Bugungi kunda axborot xavfsizligining dolzarb ahamiyat kasb etishi.
Bugungi kunda deyarli barcha davlatlar axborot sohasi tadrijiy rivojlanishi va turli xil tazyiqlar mavjud bo`lgan sharoitlarda uning amal qilishi uchun shart- sharoitlar yaratish bo`yicha faoliyatni kuchaytirdilar. Shuning uchun XXI asrni axborot texnologiyalari asri deb bejiz aytmayaptilar. Kishilar o`rtasida xabar etkazishni ta`minlashga qobil hisoblash texnikasi, axborot aloqa tizimi, internet tizimi, shuningdek boshqa axborot texnologiyalari inson va jamiyat hayoti va faoliyatida axborotning ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Hozirgi kunda ijtimoiy-siyosiy rivojlanish o`rtasida mutanosiblik mavjud bo`lgan jamiyatgina har tomonlama uyg`un rivojlanishi mumkin. Shuning uchun har qanday jamiyat o`zining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa bo`lgan talab hamda ehtiyojini to`liqroq qondirishga intiladi. Yuqorida aytib o`tilganidek, bugunga kelib ilmiy- texnikaviy, ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlanishning miqyosi mazkur sohalarda to`plangan va almashinayotgan axborotlar va ularning almashinish sur`ati va o`zlashtirilish tezligi bilan belgilanadi. Mustaqillik tufayli respublikamiz ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy va siyosiy hayotida juda katta tub o`zgarishlar ro`y berdi.O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritib, uni mustahkamlash va shuning asosida yangi huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo`liga o`tdi. Istiqlol xalqimizning ma`naviy uyg`onishi uchun to`la imkoniyat yaratdi. Yurtimiz tarixi, qadimiy madaniyatimiz tiklanmoqda va oliy qadriyat nufuziga ega bo`lmoqda. Prezidentimiz ta`kidlaganidek: ―Mustaqillik yillarida bosib o’tgan yo’limiz va to’plagan tajribamizni xolisona baholash, qo’lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo’yicha biz tanlagan modelning naqadar to’g’ri ekanini va shu yo’ldan bundan buyon ham og’ishmay qat‘iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko’rsatmoqda‖9. O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o`zining bir qator risola va nutqlarida kishilar dunyoqarashi va jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning o`rni beqiyosligini ta`kidlab o`tdi. Jumladan, Prezidentimiz milliy mafkuraning shakllanish jarayonida tarix fanining o`rniga g`oyat yuksak baho berib: «Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba-bu haqqoniy yoritilgan tarixdir»10,- deb ko`rsatdi. Darhaqiqat, o`zbek halqi mustaqillikka tinch yo`l bilan erishgan bo`lsa-da, istiqlol uchun olib borilgan kurashlarning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Mustaqillik sharofati bilangina bu kurashlar tarixini xolisona o`rganishga imkoniyat yaratildi va milliy tariximiz, ma`naviy boyliklarimizni sinfiy, partiyaviy to`siqlar bilan xalqdan ajratib qo`yishdek illatga barham berildi. Mustabidchilik
9 И.А.Каримов «Еришган марралар билан чегараланмасдан, бошлаган ислохотларимизни янги боскчга кутариш-бугунги кундаги енг долзарб вазифамиздир»-23-жилд.-Т:2015.
10. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma‘naviyat, 2008.-115-bet.
davrida hukmron kommunistik mafkura ta`sirida o`tmishimizdagi talaygina tarixiy jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar kommunistik, ma`muriy-buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo`ysundirilgan holda soxtalashtirildi, noto`g`ri talqin etildi. Bugungi kunda ma`naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o`zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimizning kalbi va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va tariximizni soxtalashtirish, ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanishlarga yo`l qo`ymaslik - ma`naviyat sohasidagi asosiy vazifalarimizdir. Ushbu vazifalar milliy istiqlol g`oyasining ma`naviyat soxasida namoyon bo`lishining asosiy tamoyillarini belgilaydi. Yangi jamiyatni barpo etish jarayonida, eng avvalo, ma`naviy qadriyatlarni tug‘ri baxolay olishni, soxta qadriyatlardan yoki tarixan eskirgan, o`zidagi bunyodkorlik va ijobiy saloxiyatni sarflab bo`lgan qadriyatlardan xaqiqiy hayotbaxsh qadriyatni ajrata olishni o`rganish lozim. Biror bir qadriyatga baxo berilar ekan, uning mamlakatimiz mustaqil tarakkiyotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, e`tiqodiy va axloqiy asoslarini qay darajada mustaxkamlay olishi, xalqimizning umumjaxon ijtimoiy taraqqiyotining faol sub`ektiga aylanishiga xizmat qila olishi bosh mezon bo`lishi kerak. Milliy qadriyatlarga, jumladan madaniy-ma`naviy, ma`rifiy merosga ilmiy asosda tug‘ri yondashishning asosiy tamoyillariga xos mezonlar - insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqchillik va taraqqiyparvarlikdir. Bu mezonlarning har birida milliylik va umuminsoniylik mujjassamlashgan. Ular mohiyatan umuminsoniy harakterga ega bo‘lsada, xar bir tarixiy davrda muayyan xalqlarning extiyojlarini yuzaga chiqaradi va ularni ko‘ndirishga xizmat qiladi. Shu bois ularning zamirida mujassam bo`lgan umuminsoniylik moxiyati, milliy extiyojlarni muayyan milliy shaklda ifodalab va uz mazmunini ularga moslashtirgan xolda yuzaga chiqadi. Mazkur mezonlarga nafaqat milliylik va umuminsoniylik, balki tarixiylik ham xos. Ya`ni ular shaklan va mazmunan qotib kolgan andozalar mos xolda emas, balki davr talablariga, jamiyat oldida turgan yangi vazifalarga mutanosib tarzda boyib, takomillashib boradi. Mazkur tamoyillar milliy g`oyamizning tarkibiy unsurlaridir. Zero, milliy istiqlol goyasi butun jamiyat, butun millat, butun O`zbekistonliklar uchun xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarimizni baxolaganda, ularning milliy g‘oyaga nechog‘lik mos ekanini nazarda tutamiz. Lekin biz baholash jarayonida faqat aloxida bir inson, muayyan ijtimoiy gurux, biror bir etnos, manfaatini emas, balki umuminsoniy jamiyatimiz, barcha O‘zbekistonliklar manfaatini nazarda tutamiz. Shu bois, yuqorida zikr etilgan mezon va tamoyildan foydalanib, madaniy- ma`naviy merosimizni va bugun ayrim yot mafkuraviy poligonlar tomonidan targ‘ib etilayotgan ba`zi g`oyalarni taxlil etsak, ularda insonning erkin rivojiga, o‘z orzu-intilishlariga mos xolda yashashiga, xalqimizning psixologiyasi, maksad-
muddaolari, Vatan manfaatlari va zamonaviy taraqqiyot talablariga mos kelmaydigan unsurlarni, g`oyalarni yaxshi payqab olamiz.
Ilmiy texnika taraqqiyoti insoniyat va jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Yangi yuqori texnologiyalar jamiyat a`zolari turmushini istalgan mahsulot bilan ta`minlashga va xizmat sohasini jadal rivojlantirish uchun shart - sharoit yaratishga imkoniyat beradi. Axborot yaratish va tarqatish sohasida ham ilgari ko`z ko`rib quloq eshitmagan sur`at va ko`lamga erishildi. Kishilar o`rtasida xabar yetkazishni ta`minlashga qobil hisoblash texnikasi, axboriy aloqa tizimi, internet tizimi, shuningdek boshqa axborot texnologiyalari inson va jamiyat hayoti va faoliyatida axborotning ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Hozirgi kunda ijtimoiy-texnikaviy rivojlanish bilan ijtimoiy-siyosiy rivojlanish o`rtasida mutanosiblik mavjud bo`lgan jamiyatgina har tomonlama uyg`un rivojlanishi mumkin. Shuning uchun har qanday jamiyat o`zining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa axborotga bo`lgan talab hamda ehtiyojini to`liqroq qondirishga intiladi. Yuqorida aytib o`tilganidek, bugunga kelib ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlanishning o`lchami mazkur sohalarda to`plangan va almashinayotgan axborotlar, ularning almashinish sur`ati va o`zlashtirilish tezligi bilan belgilanadi. Globallashayotgan dunyoda axborot xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ya`ni, u jahon hamjamiyati hayotida ham ijobiy ham salbiy kuch sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Shu ma`noda texnikaviy-texnologik sohada katta imkoniyatga ega bo`lgan mamlakatlar qulay sharoitga ega bo`ladilar. Mana shu ustunlik tufayli ular o`z shaxsiy manfaatlariga mos keluvchi qadriyatlarni, nuqtai-nazarlarni, g`oyalarni, fikrlarni ilgari surishlari mumkin va surmoqdalar ham. Shunga ko`ra ko`pgina davlatlarda glaballashuvga qarshi harakatlar yuzaga kelmoqda, bular yagona jahon uyg`unlashgan axborot maydonini tuzishni rad etmoqdalar. Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, globallashuvga qarshi harakatning o`zi tobora global harakat tusini olmoqda. Zamonamizning o`ziga xos jihatlaridan biri sifatida har qanday mahalliy hodisa yoki voqea zamonaviy axborot texnologiyalari tufayli global hodisa yoki voqeaga aylanmoqda. Masalan, 2000 yil 11 sentyabrda Nyu Yorda yuz bergan voqea, Livan tuprog`idagi harbiy harakatlar, Fransiyadagi yoshlarning chiqishlari, u yoki bu mamlakatdagi saylovlar, avia halokat, tabiiy ofat, terrorchilik harakati va boshqa shunga o`xshash voqea va hodisalar buning yorqin dalili bo`ladi. Jahon miqyosida kezib yuruvchi bunday axborotlar muayyan davlat manfaatlariga ta`sir etmay qolmaydi. Bu faqat shu axborot tarqaladigan, alohida olingan bir mamlakatdagi ijtimoiy, siyosiy jarayonlardan darak berishi bilangina emas, balki boshqa mamlakatlarning mazkur xabarlar haqida hech narsa aytilmagan auditoriyasi bularni o`z davlatidagi holatga qiyoslashi bilan ham mazkur mamlakat manfaatlariga ta`sir etadi. Shu sababli davlatlar, hukumatlar
o`rtasida ayrim kelishmovchiliklar vaqti-vaqti bilan yuzaga chiqib turishi mumkin. Bunda kim haq yoki kim nohaq ekanligini aniqlash har doim ham oson bo`lavermaydi. Bular barchasi axborot jarayonlarining globallashuvi bilan bog`liq muammolar dolzarbligini yana bir karra ta`kidlaydi. Ammo mazkur muammolar tufayli axborot ishlab-chiqarish va tarqatish imkoniyatlarining tengsizligi paydo bo`ladi. Bu ob`ektiv vaziyatni shunday deb qabul qilmoq kerak. Mamlakatlar bu boradigi o`z ustunliklarini shaxsiy manfaatlarida foydalanishlari boshqa gap. Mana shunday vaqtda munosatlarda keskinlik yuzaga keladi, u ko`p hollarda axboriy kurashga yoki boshqacha qilib aytganda psixologik urushga aylanib ketadi. Ochiq axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlikni ta`minlash hozirgi kunning dolzarb talabidir. Har bir davlat buning ustida bosh qotirmoqda. Bu jahondagi yangi geosiyosiy taqsimot, yangi mintaqaviy nizolarning yuzaga kelishi, millatchilik, shovinizm, din niqobidagi ekstremizm, ekologik halokatning tahdidi kuchayishi, spid, parranda gripi va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi bilan bog`liqdir. Yuqorida qayd etilganlarning barchasi O`zbekiston Respublikasi uchun ham mazkur muammolar muhim ekanligini alohida ta`kid etadi. Buning dolzarbligi davlatimiz uchun milliy mustaqillikni yanada mustahkamlash, iqtisod va bozor munosabatlarini tadrijiy rivojlanishini ta`minlash, ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirishda yaqqol ko`rinadi. Bunda ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni amalga oshirish, milliy an`analarni hayotga qaytarish, murosasozlikni tarbiyalash ham katta ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, mustaqil dunyo qarashga ega ma`lumotli kishilargina turli xil talqindagi tazyiqlarga ruhan barqaror qarshilik ko`rsata oladilar. Bu birinchidan. Ikkinchidan, mana shunday kishilargina tegishli muhit yaratishlari va milliy g`oyalarning darg`alari hisoblanadi. Mana shuning uchun ham mazkur muammolarni o`rganishda
axborotning shakli va mohiyati;
axborot xavfsizligini ta`minlash;
ochiq axborot tizimlarining o`ziga xosligi;
shaxs, jamiyat va davlat axboriy- psixologik xavfsizligini ta`minlash manbalari va turlari;
axborot sohasidagi milliy xavfsizlikni ta`minlashning ahamiyati va tamoyillari;
OAV va axboriy qarama-qarshilik; axboriy-psixologik xavfsizlikni ta`minlashda asosiy yo`nalish va usullar;
ochiq axborot tizimlarda shaxsning o`z-o`zini himoya qilishi;
jamoatchilik fikri va jamiyat axboriy-psixologik xavfsizligi;
O`zbekiston OAV lari va jamiyatning psixologik xavfsizligi kabi mavzularni chuqurroq o`rganish talab etiladi.
Yuqorida sanab o`tilgan mavzularni o`rganishda axborot, axboriy xavfsizlik, milliy manfaatlar, axborot sohasidagi milliy manfaatlarga bo`lgan xavf, manbalari, jamoatchilik fikri, ochiq axborot tizimlari, globallashuv, axboriy qarama-qarshilik, axboriy-psixologik kurash, OAV lari, onglilik, idroklash, aks ettirish manikulyattsiya qilish, psixologik qo`poruvchilik, ijtimoiy targ`ibot, jamoatchilik ongi, insonni xufiyona boshqarish va boshqalarga alohida e`tibor qaratish joiz. Psixologiya, sotsialogiya, falsafa, OAV nazariyalaridan olingan bu tushuncha va terminlar fanni chuqurroq tushunishga, uning asosiy mazmunini, usullari va yo`sinlarini, ya`ni ochiq axborot tizimlarida foydalanayotgan usullarni idrok etishga, demak, ijobiy g`oyalarni salbiy g`oyalardan farqlay olishga ko`maklashadi. Ma`lumki, har qanday dalil, hodisa yoki voqea turlicha talqin etilishi mumkin, shunga bog`liq tarzda auditoriya tomonidan qabul etilishi ham mumkin. Shuning uchun avval boshidanoq, tushunchaviy apparatni belgilab olish, uni sharhlash lozim, shundan kelib chiqqan holda biror hodisa yoki voqeani biz qanday idrok etishimiz va talqin qilishimizga e`tibor berishimiz darkor.
Ruxsat etilganlik huquqiga axborotni yoki uning resurslarini o’qish uchun, o’zgartirish, nusxa olish, axborotni yo’q qilish huquqlari kiradi. Axborotni muhofaza qilish – bu axborot himoya tizimini yaratish bilan bog’liq jarayon. Axborot himoya tizimi hech qachon yuz foizlik himoyani ta‘minlay olmasligini anglash muhimdir. Bu esa axborotni mumkin bo’lgan darajadagi o’zgartirish, o’g’irlash yoki yo’q qilish tavakkalchiligiga asoslangan axborot xavfsizligi haqida fikr yuritishni taqozo etadi. Tаrmоq tехnоlоgiyalаri rivоjining bоshlаng‘ich bоsqichidа viruslаr vа kоmpyutеr хujumlаrining bоshqа turlаri tа‘siridаgi zаrаr kаm edi, chunki u dаvrdа dunyo iqtisоdining ахbоrоt tехnоlоgiyalаrigа bоg‘liqligi kаttа emаs edi. Hоzirdа, hujumlаr sоnining dоimо o‘sishi hаmdа biznеsning ахbоrоtdаn fоydаlаnish vа аlmаshishning elеktrоn vоsitаlаrigа bоg‘liqligi shаrоitidа mаshinа vаqtining yo‘qоlishigа оlib kеluvchi hаttо оzginа hujumdаn kеlgаn zаrаr judа kаttа rаqаmlаr оrqаli hisоblаnаdi. Misоl tаriqаsidа kеltirish mumkinki, fаqаt 2003 yilning birinchi chоrаgidа dunyo miqyosidаgi yo‘qоtishlаr 2002 yildаgi bаrchа yo‘qоtishlаr yig‘indisining 50%ini tаshkil etgаn, yoki bo‘lmаsа 2006 yilning o‘zidа Rоssiya Fеdеrеаtsiyasidа 14 mingdаn оrtiq kоmpyutеr jinоyatchiligi hоlаtlаri qаyd etilgаn. Kоrpоrаtiv tаrmоqlаrdа ishlаnаdigаn ахbоrоt, аyniqsа, zаif bo‘lаdi. Hоzirdа ruхsаtsiz fоydаlаnishgа yoki ахbоrоtni mоdifikаtsiyalаshgа, yolg‘оn ахbоrоtning muоmаlаgа kirishi imkоnining jiddiy оshishigа quyidаgilаr sаbаb bo‘lаdi:
kоmpyutеrdа ishlаnаdigаn, uzаtilаdigаn vа sаqlаnаdigаn ахbоrоt hаjmining оshishi;
mа‘lumоtlаr bаzаsidа muhimlik vа mаhfiylik dаrаjаsi turli bo‘lgаn ахbоrоtlаrning to‘plаnishi;
Ахbоrоt хаvfsizligigа tахdid dеgаndа ахbоrоtning buzilishi yoki yo‘qоtilishi хаvfigа оlib kеluvchi himоyalаnuvchi оb‘еktgа qаrshi qilingаn hаrаkаtlаr tushunilаdi. Оldindаn shuni аytish mumkinki, so‘z bаrchа ахbоrоt хususidа emаs, bаlki uning fаqаt, mulk egаsi fikrichа, kоmmеrtsiya qiymаtigа egа bo‘lgаn qismi хususidа kеtyapti. Zаmоnаviy kоrpоrаtiv tаrmоqdаn vа tizimlаr duchоr bo‘lаdigаn kеng tаrqаlgаn tахdidlаrni tаhlillаymiz. Hisоbgа оlish lоzimki, хаvfsizlikkа tаhdid mаnbаlаri kоrpоrаtiv ахbоrоt tizimining ichidа (ichki mаnbа) vа uning tаshqаrisidа (tаshqi mаnbа) bo‘lishi mumkin. Bundаy аjrаtish to‘gri, chunki bittа tахdid uchun (mаsаlаn, o‘girlаsh) tаshkqi vа ichki mаnbаlаrgа qаrshi hаrаkаt usullаri turlichа bo‘lаdi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgаn tахdidlаrni hаmdа kоrpоrаtiv ахbоrоt tizimining zаif jоylаrini bilish хаvfsizlikni tа‘minlоvchi eng sаmаrаli vоsitаlаrni tаnlаsh uchun zаrur hisоblаnаdi. Tеz-tеz bo‘lаdigаn vа хаvfli (zаrаr o‘lchаmi nuqtаi nаzаridаn) tахdidlаrgа fоydаlаnuvchilаrning, оpеrаtоrlаrning, mа‘murlаrning vа kоrpоrаtiv ахbоrоt tizimlаrigа хizmаt ko‘rsаtuvchi bоshqа shахslаrning аtаyin qilmаgаn хаtоliklаri kirаdi. Bа‘zidа bundаy хаtоliklаr (nоto‘g‘ri kiritilgаn mа‘lumоtlаr, dаsturdаgi хаtоliklаr sаbаb bo‘lgаn tizimning to‘хtаshi yoki buzilishi) to‘g‘ridаn to‘g‘ri zаrаrgа оlib kеlаdi. Bа‘zidа ulаr niyati buzuq оdаmlаr fоydаlаnishi mumkin bo‘lgаn nоzik jоylаrni pаydо bo‘lishigа sаbаb bo‘lаdi. Bundа zаrаr mаnbаi tаshkilоtning fоydаlаnuvchisi hаm, tаrmоq fоydаlаnuvchisi hаm bo‘lishi mumkin, охirgisi аyniqsа хаvfli. Zаrаr o‘lchаmi bo‘yichа ikkinchi o‘rinni o‘g‘irlаshlаr vа sохtаlаshti-rishlаr egаllаydi. Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi tahlil etilsa qayg‘uli manzaraga ega bo‘lamiz. Kompyuter jinoyatchiligi yetkazgan zararni narkotik moddalar va qurollarning noqonuniy aylanishidan olingan foydaga qiyoslash mumkin. Faqat AQSHda "elektron jinoyatchilar" yetkazgan har yilgi zarar qariyb 100 mld. dollarni tashkil etar ekan.Yaqin kelajakda jinoiy faoliyatning bu turi daromadliligi, pul mablag‘larining aylanishi va unda ishtirok etuvchi odamlar soni bo‘yicha yaqin vaqtlargacha noqonuniy faoliyat orasida daromadligi bilan birinchi o‘rinni egallagan noqonuniy biznesning uch turidan o‘zib ketish ehtimolligi katta. Bu noqonuniy bizneslar-narkotik moddalar, qurol va kam uchraydigan yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish. Davlat va xususiy kompaniyalar faoliyatining sotsiologik tadqiqi ma‘lumotlariga qaraganda XXI asrning birinchi yillarida iqtisodiy sohadagi jinoyatchilik bank va boshqa
tizimlarning axborot-kommunikatsion komplekslariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan g‘arazli iqtisodiy harakatlarga qaratilgan bo‘ladi. Kredit-moliya sohasidagi kompyuter jinoyatchiligining soni muttasil o‘sib bormoqda. Masalan onlayn magazinlarida 25%gacha qalloblik to‘lov amallari qayd etilgan. Shunga qaramasdan G‘arb davlatlarida elektron tijoratning-yuqori daromadli zamonaviy biznesning faol rivojlanishi ko‘zga tashlanmoqda. Ma‘lumki, bu soha rivojlanishi bilan parallel ravishda "virtual" qalloblarning ham daromadi oshadi. Qalloblar endi yakka holda harakat qilmaydilar, ular puxtalik bilan tayyorlangan, yaxshi texnik va dasturiy qurollangan jinoiy guruhlar bilan, bank xizmatchilarining o‘zlari ishtirokida ishlaydilar. Xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning ko‘rsatishicha bunday jinoyatchilarning ulushi 70%ni tashkil etadi. "Virtual" o‘g‘ri o‘zining hamkasbi-oddiy bosqinchiga nisbatan ko‘p topadi. Undan tashqari "virtual" jinoyatchilar uyidan chiqmasdan harakat qiladilar. Foydalanishning elektron vositalarini ishlatib qilingan o‘g‘rilik zararining o‘rtacha ko‘rsatkichi faqat AQSHda bankni qurolli bosqinchilikdan kelgan zararning o‘rtacha statistik zararidan 6-7 marta katta. Bank xizmati va moliya amallari sohasidagi turli xil qalloblik natijasida yo‘qotishlar 1989 yili 800 mln. dollardan 1997 yili — 100 mlrd. dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkichlar o‘sayapti, aslida yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan bir tartibga oshishi mumkin. Chunki ko‘p yo‘qotishlar aniqlanmaydi yoki e‘lon qilinmaydi. O‘ziga xos "indamaslik siyosati"ni tizim ma‘murlarining o‘zining tarmog‘idan ruxsatsiz foydalanganlik tafsilotini, bu noxush xodisaning takrorlanishidan qo‘rqib va o‘zining himoya usulini oshkor etmaslik vajida muhokama etishni xoxlamasliklari bilan tushunish mumkin. Kompyuter ishlatiladigan inson faoliyatining boshqa sohalarida ham vaziyat yaxshi emas. Yildan-yilga xuquqni muhofaza qiluvchi organlariga kompyuter jinoyatchiligi xususidagi murojaatlar oshib bormoqda.Barcha mutaxassislar viruslarning tarqalishi bilan bir qatorda tashqi xujumlarning keskin oshganligini e‘tirof etmoqdalar. Ko‘rinib turibdiki, kompyuter jinoyatchiligi natijasida zarar qat‘iy ortmoqda. Ammo kompyuter jinoyatchiligi ko‘pincha "virtual" qalloblar tomonidan amalga oshiriladi deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hozircha kompyuter tarmoqlariga suqilib kirish xavfi har biri o‘zining usuliga ega bo‘lgan xakerlar, krakerlar va kompyuter qaroqchilari tomonidan kelmoqda. Xakerlar, boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba‘zida, oldindan, maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ularning tizimiga kirish niyatlari borligini bildirib qo‘yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar (cracker) — elektron "o‘g‘rilar" manfaat maqsadida dasturlarni buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmog‘i bo‘yicha tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
Kompyuter qaroqchilari — raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy maxsus xizmatlari buyurtmasi bo‘yicha axborotni o‘g‘irlovchi firma va kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona bank schetidan pul mablag‘larini o‘g‘irlash bilan ham shug‘ullanadilar.Ba‘zi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal biznes o‘ta daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat biznesining an‘anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar ko‘p bo‘lmasa) oshishiga sabab bo‘ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari mavjud emas.
Yuqorida qayd etilganlar himoya turlari orasida asosiylari huquqiy,tashkiliy va texnik himoya hisoblanadi. Bizning mavzuga taluqlisi huquqiy himoyadir.Shuning uchun biz huquqiy himoya haqida ko‘rib chiqamiz.