Elektron ta’lim resurslarini
yaratish texnologiyalari
Ma’ruza - 24 saat
Amaliy – 24 saat
ETR ning nazariy asoslari
1-maruza
Zamonaviy o’quv electron nashrlarni tahlil
etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib,
kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi.
Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi
asosida ham o’quv, ham electron hamda
dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining
umumiy metodlari yotadi:
O’quv nashrlari quyidagi turlarga
bo’linadi:
•
•
•
•
•
o’quv jarayonidagi ahamiyati va o’rnini
belgilovchi funksional xususiyatiga ko’ra;
maqsadiga ko’ra;
taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko’ra;
matnning tashkil etilishiga ko’ra;
ifoda etilish shakliga ko’ra .
Elektron nashrlar quyidago turlarga
bo’linadi:
•
•
•
•
•
•
•
bosma ekvivalentining mavjudligiga ko’ra;
asosiy axborot tabiatiga ko’ra;
maqsadiga ko’ra;
tarqatilish texnologoyasiga ko’ra;
elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi
muloqot xarakteriga ko’ra;
davriyligiga ko’ra;
strukturasiga ko’ra .
O’quv nashrlarining to’rt xil turdagi
modeli mavjud bo’lib, bularga:
•
•
•
•
Dasturiy-uslubiy (o’quv rejasi va dasturlari);
O’quv-uslbiy (uslubiy ko’rsatmalar,
yo’riqnomalar);
O’qituvchi (darsliklar,o’quv qo’llanmalari,
ma’ruza matnlari);
Yordamchi (praktikumlar,masala va
mashqlar to’plamlari).
Shu bilan birga bu guruxga nazorat qiluvchi
elektron o’quv nashrlari bo’lmish - test
dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish
mumkin. Tuzilishiga ko’ra electron nashrlar
bir tomli (bitta axborot tashuvchida
joylashtirilgan) va ko’p tomli (har bittasi
alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan
nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil
elektron nashrlar) Shunigdek bir xil formatda
chiqariluvchi bir necha tomlarning
majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham
mavjud.
Materialni bayon etish shakliga ko’ra elektron
o’quv nashrlar konveksion(ta’limning axborot
berish funksiyasi), dasturiy(dasturlash vositalari
yordamida yaratilgan), muammoli(muammoli
o’qitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy
fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal(sanab
o’tilgan modellarning alohida elementlarini
saqlovchi) turlarga bo’linadi. Maqsadiga ko’ra
elektron o’quv nashrlar beshta asosiy guruxga
bo’linadi: maktab o’quvchilari uchun, bakalavrlar
uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun,
boshqalar uchun.
Bosma ekvivalentining mavjudligiga
qarab ikki guruxga bo’linadi:
•
•
bosma o’quv nashrning elektron analogi –
mos o’quv bosma nashrning electron
nusxasi;
mustaqil elektron o’quv nashr – bosma
ekvivalentga ega bo’lmagan o’quv nashr;
Asosiy axborot tabiatiga ko’ra elektr
on nashrlar quyidagi turlarga
bo’linadi:
•
•
•
•
•
matnli (belgili) – asosan matnli ma’lumotni
saqlaydi;
tasviriy electron nashr – asosan grafik
tasvirlardan iborat ma’lumotlarni saqlaydi;
ovozli elektron nashr – ovozli axborotlarning
raqamli ifodasini saqlaydi;
dasturiy mahsulot – mustaqil bajariluvchi kod;
multimediyali electron nashr- turli tabiatdagi
axborotning o’zaro bog’langan majmuasi
Nazariy materialni organishni tashkil
etishda :
•
•
•
Videoma’ruza. Ma’ruza videokamera yordamida yozib olinadi.
Ushbu ma’ruza turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror
eshtish mumkinlgi va qiyin joylariga to’xtab ketish
imkoniyatining mavjudligidir.
Multimedia ma’ruza. Mustaqil ta’lim uchun o’rgatuvchi
interaktiv dasturlar yaratilishi mumkin.Bunday o’quv
qo’llanmalaridan foydalanishda har bir o’quvchi o’zi uchun
qulay bo’lgan o’rganish traektoriyasini, optimal o’rganish
tempini va usulini tanlashi mumkin. O’zlashtirish ko’rsatkichi
ko’p jihatdan nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham ko’tarilishi
mumkin.
An’anaviy nashrlar: elektron ma’ruza matnlari, tayanch
konspektlar, nazariy materialni o’rganish bo’yicha uslubiy
qo’llanmalar va hokazo.
Amaliy mashg’ulot – nazariy bilimlarni
manbalarni muhokama qilish va amaliy
masalalarni echish orqali mustahkamlashga
qaratilgan o’quv jarayonining tashkil etilish
shaklidir. Amaliy mashg’lotlarda
foydalaniluvchi electron o’quv nashrlari
o’rganuvchiga mavzu bo’yicha , mashg’ulotni
o’tkazish tartibi va maqsdi to’g’risida
ma’lumot berishi, bilimlarni nazorat qilishi,
kerakli nazariy material va amaliy
ko’rsatmalarni taqdim etishi, o’rganuvchilar
bilimini baholashi kerak.
Zamonaviy o’quv multimedia kursi –
video va audio materiallar bilan
boyitilgan matnli interaktiv materialgina
bo’lmay, undagi o’quv materiallari turli
shakl va turli axborot tashuvchilarda
joylashtirilishi kerak.Multimedia kurs
ta’lim oluvchiga illyustrativ, ma’lumotli,
trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari
yordamida kompleks ta’sir o’tkazish
vositasi hisoblanadi.
Multimedia kursiga quyidagilar kiradi:
•
•
•
•
•
•
elektron darslik;
electron ma’lumotnoma;
trenajerli majmua;
misol va masalalar to’plami;
electron laboratoriya praktikumi;
kompyuterli test tizimi.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim
to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida
fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar
o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi
hamda har kimning bilim olishdek
konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga
qaratilganligi ta’kidlandi.
2012-yildan boshlab O‘zbekiston
Respublikasi barcha OTM o‘rtasida yagona
videokonferensiya ta’lim texnologiyasi
amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada
elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va
istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar
amalga oshirilmoqda.
•
•
Elektron va masofaviy texnologiyalar —
ta’limning axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir.
Elektron ta’lim (E-Learning) — avval
«Elektron ta’lim» atamasi kompyuter
yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq
axborot texnologiyalari rivoji bilan bu
tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi
kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim
texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni
shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va
asinxron turlarga bo‘lish mumkin.
• Sinxron elektron ta’lim —
masofaviy ta’lim
hisoblanadi, lekin bu real vaqtda amalga
oshiriladigan ta’limdir.
U oddiy kunduzgi
ta’limga o‘xshaydi, farqi shundaki,
ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada
bo‘ladi. Kundan-kunga keng tarqalib
borayotgan vebinarlar mazkur ta’lim
shaklining eng yorqin ko‘rinishidir.
Ma’ruzalarni tashkillashtirishda maxsus
dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi.
• Asinxron elektron ta’lim —
bu talaba
barcha kerakli ma’lumotni onlayn-
manbalardan yoki elektron axborot tashish
vositalari (CD, DVD yoki flash-kartalar)dan
olishi va materialni o‘zlashtirish sur’ati va
jadvalini o‘zi mustaqil tashkil etishdir.
Asinxron elektron ta’lim tizimiga barcha
turdagi CD-kurslar va elektron o‘qitish
kurslari kiradi.
• Masofaviy ta’lim texnologiyalari —
masofaviy ta’lim bu E-Learningga
qaraganda kengroq tushunchadir, u
interfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab-
quvvatlashning intensiv maslahat sintezi
hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim
masofaviy ta’limning bir bo‘lagi
hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv
materialini o‘quvchilarga yetkazib berish
va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi
orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi.
Bunda qo‘llanmalarni yetkazib berish
kompyuter va Internetsiz ham amalga
•
Masofaviy ta’limning afzalliklari
Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda
o‘qitishning juda ko‘p ijobiy tomonlari mavjud.
Yashash joyidan turib, o‘qish imkoniyati — chekka
qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga
borib, universitetga kirib-o‘qish imkoniyati har doim
ham bo‘lavermaydi. Masofaviy ta’lim
texnologiyalari ularga o‘z shahridan ketmasdan
turib, o‘qish imkoniyatini yaratib beradi.
•
•
O‘qish va ishni birga qo‘shib
olib borish — o‘quvchilar
ishdan ajralmagan holda
ta’lim olish imkoniga ega
bo‘ladilar, bu, ayniqsa,
malaka oshirish yoki ikkinchi
oliy ma’lumot oluvchilarga
juda qo‘l keladi.
Sifatli texnologiyalar va o‘quv
mazmunini egallash — talaba
sifatli o‘quv materiallari
yordamida o‘qitilishi,
o‘qituvchi bilan muloqat
qilishi va o‘z individual o‘quv
rejasini tuzishi mumkin.
•
•
Baholashning xolisligi —
masofaviy ta’lim
texnologiyalari bilim
sifatining doimiy nazorati,
natijalarning baholanishi,
inson omilidan xoli bo‘lgan
xolis avtomatlashtirilgan
baholash joylarda moddiy
manfaatdorlikni yo‘qotishni
ko‘zda tutadi.
Ta’limda individual
yondashuv — o‘zgaruvchan
grafik, ish va o‘qishni birga
qo‘shib olib borish.
Muammolar
•
•
•
•
•
Respublikamiz uzluksiz ta`lim tizimida zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish, elektron o’quv adabiyotlarini
yaratish, ulardan ta`lim tizimida, xususan masofali ta`limda
foydalanish pedagogik muammo sifatida ilmiy tahlilga muhtoj.
Ta`lim sifatini ta`minlashda axborot texnologiyalarining
imkoniyatlarini aniqlashtirish lozim.
Oliy ta`lim muasssalarida axborot kommunikaciya
texnologiyalaridan foydalanish chora-tadbirlari me`yoriy hujjat
tarzida ishlab chiqilishi zarur.
Masofali ta`lim va unda elektron darsliklardan foydalanishning
pedagogik imkoniyatlari ilmiy tahlilga muhtoj.
Oliy ta`lim tizimi uchun elektron darsliklar yaratish va ulardan
masofali ta`limda foydalanish mexanizmi yaratilishi lozim.
Asosiy maqsad va vazifalar
•
•
zamonaviy axborot-kommunikaciya
texnologiyalarini ta`lim tizimiga joriy qilish
mexanizmini ishlab chiqish;
o’qitish jarayonining axborotlashgan
tizimini yaratish, uni zamonaviy
texnologiyalar asosida boshqarish
sistemasini tashkil etish.
Asosiy maqsad va vazifalar
•
•
•
•
•
Ta`lim tizimiga ilǵor pedagogik va axborot
texnologiyalarini tatbiq etish, ta`lim muassasalarining
moddiy texnik bazasini holatini tanqidiy baholash va
takomillashtirishdagi
asosiy vazifalar
quyidagilardan
iborat:
yangi axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq
etish uchun lozim moddiy-texnika bazasini yaratish;
o’quv jaraёni uchun yangi axborotlashgan ta`lim
texnologiyalarini yaratish va qo’llash;
talabalarni zamonaviy axborot va kommunikaciya
texnologiyalari sohasida bilim va ko’nikmalarini
shakllantirish;
ta`lim tarbiya va o’qitish jarayonining samaradorligini
oshirish.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini
joriy etishdagi qiyinchiliklar
•
•
•
•
ta`limni axborotlashtirishga pedagogik
jamoalarning etarli tayyor emasligi;
kompyuter o’rgatuvchi dasturlarning
imkoniyatlari haqida tasavvurlarning ozligi,
ularni qo’llash bo’yicha metodik
ishlanmalarning kamligi;
kompyuter texnologiyalari vositalarining
qimmatligi;
ta`limda axborot texnologiyalari bo’yicha
mutaxassislarning etishmasligi.
Zamonaviy axborot
texnologiyalarining rivojlanayotgan
yo’nalishlari
• Ta`lim tizimida axborot texnologiyalarining
jadal sur`atlar bilan joriy etilishi
zamonaviy texnologiyalarning qo’llanish
sohalarini kengaytiradi. Ayni paytda
ta`limda zamonaviy axborot
texnologiyalarini rivojlanayotgan
yo’nalishlarini alohida ta`kidlash mumkin.
Ular:
1.
2.
3.
O’quv maqsadlaridagi dasturiy vositalarning
imkoniyatlarini o’qitish vositasi, o’rganish
ob`ekti va axborotlarni qayta ishlash vositasi
sifatida joriy etish.
O’quv-metodik majmualar yaratishda, o’quv-
namoyish asboblari va kompyuter vositalari
imkoniyatlarining integraciyasi.
Multimedia tizimlarini yaratishda, kompyuterlar
va audio-video axborotlarni uzatish vositalari
imkoniyatlarining integraciyasiga erishish.
4.
5.
Sun`iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan
intellektual o’qitish tizimlarini yaratishda
foydalanish. Bunday o’qitish tizimlari mustaqil
bilim olish jaraёnini tashkil etish, mustaqil
ravishda bilimlarni o’zlashtirish, o’quv faoliyatini
intellektuallashtirishni rivojlantirishga zamin
yaratadi. Bular barchasi o’quvchi shaxsini
rivojlantirish jaraёnini jadallashtiradi.
Global va lokal kompyuter tarmoqlari orqali
axborot almashinuvini ta`minlovchi
telekommunikaciya vositalaridan foydalanish.
•
6.
Telekommunikaciya aloqasi (sinxron,
asinxron) qisqa vaqtda ilǵor pedagogik
texnologiyalarning tarqalishiga,
o’quvchining umumiy rivojlanishiga ёrdam
beradi.
Axborot almashuvining yangi
texnologiyasi – bu real vaqt rejimida
stereoskopik tasavvur tizimi, ya`ni
«Virtual haqiqiylik» hisoblanadi.
Ta`limni axborotlashtirish, birinchi
navbatda quyidagilarni nazarda
tutadi:
•
•
•
•
- kompyuter texnikasi, axborot va kommunikaciya
texnologiyalarning zamonaviy vositalarini tizimli
o’rganish, tashkil etish va foydalanishni;
- talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish,
o’quv va metodik ta`minlashni;
- o’qituvchilar tomonidan zaruriy o’quv-metodik
ta`minotni yaratish bo’yicha ishlarni;
- axborot texnologiyalarini samarali
qo’llanilishidan vujudga kelaёtgan yangi
imkoniyatlarni hisobga olgan holda o’quv jaraёnini
takomillashtirishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |