Elektron raqamli imzo to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining javobgarligi



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə4/7
tarix23.05.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#120556
1   2   3   4   5   6   7
Abdulaxad

11-modda. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining javobgarligi
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanilishi tufayli yetkazilgan zarar uchun tegishli elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi oldida javobgar bo‘ladi.
12-modda. Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi bo‘lishi mumkin.
Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga murojaat etishga, shuningdek elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan hollar haqida elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga xabar qilishga haqli.
Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhofaza qilinishini ta’minlashi kerak.
13-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjatdan iborat bo‘ladi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qog‘oz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
agar elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi yuridik shaxsning vakili bo‘lsa, shu yuridik shaxsning nomi;
uning tartib raqami va amal qilish muddati;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti;
elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanishda yordam berishi mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo vositalarining nomi;
mazkur sertifikatni bergan ro‘yxatga olish markazining nomi va joylashgan manzili;
elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari reyestrining elektron manzili.
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi tashabbusi bilan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin