 Elektroliz qonunlari
8.2 Elektroliz qonunlari
Faradeyning I qonuni. Elektroliz vaqtida elektroddan ajralib chiqqan moddaning massasi eritmadan o’tgan elektr toki miqdoriga hamda vaqtiga to’g’ri proporsionaldir. Ya’ni, anodda erigan yoki katodda ajralgan moddaning massasi tok kuchiga hamda bajarilish vaqtiga to’g’ri proporsionaldir.
Bu jarayonda elektr miqdori tok kuchi va uning o’tish vaqtiga teng bo’lib, Kulonlarda o’lchanadi, (1 (K)=1 (A)1 (s)). Masalan, 3 soat maboynida o’tgan tok 10 (A) bo’lib, katodda 32,8 g nikel ajralgan bo’lsa,
shuningdek, 2 soat maboynida 15 (A) tok o’tganda yoki 1 soat maboynida 30 (A) tok o’tganda ham xuddi shunday miqdorda nikel ajraladi.
shuningdek, 2 soat maboynida 15 (A) tok o’tganda yoki 1 soat maboynida 30 (A) tok o’tganda ham xuddi shunday miqdorda nikel ajraladi.
Faradeyning II qonuni. Agar bir nechta ketma-ket ulangan elektrolitlar orqali bir xil miqdorda elektr toki o’tkazilsa erigan modda yoki ajralib chiqqan massa miqdori o’sha moddaning kimyoviy ekvivalentiga proporsionaldir.
Kimyoviy ekvivalent moddaning molekulyar massasi yoki elementning atom massasiga teng. Masalan, ikki valentli qalay 59,35, ikki valantli temir 27,92.
Bunda qalay va temir eritmasidan o’tgan elektr miqdori 1 (A•s) bo’lganda katodda ajralgan qalay massasi temir massasidan ~ 2,1 marta katta bo’ladi.
Bunda qalay va temir eritmasidan o’tgan elektr miqdori 1 (A•s) bo’lganda katodda ajralgan qalay massasi temir massasidan ~ 2,1 marta katta bo’ladi.
Elektroliz vaqtida har qanday moddadan bir mol-ekvivalent ajratish uchun elektrolit orqali 26,8 amper•soat elektr miqdori yoki F=96500 kulon toki o’tishi kerak. Bu son Faradey soni (F) deyiladi.