Elektron hukumat
Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib,
tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib
turadigan
hukumat.
Kommunikatsiya
tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish,
uni uzatish va tarqatishni
elektron
vositalari asosida davlat
boshqaruvini tashkil qilishni,
davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga
elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat
organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“
tushunchasi
1990-yillarning
boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi.
Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda
AQSh
va
Angliya
, hamda
Italiya
,
Norvegiya
,
Singapur
,
Avstraliya
va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya,
Germaniya, Katar, BAA va
h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat-
aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham
elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan.
Jahon tajribasiga mavjud
amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan,
Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot
tizimining ichki
infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat
korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi
infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro
ishlashini
taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
Havolalar
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Elektron_hukumat&oldid=283
8302
"
dan olindi