Elektroliz. Suyuqlanma va eritma elektrolizi. Elektrolizning amaliy ahamiyati



Yüklə 128,74 Kb.
səhifə2/2
tarix28.03.2023
ölçüsü128,74 Kb.
#90732
1   2
Elektroliz. Suyuqlanma va eritma elektrolizi. Elektrolizning ama

Faradeyning I qonuni. Elektroliz vaqtida elektrodda ajralib chiqadigan moddaning massasi eritmadan o‘tgan elektr miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.

  • Faradeyning II qonuni. Agar bir necha ketma-ket ulangan elektrolit eritmalari orqali bir xil miqdorda elektr toki o‘tkazilsa elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massalari o‘sha moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga proporsional bo‘ladi.

    Elektroliz vaqtida elektrodlarda 1 ekvivalent modda ajralib chiqishi uchun elektrolit eritmasidan 96484,56 ≈ 96500 Kulon elektr miqdori o‘tishi kerak. Bu son Faradey soni (F) deyiladi.
    Faradey qonunlaridan
    yoki
    ifoda kelib chiqadi.
    Bunda, m - moddaning massasi (g), E - moddaning ekvivalent massasi (g/ekv); I - tok kuchi (A); Q - elektr miqdori (Kl); τ – vaqt (s); F - Faradey soni; F  96500 Kl. Agar vaqt soatlarda o‘lchansa, F = 26,8 A·soat.
    Misol. CuCl2 eritmasidan tok kuchi 0,5 A ga teng bo‘lgan elektr toki 30 min davomida o‘tkazilganda katodda hosil bo‘ladigan modda massasini aniqlang.
    Yechish: CuCl2 eritmasi elektroliz qilinganda katodda Cu2+ kationlari qaytariladi va anodda Cl- anionlari oksidlanadi. Katodda ajralib chiqqan Cu metallining massasini quyidagi formula asosida aniqlanadi:

    ECu = 32,5 g/ekv; I = 0,5 A; τ = 30 min = 30·60 = 1800 sek; F = 96500:

    Javob: elektroliz jarayonida katodda 0,3 g Cu metalli ajralib chiqadi.
    Elektroliz metallurgiya, kimyo sanoati va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Metallarni ularning birikmalaridan ajratib olish, metall buyumlarni korroziyadan saqlashda, metall sirtiga korroziyabardosh metall qoplash kabi ishlarda elektrolizdan foydalaniladi.
    Yüklə 128,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin