10-mavzu. Elektron hukumat asoslari Nazariy qism Bugungi kunda "elektron hukumat" tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat, bu – fuqaro, biznes vakillari, davlat organlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.
Umuman olganda, elektron hukumat, bu – raqamli texnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosidadavlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvniichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokinidoimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlatorganlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorliginioshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan(tizimlardan) iborat:
G2G(Government to Government) — Hukumat –hukumatga
"Elektron hukumat"ning yakuniy maqsadi interaktiv xizmatlarini taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodirbo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.
"Elektron hukumat" joriy etilgach, davlatorganlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlari xizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolargataqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardan foydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznes vakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilish imkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlatxizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklar taqdim etiladi.