4.3. p–n o‘tishning volt – amper xarakteristikasi (VAX).
4.3. p–n o‘tishning volt – amper xarakteristikasi (VAX).
p-n o‘tish tokining unga berilayotgan kuchlanishga bog‘liqligi I=f(U) volt–amper xarakteristika (VAX) deyiladi. (4.2) va (4.5) lar asosida umumiy holda eksponensial bog‘liqlik yordamida ifodalanadi (4 a - rasm).
Agar p-n o‘tishga to‘g‘ri kuchlanish berilgan bo‘lsa, U0 kuchlanish ishorasi – musbat, teskari kuchlanish berilgan bo‘lsa esa - manfiy bo‘ladi. UTUG≥0,1 V bo‘lsa eksponensial songa nisbatan birni hisobga olmasa ham bo‘ladi va kuchlanish ortishi bilan tok ham eksponensial ortib boradi.
Teskari kuchlanish berilganda esa -0,2 V kuchlanish qiymatida tok I0 qiymatiga yetib keladi va keyinchalik kuchlanish qiymati o‘zgarmaydi. I0 kattaligi shu sababli teskari ulangan p-n o‘tishning to‘yinish toki deb ham ataladi.

4 – rasm. Diodning VAX
Teskari tok to‘g‘ri tokka nisbatan bir necha darajaga kichik, ya’ni p-n o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda tokni yaxshi o‘tkazadi, teskari yo‘nalishda esa yomon. Demak, p-n o‘tish to‘g‘rilovchi harakat bilan xarakterlanadi va uni o‘zgaruvchi tokni to‘g‘rilashda qo‘llashga imkon beradi.

Eksponensial tashkil etuvchi temperatura ortishi bilan kamayishiga qaramay VAX to‘g‘ri shaxobchasidagi qiyalik ortadi (4 b-rasm). Bu hodisa I0ni temperaturaga kuchli to‘g‘ri bog‘liqligi bilan tushuntiriladi. To‘g‘ri kuchlanish berilganda temperatura ortishi bilan tok ortishiga olib keladi. Amaliyotda p-n o‘tish VAXga temperaturaning bog‘liqligi kuchlanishning temperatura koeffisienti (KTK) deb ataladigan kattalik bilan baholanadi. KTKni aniqlash uchun temperaturani o‘zgartirib borib, o‘zgarmas tokdagi p-n o‘tish kuchlanishini o‘zgarishi o‘lchab boriladi. Odatda KTK manfiy ishoraga ega, ya’ni temperatura ortishi bilan o‘tishdagi kuchlanish kamayadi. Kremniydan yasalgan p-n o‘tish uchun KTK 3 mV/grad darajani tashkil etadi.