O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TATU URGANCH FILIALI
ELEKTRONIKA VA SXEMALAR
18-19- MA`RUZA
Ismoilov Sh.X.
Ismailov Sh.K.
Ko’p qatlamli yarimo’tkazgich asboblar.
Reja
Maydoniy tranzistorlar (MT).
Umumiy ma’lumotlar. MTlar: p-n o’tish bilan boshqariluvchi, kanali induksiyalangan va qurilgan MDYa
MDYa-tranzistorlarning tuzilmalari, sxemada belgilanishi, volt-amper xarakteristikalari va parametrlarining ish rejimlariga hamda temperaturaga bog’liqligi.
Maydoniy tranzistor (MT) deb, tok kuchi qiymatini boshqarish ychun oʼtkazuvchi kanaldagi elektr oʼtkazuvchanligikni oʼzgartirish hisobiga elektr maydon oʼzgarishi bilan boshqariladigan yarim oʼtkazgichli aktiv asbobga aytiladi.
Bipolyat tranzistorlarda Kovaklar va elektronlar ishtirok qiladi;
Maydoniy tranzistorlarda tok tashkil boʼlishida faqat bir turdagi zaryad tashuvchilar ishtirok etadi: yoki elektronlar, yoki kovaklar. Shuning uchun ular yana unipolyar tranzistorlar deb ham ataladi.
Maydoniy tranzistorlarning tuzilishi va kanal oʼtkazuvchanligiga koʼra ikki turi mavjud: p–n oʼtish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor hamda metall – dielektrik – yarim oʼtkazgichli (MDYa) tuzilishga ega boʼlgan zatvori izolyatsiyalangan maydoniy tranzistorlar. Ular MDYa- tranzistorlar deb ham ataladilar.