Электротехника фанида трансформатлар ва уларнинг уланиш гуруҳини аниқлашни ўргатишда янги ўқув усулларидан фойдаланиш



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix19.12.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#76362
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni orgatishda yangi oquv usullaridan foydalanish (1)



O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi 
 
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
 
 
Fizika – matematika fakulteti 
 
Mehnat ta’limi kafedrasi 
 
Mehnat ta’limi yo`nalishi 
 
 
 
BITIRUV MALAKAVIY 
ISHI 
 
Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish
gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan 
foydalanish 
 
 
 
Bajargan:
I. Matkarimov 
 
 
Ilmiy rahbar: dots. B. Ibragimov 
 
Kafedra mudiri: dots. B. Ibragimov 
 
 
 
 
 
NUKUS – 2014 yil 



Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish
gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan 
foydalanish 
REJA: 
Kirish: 
I-BOB. ELEKTR TOKI VA UNI TRANSFORMATSIYALASH 
1.1. Elektr manba haqida umumiy tushincha. 
1.2. Transformatorlar haqida umumiy tushinchalar. 
II-BOB. TRANSFORMATORLAR VA ULARNI ULASH USULLARI 
2.1. Transformatorlarning tuzilishi va ishlash printsipi. 
2.2. Transformatorning ish rejimlari
2.3. O`quvchilarga elektr bilan ishlaydigan uy ruzg`or buyumlarini o`quvchilarga 
o’rgatish uslublari. 
2.4. Amaliy ishlar paytida mehnat xavfsizligi qoydalari. 
Bir soatlik dars konspektasi
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish 
Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlar tayyorlash tizimining 
mukammol bo`lishi, zamonaviy iqtisod, Fan madaniyat, texnik va texnologiyalar 
asosida rivojlanishi shart. 
Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud ta`lim va kadrlarni tayyorlash 
tizimlarini tubdan o`zgartirish zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari va ijtimoiy 
tajribalarga, ta’lim jarayonini hamma shakli va turlarida ilg`or-metodik 
talimlarga tayangan holda amalga oshiriladi. 
Ma’lumki «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» asosida yoshlarning 
ongini yuksaltirishga e’tibor qaratilgan va ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan 
biri deb belgilab berilgan. Ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri 
zamonaviy o`quv dasturlari asosida yuqori natijali o`qitish va malakali kadrlar 
tayyorlashni ta’minlash hisoblanadi. Eng asosiy dolzarb ko`rsatkichi shundan 
iboratki, o`quvchilarni mustaqil fikrga yo`naltirish va ularning ong saviyasini 
zamonga mos holda tarbiyalashdan iborat. 
Shunday ekan, o`qituvchining o`zida ham dars mashg`ulotlarini olib 
borishda yuksak saviya va bilim talab qilinadi. Maktab ta`lim tizimi jarayonida 
talabaning erkin tafakkurini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash har bir 
pedagogning diqqat e`tiborida bo`lishi zarur.
Dars jarayonida jonli muloqotni tashkil qilish uchun zamonaviy o`qitish 
usullaridan foydalanish ta`lim mazmunida etakchi rol o`ynaydi. Ta`lim 
mazmuni asosida o`quvchining tafakkuri, dunyoqarashi, ongli munosati, 
mafkuriy qarashlari tarkib topadi. 
Shunday qilib, maktab programmasida maktab o`quvchilariga elektr 
manbali bilan ishlaydigan uy-ro`zg`or buyumlari buyicha elektr qo`ng`iroq, 
elektr mayatnik, uyingohlar va boshqalar bilan qo`yidagicha tanishtiriladi; 
vazifasi haqida gapiriladi, ishlatilib ko`rsatiladi, konstruktsiyasi bilan 
tanishtiriladi, elektr sxemasi chiziladi.



Elektrlashtirilgan qurilmalar bilan tanishish natijasida o`quvchilar 
qo`yidagilarni o`zlashtirib olishlari lozim; 
1. Elektrlashtirilgan buyumlar shunday konstruktsiyalanishi kerakki, ularda 
simlar va kontant birikmalar ko`rinmasin, shuningdek elektr armaturalar puxta 
mahkamlangan , shunday buyumdan foydalanish hafvsiz bo`ladi; 
2. Elektrlashtirilgan buyum pishiq va havfsiz bo`lishidan tashqari chiroyli 
va foydalanishda qulay bo`lishi kerak;
3. Sharnirli birikmalarda simlar shunday joylashtirilishi kerakki
qurilmadan uzoq foydalanish ularning ishdan chiqishiga (qisqa tutashuvga) olib 
kelmaydigan bo`lishi kerak; 
4. Elektr energiya iste`molchilarini shunday joylashtirish kerakki, issiqlik 
ajralishi (aylanma harakatda) oqibatida buyum yonib ketmaydigan, aylanuvchi 
detalga simlar o`ralib qolmaydigan bo`lishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Montaj qilish davomida, odatda qiyinchiliklar tug`ilishi mumkin. Bunday 
holda o`qituvchi ulardan texnik topshiriqlar sifatida foydalansa bo`ladi. 
Masalan, o`qituvchilar ta`minlash shnurini lampa asosiga biriktirish kerak 
bo`lsin.Bunda instruktsion kartada esa bu operatsiya tushirib qoldirilgan. 
O`qituvchilarda buni qanday qilish kerak, degan savol tug`iladi. O`qituvchi 
darhol javob bermaydi, aksincha o`quvchilarga shnurni biriktirish usulini 
topishni tavsiya qiladi. Albatta, bunda o`quvchilar o`qituvchi yordamisiz 
optimal xulosaga kela olmasliklari mumkin. Ammo bu qiyin vaziyat 
o`quvchilarni fikrlashga, mustaqil xulosa chiqarishga qiziqtiradi. Bu esa 
o`quvchilarning 
intellektual 
rivojlanishiga 
va 
mehnatga 
ijodiy
yondoshishlariga yordam beradi.
Shunday qilib, bu bitiruv malakaviy ishida o`quvchilarga elektr manbai 
bilan ishlaydigan uy ro`zg`or buyumlarini foydalanish va ishlatish uslublari 
haqida batafsil aniq ko`rsatilgan bo`lib topiladi.
O`qitish jarayonida yangi o`quv uslublarini tadbiq etish kadrlar tayyorlash 
talablarning tarkibiy qismini tashkil etadi. 



Respublikamiz hukumati va prezidenti olib borayotgan siyosiy iqtisodiy 
siyosatida davlat faoliyatining barcha sohalarin rivojlantirishga ayniqsa, yosh 
avlodni milliy tiklanish g`oyasi ruhida tarbiyalashga katta e`tibor berilmoqda. 
Hozirgi kunda ta`lim olayotgan yoshlar xalqimizning kelajagi hisoblanadi. Bu 
sharafli vazifani bajarish o`qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuqori 
malakali o`qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasiga 
katta e`tibor qaratilmoqda. 
Xalqning faravonligini ta`minlashda, ilm-fan taraqqiyotida shuningdek, 
turmushning barcha javhalarida elektr energiyasiga bo`lgan talab juda kattadir. 
Shu sababli elektrtexnika fanining rivojlanishi va uning amaliyotta qo`llanilishi, 
maktab o`quvchilariga tushintirilishi, ko`nikmalar hosil qilish juda katta 
ahamiyotga egadir.
Elektrotexnika fanida o`zgaruvchang tok va uni hosil qilish, etkazib berish 
masalariga alohida e`tibor qaratilgan. Elektr stantsiyalarida hosil bo`lgan elektr 
energiyasini olis masofalarga etkazib berishda transformatorlarning roli juda 
katta. Bu termin va tushinchalarni o`quvchilarga tushintirishda bazi 
muoammalarga echishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Maktab o`quvchilarga elektrotexnikaning asosiy qisimdan biri bu 
transformatorlar va ularing ishlash printspini o`rgatish alohida katta ahamiyatga 
ega shu bois elektrotexnika ishlari asosan uninng mazmuni, maktablarning ish 
tajribasidan kelib chiqib dasturning tegishli bolmagan faqatgina elektromantaj 
ishlari uchun moljallangan.
Bu masalada yangi pedagogik texnologiya usullaridan-klaster tuzish, aqliy 
hujum, tanqidiy fikrlash, juftliklarda ishlash va xokazo foydalanish mumkin. 
Bu usullarning mohiyati shundaki, o`quvchilarda qiziqish paydo qilish va u 
o`zicha yondashish yuzaga keladi va buning natijasida shaxsiy fikr, tafakkur
rivojlanadi. 

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin