Elеktron hujjat va uni joriy qilish istiqbollari


Elektron kitobning strukturasi



Yüklə 81,91 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü81,91 Kb.
#180777
1   2   3   4
Elеktron hujjat va uni joriy qilish istiqbollari

Elektron kitobning strukturasi. Elektron darslikning bahosi uning mavzularida berilayotgan ma'lumotlarning mazmunini boyitishga bog‘liq. Elektron darslik bo‘yicha berilayotgan materiallarni quyidagi uch ko‘rinishda amalga oshirish mumkin:
• matn ko‘rinishida bayon qilish. Bu yerda qog‘ozdagi darslikdan farqli ravishda rasmlar, grafiklar, jadvallar. Ya'ni ularning animatsiya ko‘rinishidagi elementlari qatnashishi mumkin;
• elektron darslikning strukturasini tushunib olishga imkoniyat yaratadigan vositalar orqali;
• o‘quv materiallarini savollar ko‘rinishida ifoda etish va ular asosida o‘z bilimini nazorat qilish vositalari bazasida;
• elektron darslik (ED) ning strukturasi quyidagi elementlarni o‘z ichida ifoda etishi lozim;
• muqova;
• mundarija;
• qisqacha annotatsiyasi;
• ED ning "to‘liq bayoni";
• ED ning qisqacha bayoni (masalan, sxema ko‘rinishida);
• asosiy adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati;
• bilimni nazorat qilish mexanizmi;
• matn fragmenti bo‘yicha izlash amalini bajarish;
• mualliflar ro‘yxati va ular haqida ma'lumot;
• atamalar ro‘yxati;
• ED bilan ishlash uchun ma'lumotlar tizimi.
ED ning muqovasi imkoniyat darajasida chiroyli bo‘lishi kerak. Buning uchun uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan boyitish maqsadga muvofiq. ED ning muqovasida darslikning nomi, yuqori tashkilot haqida ma'lumot (masalan, vazirlik), mualliflik huquqi, yaratilgan vaqti, ED ni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflari haqida qisqacha ma'lumot. Bu ma'lumotlarni ma'lum bir qismi (mualliflar haqida ma'lumot, ED ni yaratgan tashkilot, mualliflik huquqi) kabilar maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi.
Zamonaviy elektron qo‘llanmalardan biri bo‘lgan elektron darslik multimediali mahsulot bo‘lib, mustaqil ta'lim va mustaqil ishlarni bajarishda o‘qitishni samarali tashkil etish va tinglovchilarning ijodiy fikrlash doirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday darsliklardan uzluksiz o‘qitish rejimida foydalanish tinglovchilar bilimi sifatini oshirishga yordam beradi.
Biror-bir fan bo‘yicha elektron qo‘llanma yaratilyotganda kursning ajratilgan qismi amaliy (mashqlar) va nazorat (test savollari) mashg‘uloti, kursning katta bo‘limi esa testli mashg‘ulot va sinov bilan tugashi lozim. Elektron qo‘llanmadan o‘quv jarayonida foydalanilganda quyidagi afzalliklarga ega bo‘linadi:
• tanlangan fan yoki kurs bo‘yicha bayon etilayotgan axborotlar to‘plami yaxshi strukturaga ega bo‘lib, tugallangan fragmentlarni tasvirlaydi;
• o‘quv kursining strukturali elementi gipermatnli, ko‘rgazmalilik, audio va videoizohli yoki videoko‘rgazmali kalitli mavzulardan tashkil topadi va malakali o‘qituvchi yoki ma'ruzachi o‘qilayotgan fandagi o‘z fikrlarini bildiradi hamda oddiy darslikda o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan fikrlarni izoxlaydi;
• gipermediali grafikadan foydalanib, darslikka tegishli murakkab model va ko‘rgazmalarni tushunarli va sodda shaklda tasvirlash imkoniyatidan foydalanadi;
• elektron qo‘llanma ko‘p oynali interfeysga ega bo‘lib, har bir oynada o‘zaro bog‘langan axborotlar joylashtiriladi;
• darslikda matnli qism ko‘p sonli kesishgan gipermatnli bog‘lanishga ega bo‘lib, zarur axborotni izlash vaqtini qisqartiradi va qo‘shimcha videoaxborot yoki animatsiyali kliplardan kursning matnli qismlarini bayon etish mushkul bo‘lgan bo‘limlarini ifodalashda to‘liq foydalaniladi;
• elektron qo‘llanmada foydalanuvchi tomonidan amallarning to‘g‘ri bajarilishi, yordam olish jarayoni ovozli signallar bilan, axborotni boshqa ko‘rinishlarini esa multimediali vositalarning imkoniyatlaridan foydalaniladi;
• axborotning sifati, ishonchliligi va uning strukturasiga talab oshadi;
• elektron qo‘llanma yordamida kurs ishlari va referatlarini tayyorlash imkoniyati mavjud bo‘lib, bunda zamonaviy kompyuter va pedagogik texnologiyani birlashtirib yangi ko‘rinish va sifatdagi qo‘llanmalarni yaratish mumkin.
Elektron darslik yordamida yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:
• qisqa vaqt oralig‘ida amaliy teskari aloqani ta'minlay olish va zarur axborotni tez topishga yordam berish;
• gipermatnli tushuntirishda ko‘p marotabali murojaat etish orqali vaqtni tejash;
• matnni tasvirlashda multimediali texnologiyaning ko‘rgazmalilik va yetarlilik prinsipini namoyon bo‘lishi;
• konkret foydalanuvchiga mos keluvchi tezlikda aniq biror bo‘lim bo‘yicha bilimni tekshirish va bajarish imkoniyati;
• zarur o‘quv axborotini muntazam ravishda yangilab turish.
Elektron darslik - kompyuterli o‘quv uslubini qo‘llash va fanga oid o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishiga asoslangan o‘quv adabiyoti bo‘lib, tinglovchilarning mustaqil bilim olishlari, hamda masofali o‘qitishni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunda elektron darsliklarning 2 ta toifasi mavjud bo‘lib, ulardan foydalanishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
• yangi axborot - ta'lim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot- pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo‘llash orqali ta'lim jarayonining samaradorligini, sifati va unumdorligini oshirish;
• uzluksiz ta'lim tizimida zamonaviy o‘quv manbalari - elektron o‘quv darsliklarini keng qo‘llash, ularning ma'lum ma'noda kutubxonalarni tashkil etish, ta'limning masofadan o‘qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o‘quv tizimiga kirish.

Yüklə 81,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin