7.1. Nanoelektronikani rivojlanish bosqichlari Nanotehnalogiya – bu moddalar bilan ishlashdan alohida atomlarni
boshqarishga o‘tishi: nanoo‘lchamda moddani ko‘plab mehanik, termodinamik ,
magnit va elektrik harakteriskalari holati o‘zgarib ketadi. Masalan , oltin nanozarralari
hajmiy oltin zarralaridan katalitik, feromagnitik, to‘g‘rilovchi
optik hossalari,
o‘ziyig‘ilishga qodirligi bilan farq qiladi.
Ular yorug‘likni yahshi yutadi va sochadi, zaharsiz, kimyoviy stabil, biyomoskeluchi.
Ularning intensiv bo‘yashda(tovlanish) hozirda dedektirlash
uchun, vizualiyashgan
va biyotibbiyot obektlar miqdorni aniqlashda foydalanilmoqda [1-7]. Oltin
nanozarralari butun boshli asboblar diyagnostika vositalardan tortib har hil turdagi
sensorlar, optik tolali va kampyuter nanosxemalarini[8-9] yaratishda itiqbollidir.
Ko‘rsatilgan hususiyatlar tufayli oltin nanozarralari asosiy metodlari va tushunchalari
bilan osson tushunarli universal obekt modili nanofanni tanishtirish uchun qulay rol
o‘ynashi mumkin,
Zamonaviy texnik tizimlar va vositalarni boshqarish hamda fan va
texnikaning rivojlanishi elektronikaning etakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan
mikroelektronika hamda endigina paydo bo‘layotgan nanoelektronika sohalarida
faoliyat ko‘rsatadigan malakali mutaxacsislarni tayyorlash bilan uzviy bog‘liqdir.
Zamonaviy elektronika mahsulotlari bo‘lmish integral mikrosxemalar,
mikroprostessorlar, o‘ta yuqori chastotali detektorlar, quyosh elementlari, lazerlar,
elektron hisoblash mashinalar va o‘ta yuqori xotirali tizimlar va boshqa noyob
elektrik asboblarni yaratish yangi xususiyatga ega bo‘lgan yupqa va o‘ta yupqa
ko‘p komponentli qatlamlar tizimlarini yaratishni taqozo qiladi. Shu boisdan ham
keyingi yillarda yupqa va o‘ta yupqa qatlamlar hosil qilish texnologiyasi va
fizikasiga bo‘lgan e‘tibor keskin ortib ketdi.
Yupqa plyonkalar olish va ularning xususiyatlarini o‘rganish o‘tgan asrning
70 yillardan boshlab qo‘llanilib kelinayotgan an‘anaviy usullari mavjud.
Bu usullar bilan olingan plyonkalarning qalinligi asosan bir necha
mikrondan o‘nlab mikrongacha bo‘lib, ular qattiq jismli elektron asbobsozlikda
hozirgi kunda ham muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelmoqda. Hozirgi vaqtga kelib
yupqa (d
10
2
10
3
nm) va o‘ta yupqa (d<100 nm) plyonkalar olishning zamonaviy
molekulyar nurli epitaksiya(MNE), qattiq fazali epitakstiya(QFE), ionlar
implatastiyasi va eng zamonaviy (nanoassembler) usullari orqali hosil qilish
mumkin. Zamonaviy usullar yordamida asosan plyonka hosil qilish o‘ta yuqori
vakuum sharoitda olib borilishi, o‘ta yaxshi tozalangan asos(taglik)lardan va
atom(molekula) manbalaridan foydalanilishi, plyonkalarning mukammalligi(yuqori
darajada tekisligi, bir jinsliligi, silliqligi, monokristalligi) bilan eski (tradistion)
usullaridan tubdan farq qiladi.
Hozirgi
paytda
100>