Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi



Yüklə 157,98 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü157,98 Kb.
#133677
Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta


3.2. Elektromagnit maydonning insonga ta'siri
Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma’lum yuzasida to‘planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq bo‘ladi. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’sir ko‘rsatishining asosiy sababi inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta’sirida musbat va manfiy qutblarga bo‘lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo‘nalishga qarab harakatlana boshlaydi.
Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O‘zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o‘zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o‘tkazuvchi toklar hosil bo‘lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo‘ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo‘lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko‘rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o‘zgarishi hisobiga bo‘ladi.
O‘zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit momentlari yo‘nalishlarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta’sir ko‘rsatish jihatidan kuchsiz bo‘lsada, lekin organizm uchun befarq deb bo‘lmaydi.
Maydonning kuchlanishi qancha ko‘p bo‘lib uning ta’sir davri davomli bo‘lsa, organizmga ko‘rsatuvchi ta’siri shuncha ko‘p bo‘ladi.
Tebranish chastotasining ortishi tana o‘tkazuvchanligi va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bo‘lgan to‘lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to‘g’ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.
Organizmda hosil bo‘lgan ortiqcha issiqlik ma’lum chegaragacha inson organizmining tyermoregulyasiyasi hisobiga yo‘qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma’lum miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm2), inson organizmda hosil bo‘layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo‘lmay qoladi va tana harorati ko‘tariladi, bu esa o‘z navbatida organizmga katta zarar etkazadi.
Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga syerob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar, o‘pka, jigar va h.k). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va tyermoregulyasiya ta’siri kam bo‘lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga ko‘z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm qilish organlari, o‘t va siydik xaltalari kiradi. Ko‘zning nurlanishi ko‘z korachig’ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko‘z qorachig’ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin paydo bo‘ladi.
Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan dielektrik moddiy sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik ob’ekt sifatida ham ta’sir ko‘rsatadi. Ular to‘g’ridan-to‘g’ri markaziy nyerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi, hujayralarning yo‘nalishini o‘zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo‘nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Qon tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va minyeral moddalar almashinivuni o‘zgartiradi. Ammo bu o‘zgarishlar funksional xaraktyerda bo‘lib, nurlanish ta’siri to‘xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og’riq sezgilari yo‘qoladi.
Elektromagnit maydonini normalash va undan himoyalanish. Respublikamizda yo‘lga qo‘yilgan nurlanishning ruxsat etilgan darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. SHuning uchun organizm uzoq vaqt nurlanish ta’sirida bo‘lgan taqdirda ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligi mumkin.
SN 848-70 bo‘yicha ko‘zda tutilgan «yuqori, o‘ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha ruxsat etilgan norma va chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo‘yicha 100 kGs-30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligikerak. Magnit tarkibi bo‘yicha esa 100 kGs- 1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo‘lishikerak.
SVCH 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2 , ish kunining 2 soatidan ortiq bo‘lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk V/sm2 dan oshmasligikerak. Bunda albatta muhofaza ko‘zoynagi taqilishikerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/sm2 dan oshmasligikerak.
SVCH diapazonida kasbi nurlanish bilan bog’lanmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mk Vt/sm2 dan oshmasligikerak.
Yuqorida keltirib o‘tilgan formulalarni tahlil qilish, elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqrok joylashtirish va elektromagnit maydonlari oqimlarini yo‘naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani o‘zgartirish, genyeratorning nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va kamaytiruvchi ekranlar o‘rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi elektromagnit maydonlaridan muhofazalashning asosiy vositalari hisoblanadi.
Oraliqni uzaytirish yo‘li bilan yerishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektromagnit maydonlaridan tashqarida bo‘lgan ishchilar va shuningdek, nurlanuvchi qurilmalarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda foydalanish mumkin.
Bu usuldan foydalanish imkoniyati ish bajarilayotgan xona etarlicha kattalikda bo‘lgandagina muvaffaqiyatli chiqadi.
Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish genyeratorini, kuchsizroq nurlanish genyeratori bilan almashtirishdir. Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish zarur.
Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bo‘lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni antenyuatorlarni qo‘llash, genyeratordan nurlanish tarqayotgan qurilmagacha bo‘lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo‘qotishi yoki kamaytirishi mumkin.
B
unday energiya yutuvchi qurilmalarning energiya ta’sirida qizishini hisobga olib, ularda sovutish yuzalari hosil qilinadi (qovurg’asimon yuzalar. 3.2-rasm a,b, c) shuningdek suv oqimlari harakatidan foydalaniladi.
a b c
3.2.-rasm. Nurlanishni yutuvchi moslamalar
Nurlanishni yutuvchi moslamalar: a-suv oqimi yordamida sovutish; b, s-qovurg’asimon yuzalar yordamida sovutish.
Koaksil va to‘lqin qaytaruvchi va yutuvchi qurilmalarni muvofiqlashtirish maqsadida ular qiyshiq yuzali, ponasimon va pog’onali shuningdek, dielektrik shaybalar sifatida bajarilishi mumkin.
Nurlanish quvvatini kamaytirish maqsadida ishlatiladigan attenyuatorlar doimiy va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Doimiy attenyuatorlar elektromagnit to‘lqinlarini yutish koeffisienti katta bo‘lgan materiallardan ishlanadi.
Bu attenyuatorlarning pichoqlari va plastinkalari dielektrik moddiydan tayyorlanadi va ustki qavati yupqa metall plastinka bilan qoplanadi. Ular elektromagnit kuchi chiziqli maydoniga parallel ravishda o‘rnatiladi. Attenyuatorlarning so‘ndirish kuchi pichoqni to‘lqin o‘tkazgichga chuqurroq botirish yoki plastinkalarni bir-biriga yaqinlashtirish yo‘li bilan oshiriladi yoki kamaytiriladi.
Nurlanish yutuvchi qurilmalardan va attenyuatorlardan to‘g’ri foydalanish elektromagnit energiyasini tashqi muhitga tarqalishini ko‘proq miqdorda kamayishini ta’minlaydi va nur kuchlanish oqimi 10 mk Vt/sm2 dan bo‘lmagan miqdorini taminlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Elektromagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usullaridan biri-ekranlar usulidir. Ekranni to‘g’ridan-to‘g’ri elektromagnit to‘lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o‘rnatish mumkin. Nur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan materiallardan yasaladi. Ekranlarning muhofazalash xususiyati, elektromagnit maydoni ta’sirida ekran yuzasida Fuko tokining hosil bo‘lishiga asoslangan. O‘z navbatida Fuko toki elektromagnit maydoniga qarama-qarshi zaryadga ega bo‘lgan zaryad hosil qiladi.
Natijada ikqila maydonning qo‘shilishi kuzatiladi va ikkala maydondan uncha katta kuchga ega bo‘lmagan maydon qoladi.
Ekran yuzasida bo‘lgan yo‘qotilgan energiya va ma’lum miqdordagi nurlanishni yo‘qotish mumkin bo‘lgan ekran qalinligini hisoblash mumkin. Ekrandan o‘tib kelayotgan nur oqimi quvvati va zichligini Ro va Io bilan, ekransiz nur oqimi quvvati va zichligini R va I bilan belgilaymiz.
Bunda kuchsizlangan nurlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi:
L=101g =101g , (1.)
Ekranning mustahkamligiga asoslanib, ular yaxshi elektr o‘tkazuvchan, qalinligi 0,5 mm dan kam bo‘lmagan yaxlit materiallardan tayyorlanadi. Kuzatish uchun va texnologiya nuqtai nazaridan qoldirilgan ochiq joylar yacheykasi 4x4 mm dan kam bo‘lmagan metall to‘r bilan to‘silishikerak. Ekran albatta yyerga ulanishi zarur. To‘r va ekran elementlari o‘zaro yaxshi payvandlangan bo‘lishikerak. CHunki elektr o‘tkazuvchanlikning pasayishi ekran effektining keskin kamayishiga olib keladi.
Ekran bilan elektromagnit maydonining kuchsizlanish darajasi shartli ravishda elektromagnit to‘lqinlarining ekran materialiga kirib borishi chuqurligi ekran qalinligidan kamroq bo‘lishi bilan belgilanadi.
Magnit maydonining ekranga kirib borish chuqurligi d bo‘lganda, undagi kuchsizlanish e=2,718 marta bo‘lsa, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(2.)
Bunda: -ekran moddiyining mutloq magnit qarshiligi g/m; -ekran moddiyining solishtirma o‘tkazuvchanligi, Sm/m; f-chastota, Gs.
Bunda ekranni muhofazalanish samaradorligi quyidagi tengsizlikni qanoatlantirishkerak:
E>jd/ , (3.)
Bunda: d-ekran moddiyining qalinligi, mm; , , f-qancha katta bo‘lsa, maydonning ekran qalinligiga kirib borish chuqurligi shuncha kam bo‘ladi; bu esa ekranni yupkalashtirish imkonini beradi.
Odatda yuqori va o‘rta yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlarining kirib borish chuqurligi juda kichkina (mm dan ancha kichkina), shuning uchun bunday ekranlarni tanlash konstruksiya nuqtai nazaridan karaladi.
Yüklə 157,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin