Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnologiyalari



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#42241


Elektron ta’lim resurslarini

yaratish texnologiyalari

Ma’ruza   - 24 saat

Amaliy – 24 saat




ETR ning nazariy asoslari

1-maruza



Zamonaviy o’quv electron nashrlarni tahlil

etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib,

kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi.

Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi

asosida ham o’quv, ham electron hamda

dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining

umumiy metodlari yotadi:



O’quv nashrlari quyidagi turlarga

bo’linadi:





o’quv jarayonidagi ahamiyati va o’rnini



belgilovchi funksional xususiyatiga ko’ra;

maqsadiga ko’ra;

taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko’ra;

matnning tashkil etilishiga ko’ra;

ifoda etilish shakliga ko’ra .



Elektron nashrlar quyidago turlarga

bo’linadi:







bosma ekvivalentining mavjudligiga ko’ra;

asosiy axborot tabiatiga ko’ra;

maqsadiga ko’ra;

tarqatilish texnologoyasiga ko’ra;

elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi

muloqot xarakteriga ko’ra;

davriyligiga ko’ra;

strukturasiga ko’ra .



O’quv nashrlarining to’rt xil turdagi

modeli mavjud bo’lib, bularga:





Dasturiy-uslubiy (o’quv rejasi va dasturlari);

O’quv-uslbiy (uslubiy ko’rsatmalar,

yo’riqnomalar);

O’qituvchi (darsliklar,o’quv qo’llanmalari,

ma’ruza matnlari);

Yordamchi (praktikumlar,masala va

mashqlar to’plamlari).

 



Shu bilan birga bu guruxga nazorat qiluvchi

elektron o’quv nashrlari bo’lmish -   test

dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish

mumkin. Tuzilishiga ko’ra electron nashrlar

bir tomli (bitta axborot tashuvchida

joylashtirilgan) va ko’p tomli (har bittasi

alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan

nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil

elektron nashrlar) Shunigdek bir xil formatda

chiqariluvchi bir necha tomlarning

majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham

mavjud.



Materialni bayon etish shakliga ko’ra elektron

o’quv nashrlar konveksion(ta’limning axborot

berish funksiyasi), dasturiy(dasturlash vositalari

yordamida yaratilgan), muammoli(muammoli

o’qitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy

fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal(sanab

o’tilgan modellarning alohida elementlarini

saqlovchi) turlarga bo’linadi. Maqsadiga ko’ra

elektron  o’quv nashrlar beshta asosiy guruxga

bo’linadi: maktab o’quvchilari uchun, bakalavrlar

uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun,

boshqalar uchun.




Bosma ekvivalentining mavjudligiga 

qarab ikki guruxga bo’linadi:



bosma o’quv nashrning elektron analogi –



mos o’quv bosma nashrning electron

nusxasi;


mustaqil elektron o’quv nashr – bosma

ekvivalentga ega bo’lmagan o’quv nashr;  




Asosiy axborot tabiatiga ko’ra elektr

on nashrlar quyidagi turlarga

bo’linadi:





matnli (belgili) –  asosan matnli ma’lumotni

saqlaydi;

tasviriy electron nashr – asosan grafik

tasvirlardan iborat ma’lumotlarni saqlaydi;

ovozli elektron nashr – ovozli axborotlarning

raqamli ifodasini saqlaydi;

dasturiy mahsulot – mustaqil bajariluvchi kod;

multimediyali electron nashr- turli tabiatdagi

axborotning o’zaro bog’langan majmuasi



Nazariy materialni organishni tashkil

etishda :





Videoma’ruza. Ma’ruza videokamera yordamida yozib olinadi.

Ushbu ma’ruza turining  yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror

eshtish mumkinlgi va qiyin joylariga to’xtab ketish

imkoniyatining mavjudligidir.

Multimedia ma’ruza. Mustaqil ta’lim uchun o’rgatuvchi

interaktiv dasturlar yaratilishi mumkin.Bunday o’quv

qo’llanmalaridan foydalanishda  har bir o’quvchi o’zi uchun

qulay bo’lgan o’rganish traektoriyasini, optimal o’rganish

tempini va usulini tanlashi mumkin. O’zlashtirish ko’rsatkichi

ko’p jihatdan nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham ko’tarilishi

mumkin.

An’anaviy nashrlar: elektron ma’ruza matnlari, tayanch

konspektlar, nazariy materialni o’rganish bo’yicha uslubiy

qo’llanmalar va hokazo.




Amaliy mashg’ulot – nazariy bilimlarni

manbalarni muhokama qilish va amaliy

masalalarni echish orqali mustahkamlashga

qaratilgan o’quv jarayonining tashkil etilish

shaklidir. Amaliy mashg’lotlarda

foydalaniluvchi electron o’quv nashrlari

o’rganuvchiga mavzu bo’yicha , mashg’ulotni

o’tkazish tartibi va maqsdi to’g’risida

ma’lumot berishi, bilimlarni nazorat qilishi,

kerakli nazariy material va amaliy

ko’rsatmalarni taqdim etishi, o’rganuvchilar

bilimini baholashi kerak. 




Zamonaviy o’quv multimedia kursi –

video va audio materiallar bilan

boyitilgan matnli interaktiv materialgina

bo’lmay, undagi o’quv materiallari turli

shakl va turli axborot tashuvchilarda

joylashtirilishi kerak.Multimedia kurs

ta’lim oluvchiga illyustrativ, ma’lumotli,

trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari

yordamida kompleks ta’sir o’tkazish

vositasi hisoblanadi.




Multimedia kursiga quyidagilar kiradi:





 

elektron darslik;



electron ma’lumotnoma;

trenajerli majmua;

misol va masalalar to’plami;

electron laboratoriya praktikumi;

kompyuterli test tizimi.



1997-yil 29-avgustda qabul qilingan

O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim

to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida

fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar

o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi

hamda har kimning bilim olishdek

konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga

qaratilganligi ta’kidlandi.




2012-yildan boshlab O‘zbekiston

Respublikasi barcha OTM o‘rtasida yagona

videokonferensiya ta’lim texnologiyasi

amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada

elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va

istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar

amalga oshirilmoqda.




Elektron va masofaviy texnologiyalar —



ta’limning axborot va kommunikatsiya

texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir.

Elektron ta’lim (E-Learning) — avval

«Elektron ta’lim» atamasi kompyuter

yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq

axborot texnologiyalari rivoji bilan bu

tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi

kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim

texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni

shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va

asinxron turlarga bo‘lish mumkin.



• Sinxron elektron ta’lim — 

masofaviy ta’lim

hisoblanadi, lekin bu real vaqtda amalga

oshiriladigan ta’limdir.

 

U oddiy kunduzgi



ta’limga o‘xshaydi, farqi shundaki,

ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada

bo‘ladi. Kundan-kunga keng tarqalib

borayotgan vebinarlar mazkur ta’lim

shaklining eng yorqin ko‘rinishidir.

Ma’ruzalarni tashkillashtirishda maxsus

dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi.



• Asinxron elektron ta’lim — 

bu talaba

barcha kerakli ma’lumotni onlayn-

manbalardan yoki elektron axborot tashish

vositalari (CD, DVD yoki flash-kartalar)dan

olishi va materialni o‘zlashtirish sur’ati va

jadvalini o‘zi mustaqil tashkil etishdir.

Asinxron elektron ta’lim tizimiga barcha

turdagi CD-kurslar va elektron o‘qitish

kurslari kiradi.




• Masofaviy ta’lim texnologiyalari —

masofaviy ta’lim bu E-Learningga

qaraganda kengroq tushunchadir, u

interfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab-

quvvatlashning intensiv maslahat sintezi

hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim

masofaviy ta’limning bir bo‘lagi

hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv

materialini o‘quvchilarga yetkazib berish

va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi

orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi.

Bunda qo‘llanmalarni yetkazib berish

kompyuter va Internetsiz ham amalga



Masofaviy ta’limning afzalliklari

Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda

o‘qitishning juda ko‘p ijobiy tomonlari mavjud.

Yashash joyidan turib, o‘qish imkoniyati — chekka

qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga

borib, universitetga kirib-o‘qish imkoniyati har doim

ham bo‘lavermaydi. Masofaviy ta’lim

texnologiyalari ularga o‘z shahridan ketmasdan

turib, o‘qish imkoniyatini yaratib beradi.




O‘qish va ishni birga qo‘shib



olib borish — o‘quvchilar

ishdan ajralmagan holda

ta’lim olish imkoniga ega

bo‘ladilar, bu, ayniqsa,

malaka oshirish yoki ikkinchi

oliy ma’lumot oluvchilarga

juda qo‘l keladi.

Sifatli texnologiyalar va o‘quv

mazmunini egallash — talaba

sifatli o‘quv materiallari

yordamida o‘qitilishi,

o‘qituvchi bilan muloqat

qilishi va o‘z individual o‘quv

rejasini tuzishi mumkin.




Baholashning xolisligi —



masofaviy ta’lim

texnologiyalari bilim

sifatining doimiy nazorati,

natijalarning baholanishi,

inson omilidan xoli bo‘lgan

xolis avtomatlashtirilgan

baholash joylarda moddiy

manfaatdorlikni yo‘qotishni

ko‘zda tutadi.

Ta’limda individual

yondashuv — o‘zgaruvchan

grafik, ish va o‘qishni birga

qo‘shib olib borish.



Muammolar





Respublikamiz uzluksiz ta`lim tizimida zamonaviy axborot

texnologiyalaridan foydalanish, elektron o’quv adabiyotlarini

yaratish, ulardan ta`lim tizimida, xususan masofali ta`limda

foydalanish pedagogik muammo sifatida  ilmiy tahlilga muhtoj.

Ta`lim sifatini ta`minlashda axborot texnologiyalarining

imkoniyatlarini aniqlashtirish lozim.

Oliy ta`lim muasssalarida axborot kommunikaciya

texnologiyalaridan foydalanish chora-tadbirlari  me`yoriy hujjat

tarzida ishlab chiqilishi zarur.

Masofali ta`lim va unda elektron darsliklardan foydalanishning

pedagogik imkoniyatlari ilmiy tahlilga muhtoj.

Oliy ta`lim tizimi uchun  elektron darsliklar yaratish va ulardan

masofali ta`limda foydalanish mexanizmi yaratilishi lozim.



Asosiy maqsad va vazifalar



zamonaviy axborot-kommunikaciya

texnologiyalarini ta`lim tizimiga joriy qilish

mexanizmini ishlab chiqish;

o’qitish jarayonining axborotlashgan

tizimini yaratish, uni zamonaviy

texnologiyalar asosida boshqarish

sistemasini tashkil etish.



Asosiy maqsad va vazifalar





Ta`lim tizimiga ilǵor pedagogik va axborot

texnologiyalarini tatbiq etish, ta`lim muassasalarining

moddiy texnik bazasini holatini tanqidiy baholash va

takomillashtirishdagi 

asosiy vazifalar

 quyidagilardan

iborat:

yangi axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq

etish uchun lozim moddiy-texnika bazasini yaratish;

o’quv jaraёni uchun yangi axborotlashgan ta`lim

texnologiyalarini yaratish va qo’llash;

talabalarni zamonaviy axborot va kommunikaciya

texnologiyalari sohasida bilim va ko’nikmalarini

shakllantirish;

ta`lim tarbiya va o’qitish jarayonining samaradorligini

oshirish.

 



Zamonaviy axborot texnologiyalarini

joriy etishdagi qiyinchiliklar





ta`limni axborotlashtirishga pedagogik

jamoalarning etarli tayyor emasligi;

 kompyuter o’rgatuvchi dasturlarning

imkoniyatlari haqida tasavvurlarning ozligi,

ularni qo’llash bo’yicha metodik

ishlanmalarning kamligi;

 kompyuter texnologiyalari vositalarining

qimmatligi;

 ta`limda axborot texnologiyalari bo’yicha

mutaxassislarning etishmasligi.



Zamonaviy axborot

texnologiyalarining rivojlanayotgan

yo’nalishlari

• Ta`lim tizimida axborot texnologiyalarining

jadal sur`atlar bilan joriy etilishi

zamonaviy texnologiyalarning qo’llanish

sohalarini kengaytiradi. Ayni paytda

ta`limda zamonaviy axborot

texnologiyalarini rivojlanayotgan

yo’nalishlarini alohida ta`kidlash mumkin.

Ular:

 



1.

2.

3.



O’quv maqsadlaridagi  dasturiy vositalarning

imkoniyatlarini  o’qitish vositasi, o’rganish

ob`ekti va axborotlarni qayta ishlash vositasi

sifatida joriy etish.

O’quv-metodik majmualar yaratishda, o’quv-

namoyish asboblari va kompyuter vositalari

imkoniyatlarining integraciyasi.

Multimedia tizimlarini yaratishda, kompyuterlar

va audio-video axborotlarni uzatish vositalari

imkoniyatlarining integraciyasiga erishish.




4.

5.

Sun`iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan



intellektual o’qitish tizimlarini yaratishda

foydalanish. Bunday o’qitish tizimlari mustaqil

bilim olish jaraёnini tashkil etish, mustaqil

ravishda bilimlarni o’zlashtirish, o’quv faoliyatini

intellektuallashtirishni rivojlantirishga zamin

yaratadi. Bular barchasi o’quvchi shaxsini

rivojlantirish jaraёnini jadallashtiradi.

Global va lokal kompyuter tarmoqlari orqali

axborot almashinuvini ta`minlovchi

telekommunikaciya vositalaridan foydalanish.




6.

Telekommunikaciya aloqasi (sinxron,



asinxron) qisqa vaqtda ilǵor pedagogik

texnologiyalarning tarqalishiga,

o’quvchining umumiy rivojlanishiga ёrdam

beradi.


Axborot almashuvining yangi

texnologiyasi – bu real vaqt rejimida

stereoskopik tasavvur tizimi, ya`ni

«Virtual haqiqiylik» hisoblanadi.

 



Ta`limni axborotlashtirish, birinchi

navbatda quyidagilarni nazarda

tutadi:



- kompyuter texnikasi, axborot va kommunikaciya



texnologiyalarning zamonaviy vositalarini tizimli

o’rganish, tashkil etish va foydalanishni;

- talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish,

o’quv va metodik ta`minlashni;

- o’qituvchilar tomonidan zaruriy o’quv-metodik

ta`minotni yaratish bo’yicha ishlarni;

- axborot texnologiyalarini samarali

qo’llanilishidan vujudga kelaёtgan yangi

imkoniyatlarni hisobga olgan holda o’quv jaraёnini

takomillashtirishni taqozo etadi.




Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin