Elektron biznesda marketing tadqiqotlari. Reja: Internet orqali birlamchi ma`lumot olish usullari


Internet orqali iste`molchilarni o`rganish



Yüklə 73,66 Kb.
səhifə3/7
tarix12.10.2022
ölçüsü73,66 Kb.
#64959
1   2   3   4   5   6   7
Elektron biznesda marketing tadqiqotlari

2.Internet orqali iste`molchilarni o`rganish.
Internetda iste`molchilarni o`rganish usullar quyidagilar:
1. Web – server tashrifchilari so`rovnomasi. Boshqa har qanday muhitdan farqli Internet saytingiiz tashrifchilari harakatlarini kuzatib borishga imkon beradi: qaysi sahifalariga «kirishdi», qaysilarida «ushlanib qolishdi», qaysilaridan «ketib qolishdi» va boshqalar. Bunday tahlil asosida sayt tashrifchilarning afzalliklari va xush ko`rishlari to`g`risida xulosalar chiqarish o`z marketing taktikasi va strategiyasining e`tiborini korrekstiyalash mumkin.
Firma Web–serveriga yaxshi tashrif buyuriladigan bo`lsa, server tashrifchilariga unda joylashtirilgan so`rovnomani to`ldirishni taklif etish mumkin. So`rovnoma to`ldirilish ba`zi bo`lsa ham, kuch sarflashni talab etsa ham, uni to`ldirish uchun bir necha daqiqa sarflashga server tashrifchisini undash uchun etarlicha motivastiya zarur. Web-server hali tez-tez tashrif buyurilmaydigan yoki mavjud bo`lmaganda ham internetda so`rovnoma o`tkazish mumkin. Qiziqtiruvchi maqsadli auditoriyali Web-serveri bo`lgan firmada so`rov o`tkazishni buyurtma berish mumkin.
2. Qaytishi yaxshilangan ko`rsatkichli so`rov. Bu so`rov turi so`rovnoma to`ldirilishi shart bo`lgan serverlarda qo`llanishi mumkin. (masalan, foydalanuvchilar pullik xizmatlarni olishlari uchun qayd etishda). Bu holda qo`shimcha savollar ko`p bo`lishi istalmagan hol, biroq bir-ikkita band bilan chegaralanishda bunday usul so`rovnomalar qaytishi yuqori foizi tufayli ancha samarali. Shuningdek, bunday serverlarning ma`lumotlar bazasida to`plangan ikkilamchi ma`lumotdan ham foydalanish mumkin.
3. Teleanjumanlarda so`rovlar o`tkazilishi. Teleanjumandan foydalanib so`rovlar o`tkazish uchun quyidagi qadamlarni bajarish kerak: qiziqtiruvchi auditoriyali teleanjumanni tigish; ma`lum vaqt ulardagi baxslarni ko`zatish; muhokamalarda faol ishtirok etish; javoblar olish zarur bo`lgan savollarni teleanjumanga joylashtirish. Kompaniya web-serveridagi so`rovnomani teleanjumanlarda ishtirok bilan qo`yish mumkin. Birinchidan, teleanjumanda ishtirok Internet hamjamiyatidagi mashhurlikka ko`maklashishi mumkin va so`rovnomalar web-serverda istalib to`ldiriladigan bo`ladi. Ikkinchidan, teleanjumanda tayanch savollar bilan birga web-serverida joylashtirilgan to`liq so`rovnomaga yuborilishni joylashtirish mumkin.
Umuman Internet orqali iste`molchilarni o`rganishni Internet orqali talab etiluvchi respondentga erishish ehtimoli o`sha respondentga boshqa usul bilan erishishi ehtimoliga teng bo`lgan holda o`tkazish kerak. Ba`zi omillar va maxsus ishlab chiqilgan qayta o`lchash usulikasini hisobga olgan holda maqsadli guruh orasida internet yoyilishi 30 % dan oshsa, internet o`rganishlar o`tkazish to`g`risida gapirish mumkin.
Izlanish ob`ekti internetda bo`lib, uning ajralmas qismi bo`lsa, on-layn izlanishni o`tkazish o`rinli bo`ladi. Boshqa izlanish o`tkazish usuli, masalan, web-sayt auditoriyasi to`g`risida bunchalik to`g`ri natijalar bermaydi.
Respondent tarmoq orqali erilishi osonroq bo`lsa, internet-izlanish qo`llanadi. Faoliyati kompyuter texnologiyalari bilan bog`liq bo`lsa, internet orqali so`rov, boshqasiga qaraganda istiqbollirok bo`lishi mumkin. Iste`molchilarni o`rganishdagi katta muammo – respondent anonimligidir. Fokus guruhda aynan kim ishtirok etishni aniqlash imkoniyati deyarli yo`q. Respondent raqobatchi guruhdan eksportlar guruhi emasligida o`rganuvchida kafolat yo`q.
An`anaviy fokus –guruhdagidek hamma mavzular ham muhokama etilib bo`lmasligidek, Internet fokus-guruhda ham ba`zi mavzular o`rinsiz yoki zerikarli bo`lishi mumkin.
Foydalanuvchilarning internetda so`rovnomalar to`ldirishga qiziqishlarni oshirish uchun mukofotlash yoki to`lov kabi an`anaviy vositalar bemalol qo`llanish mumkin. Masalan, so`rovnomalar to`ldirilish uchun mijoz hisobiga bonuslar berish, raqamli kuponlar va boshqa amaliyoti qo`llanadi. Marketing izlanishlarning bir turi firmalarda o`z web-serverlari, bo`lganda uning ishlash samaradorligini baholash va uning rivojlanishi va takomillashivu yo`llarini topish uchun ular tomonidan o`tkaziluvchi izlanishlardir. Bu holda qo`llanuvchi usullarni yuqorida qayd etilgan usullar (so`rovnoma, so`rovlar o`tkazilishi)dan foydalanish bilan server tashrifchilarining bevosita so`roviga vk server log-fayllaridan, foydalanuvchilar so`rovlaridan, ularning harakatlaridan, web-serverlar bo`ylab navigastiyasi tarzidan yoki web – server tashriflari statistikasidan olinuvchi ma`lumotlardan foydalanuvchi usullarga bo`linadi. Server tashriflari statistikasini tahlil imkoniyatlari marketingning samarali vositalaridan biridir. So`rovlar o`tkazilishdan farqli statistiqk tahlili tashrifchilarni faol harakatlarga jalb etmay qimmatli ma`lumotlar to`plashga imkon beradi.
Iste`molchilarning marketing o`rganishlarini o`tkazishda Internetdan foydalanish asosiy afzalliklari orasida quyidagilarni qayd etish lozim:
1) tezlik hamkorlikka tayyor respondentlarning zarur miqdoriga yo`l bo`lishida o`rganishlarning o`tkazilishi bir necha kunni egallaydi, xolos. Intervyuga vaqt ichida Internet-respondent uning telefonli hamkasbiga qaraganda o`rtacha 31 % savolga ko`proq javob beradi.
2) qulaylik. Respondentning o`zi ishlanishlarida qachon ishtirok etishni hal etadi, bu javoblar sifatini oshiradi.
3) ochiqlik. Onlayn fokus –guruhida jismonan turli shaharlar, xududlar va hatto mamlakatlarda bo`lgan respondentlar ishtirok etish mumkin.
4) vizual materiallardan foydalanish on-layn so`rovlarini o`tkazishda respondentlarga turli rag`batlantiruvchi materiallarni ko`rsatish mumkin. Bu faqat ma`lumotlar o`zatilishi tezligiga ta`sir etuvchi aloqa yo`llari sifati bilangina chegaralangan.
5) so`rovnomada murakkab mantiqiy o`tishlardan foydalanish mantiqiy xatolar sonini kamaytiradi va olinuvchi ma`lumot sifatiga inson olisligining ta`sirini kamaytiradi;
6) respondentlar ochiq ko`ngilligi Ameralik, izlanuvchilar tajribasining ko`rsatishicha, respondentlar Internet orqali ancha darajada to`g`ri javob berishlarini ko`rsatadi.Intervyuchi shaxsi ularga ta`sir ko`rsatmaydi. Shaxsan yoki telefon intervyusida respondentlar ijtimoiy to`g`ri javoblarni afzal ko`radilar va ancha yuqori baho qo`yadilar.
7) natijalar ishlanishi sifatida va tezligi.Transkriptlar (baj stenogrammalari )avtomatik tarzda tayyorlanadi, bu natijalarni ishlash vaqtini ancha tejaydi va sub`ektiv xatolar sonini kamaytiradi.



Yüklə 73,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin