O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Shermatov OAV vakillariga Elektron hukumat tushunchasi, uning mazmun mohiyati, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumot berdi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda Korea Respublikasi ekspertlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganiga to‘xtaldi.

Qo‘mitaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Umarov mavzu bo‘yicha batafsil ma'ruza qildi. Ma'ruzachi Elektron hukumat tizimining ustuvor vazifalari haqida to‘xtalar ekan, davlat data-markazini, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali hamda davlat organlari axborot tizimi majmuasini tashkil etish kabi masalalar ustida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 iyulidan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali ishga tushiriladi.

Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 2013 yil 18 yanvardagi Hukumat majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhimligini qayd etib o‘tgandi.