Elektronika 1


Fotorezistorlarni tayyorlash



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə16/31
tarix16.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#181607
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31

Fotorezistorlarni tayyorlash


Fotorezistorlarn uchun materiallar sifatida turli elementlarning sufidlari, selenidlari va telluridlari keng ishlatiladi, shuningdek AIII Bv tipdagi birlashmalar.


Infraqizil hududida PvS, PvSe, PvTe, InSv asosidagi fotorezistorlarni ishlatish mumkin, yorug‘lik ko‘rinishida va ultrabinafshaga yaqinidagi xududda – CdS.

Fotorezistorlarning qo‘llanishi.


Ohirgi yillarda fotorezistorlar fan va texnikaning ko‘p sohalarida keng qo‘llaniladi. Buni ularni yuqori darajada sezgirligi, oddiy konstruksiyada bo‘lishi, kichik o‘lchamlari va yo‘l qo‘yiladigan katta sochilish quvvatlari bo‘lgani uchun tushuntirsa bo‘ladi. Fotorezistorlarning optoelektronikada ishlatilishi katta qiziqish uyg‘otadi.




Optik nurlashni qayd qilish


Optik nurlashni qayd qilishda uni yorug‘lik energiyaisni odatda elektr signaliga o‘zgartirishadi, so‘ng oddiy usul bilan o‘lchashadi.
Bunday o‘zgartirishda Odatda quyidagi fizik hodisalarni ishlatishadi:
- qattiq jismli foto o‘tkazuvchi detektorlarda harakatlanuvchi tashuvchilarni generatsiyasi;
- nurlashni yutganida termo EYUK ni o‘zgarishiga olib keladigan termojuftlikni haroratini o‘zgarishi;
- foto elektrik effekt natijasida fotosezgirli plenkalardan bo‘sh elektronlarni emissiyasi.
Quyidagi qurilmalar optik detektorlarni eng muhim tiplari hisoblanadi:
- foto ko‘paytirgich;
- yarimo‘tkazuvchanlik fotorezistor;
- fotodiod;
- ko‘kili fotodiod.


Yarim o‘tkazuvchi fotodetektor


Yarimo‘tkazuvchi fotodetektorni sxemasi 30-rasmda keltirilgan.

30-rasm
Yarim o‘tkazuvchi kristall rezistor R bilan va o‘zgarmas kuchlanish V manbai bilan ketma-ket ulangan. Qayd qilinishi kerak bo‘lgan optik to‘lqin, kristallga tushadi va yutiladi, Bunda o‘takzuvchanlik zonasiga elektronlarni qo‘zg‘atadi (yoki r-tipdagi yarim o‘tkazuvchilarda – teshiklarni valentli zonaga). Bunday qo‘zg‘atish yarim o‘tkazuvchi kristallni qarshiligini Rd kamaytirishiga olib keladi, demak qarshilikda R kuchlanishni pasayishini ko‘paytirishga, u Rd / Rd << 1 bo‘lganida tashayotgan oqim zichligiga proporsionaldir. Misol sifatida Eng ko‘p tarqalgan yarim o‘tkazuvchilardan birini, smon atomlari bilan legirlangan – germaniyni energetik darajalarini ko‘rib chiqamiz. Germaniydagi Nd atomlari 0,09эВ ionzatsiyalash energiyasi bilan akseptorlar hisoblanadi. Demak, valentli zonaning yuqori darajasidan elektronni ko‘tarish uchun va Nd (akseptor) atomi uni ushlab olishi uchun eng kamida 0.09эВ energiyali foton kerak bo‘ladi (ya’ni to‘lqin uzunligi 14 mkm qisqaroq foton). Odatda germaniy kristalli soni ko‘p bo‘lmagan donorli Nd atomlarga ega bo‘lib past xaroratlarda o‘zining valentli elektronlarini katta sonli akseptorli Na аtomlarga berish energetik tomonidan qulay. Bunda soni bo‘yicha teng bo‘lgan musbat ionlashgan donorli va manfiy ionlashgan akseptorli atomlar paydo bo‘ladi. Akseptorlarni konsentratsiyasi Na>>Nd bo‘lgani sababli atomlar-akseptorlarni ko‘pchiligi zaryadlanmagan bo‘lib qoladi.


Tushayotgan foton yutiladi va elektronni valetli zonadan atom-akseptor darajasiga o‘tkazadi, bu 31- rasmda ko‘rsatilgan (A jarayoni).

31-rasm.

Bunda hosil bo‘lgan teshik elektr maydoni ta’sirida harakatlanadi, Bu esa elektr tokini paydo bo‘lishiga olib keladi. Elektron akseptor darajadan valentli zonaga qaytib kelishi bilan, shu bilan teshikni yo‘q qilib, (V jarayoni), tok yo‘qoladi. Bu jarayon elektorn-teshikli rekombinatsiya deyiladi yoki akseptor atomi tomonidan teshikni qamrab olish. Ionizatsiyalash energiyasi bilan kam aralashmalarni tanlab, ancha past energiyali fotonlarni opish mumkin. Mavjud yarim o‘tkazuvchi fotodetektorlar Odatda to‘lqin uzunligi to =32 mkm gacha bo‘lganida ishlaydi.
Shunday qilib, yarim o‘tkazuvchi fotodetektorlarning fotoko‘paytuvchilarga taqqoslanganda asosiy ustunligi ularni uzun to‘lqinli nurlanishni qayd qilish qobiliyati hisoblanadi, chunki ularda harakatlanuvchi tashuvchilarni yaratilishi ancha katta bo‘lgan yuza potensial to‘sig‘ini yengib o‘tishi bilan bog‘liq emas. Ularning kamchiligi tok bo‘yicha kuchaytirish katta bo‘lmasligi hisoblanadi. Bundan tashqari, tashuvchilarni fotouyg‘otishini issiqlik uyg‘otish bilan niqoblanmaslik uchun, yarim o‘tkazuvchi fotodetektorlarni sovutishga to‘g‘ri keladi.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin