Elektroliz. Suyuqlanma va eritma elektrolizi. Elektrolizning ama
Faradeyning I qonuni. Elektroliz vaqtida elektrodda ajralib chiqadigan moddaning massasi eritmadan o‘tgan elektr miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
Faradeyning II qonuni. Agar bir necha ketma-ket ulangan elektrolit eritmalari orqali bir xil miqdorda elektr toki o‘tkazilsa elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massalari o‘sha moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga proporsional bo‘ladi.
Elektroliz vaqtida elektrodlarda 1 ekvivalent modda ajralib chiqishi uchun elektrolit eritmasidan 96484,56 ≈ 96500 Kulon elektr miqdori o‘tishi kerak. Bu son Faradey soni (F) deyiladi.
Faradey qonunlaridan
yoki
ifoda kelib chiqadi.
Bunda, m - moddaning massasi (g), E - moddaning ekvivalent massasi (g/ekv); I - tok kuchi (A); Q - elektr miqdori (Kl); τ – vaqt (s); F - Faradey soni; F 96500 Kl. Agar vaqt soatlarda o‘lchansa, F = 26,8 A·soat.
Misol. CuCl2 eritmasidan tok kuchi 0,5 A ga teng bo‘lgan elektr toki 30 min davomida o‘tkazilganda katodda hosil bo‘ladigan modda massasini aniqlang.
Yechish: CuCl2 eritmasi elektroliz qilinganda katodda Cu2+ kationlari qaytariladi va anodda Cl- anionlari oksidlanadi. Katodda ajralib chiqqan Cu metallining massasini quyidagi formula asosida aniqlanadi:
ECu = 32,5 g/ekv; I = 0,5 A; τ = 30 min = 30·60 = 1800 sek; F = 96500:
Javob: elektroliz jarayonida katodda 0,3 g Cu metalli ajralib chiqadi.
Elektroliz metallurgiya, kimyo sanoati va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Metallarni ularning birikmalaridan ajratib olish, metall buyumlarni korroziyadan saqlashda, metall sirtiga korroziyabardosh metall qoplash kabi ishlarda elektrolizdan foydalaniladi.