Tok va kuchlanish transformatorini loyixalashda birlamchi cho‘lg‘amning Z1 va keltirilgan ikkilamchi cho‘lg‘amning Z`2 to‘la qarshiliklarini imkoni boricha kamaytirish tadbirlari xisobga olinadi.
Ishlab chiqarish korxonalarining bosh pasaytiruvchi podstansiyalarida ko‘pincha ikki cho‘lg‘amli transformatorlar bilan bir qatorda past kuchlanishli cho‘lg‘ami bo‘lingan transformatorlardan xam foydalaniladi.
Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarda ikkita ikkinchi cho‘lg‘am bo‘lib, ularning xar biri transformatorning nominal quvvatini 50% ga xisoblangan bo‘ladi. Bo‘lingan cho‘lg‘amlarda kuchlanish bir xil kattalikda bo‘lmaydi. Agar korxonalarda 6,10 KVli isteomolchilar o‘rnatilgan bo‘lsa, bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarni qo‘llash elektr taominoti sistemasida yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi..
Bo‘lingan fazali transformatorning cho‘lg‘amlari orasida magnit bolanish bo‘lmaydi. Shuning uchun bu transformatorni ikkita mustaqil ikki cho‘lg‘amli transformator deb xisoblansa xam bo‘ladi.
Bo‘lingan fazali transformatorlarda iloji boricha qavariq ustunli (brone ustunli) magnit sistemani qo‘llash kerak, chunki ikki ustunli sistemada magnit oqimlarning farqi F2 - F3 konstruktiv elementlar orqali oqib o‘tib trans-formatorlarda qo‘shimcha quvvat isroflarini vujudga keltiradi. Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlarning qisqa tutashuv to‘la qarshiliklari ikki cho‘lg‘amli trans-formatorlarnikidan ikki marta katta bo‘lganligi uchun qisqa tutashuv toklari ikki cho‘lg‘amli transformatorlarnikiga nisbatan kichik bo‘ladi. Shuning uchun keyingi paytlarda bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlar ishlab chiqarish korxonalarida keng qo‘llanilmoqda. Bo‘lingan fazali transformatorlar tez o‘zgaruvchan isteomolchilar o‘rnatilgan korxonalarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda transformatorning bitta cho‘lg‘amiga tez o‘zgaruvchan isteomolchilar ulansa, ikkinchi cho‘lg‘amga kattaligi o‘zgarmas isteomolchilar ulanadi.