Elektron o‘quv materiallar bazasining tuzilmasi va tarkibi, ta’limiy



Yüklə 11,67 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü11,67 Kb.
#172747
Elektron o\'quv Materiallar Bazasining tuzilmasi va tarkibi Ta\'limiy


Elektron o'quv Materiallar Bazasining tuzilmasi va tarkibi. Ta'limiy Internet resurslari va ulardan o'quv jarayonida foydalanish
Reja


  1. O‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini va o‘quv muassasasi tashkiliy- boshqaruv tizimini avtomatlashtirish va uning istiqbollari,


  2. Elektron o‘quv materiallar bazasining tuzilmasi va tarkibi, ta’limiy

  3. Internet resurslar va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish, elektron o‘quv-metodik materiallar majmuasi, uning tuzilmasi va tarkibi.

. O‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo’lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hakozolardir.


Elektron o’quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo’yilgan talablar. Keyingi paytlarda darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishga yangicha yondashuvlar paydo bo’lmoqda. Bu borada elektron o’quv adabiyotlarini yaratish o’zining ijobiy pedagogik samaralarini bermoqda. Bunda elektron kitoblar (multimedia kitoblar, yarim media kitoblar, gipremedia kitoblar, intellektual kitoblar, telemedia kitoblar, kibernetik kitoblar), elektron nashr, elektron ta’lim resurslari, elektron uslubiy qo’llanma, elektron forumlar, elektron shakldagi o’quv – uslubiy materiallar, elektron o’quv nashri va shu kabilarning ahamiyati beqiyos. Quyida ular tavsiflarini keltiramiz.
Elektron darslik – bu an’anaviy darslikdan farqli o’laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animasiyalar, gipermurojaatlardan o’rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o’zlashtirilishiga mo’ljallangan adabiyot. Shuningdek, u muayyan fanning o’quv hajmini to’liq qamragan va masofaviy o’qitish hamda mustaqil o’rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, bo’lib, unda materiallar (o’quv va ilmiy materiallar faqat virtual (matn) shaklida, o’quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida) multimedia elementlari, ya’ni ma’lumot ikki – uch o’lchamli grafik ko’rinishida, video, animasiya va qisman virtual (matn) shaklida, obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini ifodalaydigan shaklda yaratiladi. Elektron o‘quv materiallar bazasining tuzilmasi va tarkibi, ta’limiy Internet 
resurslari va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish, elektron o‘quv-metodik materiallar 
majmuasi, uning tuzilmasi va tarkibi. 
Elektron shaklidagi o„quv-uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o„quv 
qo„llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig„imdagi audiovizual materiallar, 
interfaol o„quv kurslari, ko„mpyuterda hisoblash tajribasini o„tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test 
sinovlarini o„tkazish bo„yicha tizimlar. 
Elektron axborot-ta‟lim resursi (EATR) – o„rganish va ta‟lim berish uchun qulay tarzda 
shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta‟lim olish darajasidagi o„quvchi va 
o„qituvchilarga mo„ljallangan, ma‟lum bir fanni o„rganish uchun mantiqiy ketma- ketlikda 
shakllantirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir. 
Elektron axborot ta‟lim resursi tashkiliy elementlarining tavsifi ijodkorlik (kreativ-mualliflik) 
muhitidir. Taklif etilayotgan elektron axborot ta‟lim resurslari ta‟lim oluvchilarga o„rganilayotgan 
obyekt ustida ijodiy izlanish olib borishga, uni o„zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi o„zaro 
bog„liqliklarni tizimli o„rganishga yordam beradi. Mazkur muhit ta‟lim beruvchi va ta‟lim 
oluvchilarga jamoa bo„lib ishlash imkoniyatini yaratadi Elektron axborot ta‟lim resursi o„quv 
jarayoniga moslashuvchan bo„ladi. Passiv holatda bu qo„shimcha o„quv materiali hajmining ko„pligida 
namoyon bo„ladi. Shu bilan birga resurs taklif etayotgan materialni ko„chirish, uni qayta ishlash, 
olingan material bazasida yangi o„quv materialini tayyorlash imkonini beruvchi vositalar to„plami. 
Elektron axborot ta‟lim resursining asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar: 
1. 
Fan bo‘yicha ma’ruza matni yoki nazariy materiallar to‘plami. Umumta‟lim 
maktablari uchun joriy etilgan darslikning elektron nusxasi. 
2. 
Mashq va masalalar to‘plami. Ta‟lim berishda qo„yilgan birlamchi talablarni 
bajarish uchun mashq va masalalar to„plami. Masalalar to„plami elektron variantda faqat sidirg„a matn 
ko„rinishida emas, balki uni yechish uchun tuzilgan maxsus amaliy dasturlardan foydalaniladi. Asosiy 
mezon sifatida nazariy jihatdan yoritilgan o„quv materiallar bilan bevosita bog„liq masala yechimi yoki 
tahlili qaraladi. 
3. 
Test. Darslikda berilgan mavzular kesimida test WEB formatda yaratiladi. Mavzuni 
o„rganish tugashi bilan bilimlarni sinab ko„rish imkoniyati mavjud. Tashqi ko„rinishidan elektron 
nazorat dasturining eng sodda va birlamchi varianti. Bundan tashqari o„rganilgan kurs materialini 
o„zlashtirish darajasini tahlil etish uchun savollar ombori bilan ishlash, to„g„ri-noto„g„ri javoblar 
tahlilini qila oladigan, ya‟ni mavzuni o„zlashtirishdagi muammolarni aniqlash imkoniyati realizasiya 
qilingan test dasturi ham resurs bazasiga kiritiladi. 
4. 
So‘rovnoma. Mazkur blokda fanni o„rganish uchun terminologik lug„at 
joylashtiriladi. Shu bilan birga fanni to„ldiruvchi, o„rganiladigan kurs doirasidagi qo„shimcha 
ma‟lumotlarni aks ettiruvchi ensiklopedik materiallar joylashtiriladi. Resursning asosiy tashkil 
etuvchilaridan biri hisoblanadi. Boshlang„ich holatda ensiklopediya ta‟lim standartlari tomonidan talab 
etilgan axborot hajmidan ko„proq axborot berish imkoniyatini beradi. 
5. 
Dars mavzusini to‘ldiruvchi qo‘shimcha materiallar. Mazkur blok (menyu)da 
darslik mazmunini to„ldiruvchi interaktiv animasion dasturlar, rasmlar kompozisiyasi, matn 
ko„rinishidagi qo„shimcha materiallar joylashtiriladi. 
6. 
Didaktik materiallar, fan bo„yicha taklif etilayotgan resurs mazmunini namoyish 
etuvchi plakatlar, ko„rgazma qurollari va fanni o„rganish uchun yaratilgan chiziqli animasion roliklar. 
Yüklə 11,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin