Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari-fayllar.org
2.4. Elektrostatik maydonning amaliyotda qo’llanilishi. Ayrim jismlarning ishqalanish tufayli zaryadlanib qolishi qadimdan ma’lum. Jismlarning zaryadlanishi ularni o’zaro itarishiga yoki tortilishiga qarab seziladi. Bunday ta’sirlashuvlar massiv, katta jismlarda bo’lsa sezilishi qiyin,yengil jismlarda kuzatilishi oson bo’ladi. Lekin biz uchun bu hodisaga e’tirib berib, uni qog’ozga tushirgan, shu bilan kelajak avlodlarga yetkazgan kuzatuvchan ajdodlarimiz muhim. Elektr hodisalarning kuzatuvidagi V. Gilbert tajribalari ma’lum. Bu olim qahrabodan tashqari ishqalanish tufayli elektrlanib qoladigan 20 dan ortiq moddani o’rganib, yozib qoldirilgan. Hozirgi zamonda insoniyat juda ko’p sun’iy materiallardan foydalanadi, ular orasidagi ishqalanish tufayli zaryadlanib qoladigan materiallar ham ko’p uchraydi.Bir zaryadlangan ikkinchisiga tekkizilsa, unisi ham zaryadlanib qoladi. Dielektrik deb ataluvchi jismlarda zaryad jismning qayerida qoladi. Dielektrik deb ataluvchi jismlarda zaryad jismning qayerida joylashgan bo’lsa, o’sha joyida turaveradi , zaryad dielektrik bo’ylab siljimaydi. O’tkazgichlarda zaryad o’tkazgich bo’ylab siljiy oladi, zaryadlangan jism o’tkazgichning biror joyiga tekkizilsa, zaryad butun o’tkazgich bo’ylab yoyilib ketadi.Elektr va magnit maydon nazariyaning asoschisi Faradey jismlarning elektrlanishi yoki magnitlanishida ularni o’rab olgan efirda elastik deformatsiya va bunga bog’liq taranglik va bosim kabi qandaydir o’zgarish ro’y berishi asosida jismlarning elektromagnit o’zaro ta’sirini tushuntirgan. O’zaro ta’sir kuchlari mavjud bo’lgan bu fazoni elektromagnit maydon deb ataganlar.
Faradey aytgan elektromagnit maydonnning mavjudligi haqidagi fikrni oradan 20-25 yil o’tgach, Maksvell rivojlantirdi. Shunday qilib, ko’p asrlar davomida, elektr va magnetism haqida tajriba va nazariy ma’lumot rivojlanib , elektr va magnit maydon tushunchalari, ularning tabiati haqidagi fikrlar shakllana bordi.
Kundalik turmushni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Jumladan, uyimizdagi lampochka, televizor, muzlatgich, radio, dazmol, elektr choynak, kompyuter kabi jihozlarning barchasi elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Turli zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari hamda muassasalarda ham elektr energiyasidan foydalaniladi.Xullas, elektr energiyasi hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.Umuman olganda, elektrning kashf qilinishi va undan foydalanish imkoniyatlari mislsiz taraqqiyotga sababchi bo’ldi.Turmushimiz yanada farovon bo’lishi uchun elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, avtomatika, axborot texnologiyasi , nanotexnologiyalar kabi sohalarda olimlar, muhandislar, va boshqa soha mutaxasislari izlanishlar olib bormoqdalar.Olimlar va muhandislar tomonidan qilingan yangi kashfiyotlar natijasida bu tarmoqlar yana yuksalmoqda.Shu bois, elektr haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish. Yuqoridagilarning barcha elektr sohasidagi izlanishlar olib borilgani, tajribalar o’tkazib borilganligidandir.Elektr sohasida kashf qilingan elementlar ham elektrning rivojlanganligidan darak.