E`lon, ariza, tilxat, ma’lumotnoma, bayonnomani husnixat bilan yozish



Yüklə 16,66 Kb.
tarix24.03.2023
ölçüsü16,66 Kb.
#89427
E`lon, ariza, tilxat, ma’lumotnoma, bayonnomani husnixat bilan y


E`lon, ariza, tilxat, ma’lumotnoma, bayonnomani husnixat bilan yozish.


Hujjaning har bir turi (qaror, farmoyish, buyruq va boshqalar) o`z mohiyati va vazifasidan kelib chiqib, yuqoridagi rekvizitlarning muayyan qismi majmuiga hamda ularni joylashtirish standart tartibiga egadirki,bular haqida biz ushbu qo`llanmada o`sha hujjatlar ustida fikr yuritganda alohida to`xtab o`tamiz. Darhaqiqat, yuqorida qayd etilgan ba`zi rekvizitlar bir-birini istesno etadi, muayyan hujjatning tarkibiy qismiga ayni vaqtda kirmaydi. (Masalan, “Hujjatni oluvchi’’ va “Tasdiqlash ustxati’’ rekvizitlari bir vaqtda foydalanilmaydi.)
Shu bilan birgalikda,ayrim rekvizitlar, turidan qat`iy nazar,har bir hujjat uchun, albatta, bo`lishi shart. Bunday rekvizitlarning muayyan hujjatda bo`lmasligi uni huquqiy kuchdan mahrum etadi. Hujjat blankasi tarkibiga kiradigan doimiy rekvizitlar hujjatda bo`lishi shart bo`lgan majburiy qismlardir. Bunday qismlar qog`ozning standart varag`iga oldindan kiritilib, osmaxona usuli bilan yoki maxsus shtamp yordamida ko`paytiriladi.Bunday qog`ozlar blanka- bosma ish qog`ozi deyiladi.
Bu o`rinda shuni ta`kidlash kerakki, sobiq ittifoqda qabul qilingan ’’Tashkiliy –farmoyish hujjatlari tizimi ,hujjatlarni rasmiylashtirishga talablar.’’6.38-90 raqamli davlat standarti O`zbekiston Respublikasida hozirgi kunda amaldadir. Unga muvofiq tashkiliy –farmoyish hujjatlari uchun rekvizitlar tarkibidan kelib chiqib xizmat blankalarining 2 turi joriy etilgan:xatlar blankasi u mumiy blanka.
Xatlar blankasiga quyidagi rekvizitlar kiradi:’’Tashkilotning ramziy belgisi’’ (agar mavjud bo`lsa), ’’ Vazirlik yoki yuqori idorasiningnomi ’’(shunday bo‘ysunish mazjud bo‘lsa ),’’Tashkilot nomi ‘’,’’Aloqa bo‘linmasining ko‘rsatkichi,pochta va telegraf manzili, teletaup, faks, telefon raqami, bankdagi hisob raqami’’, “Sanasi”, “Indeksi’’, “Hujjat kelib tushganligi haqida qayd’’.
Umumiy blankaga quyidagi rekvizitlar kiradi:’’Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi’’(shunday bo‘ysunish mavjud bo‘lsa), ‘’Tashkilotningnomi’’, ’’Hujjat turining nomi”, “Sanasi’’,
‘’Indeksi’’,’’Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi’’, umumiy blankasining namunasi 2-ilovada ko‘rsatiladi.
Har ikki turdagi blankada rekvizitlar burchakda 9hujjatning chapdagi yuqori burchagi) yoki o‘rtada (yuqori chetki bo‘sh joydan pastda)joylashtiriladi. Xatlar uchun, umuman boshqa blankalar uchun ham rekvizitlarning burchakda joylashgani qo‘l keladi. Blakalar odatda A4(210x297 mm)va A5(148x210mm)bichimdagi qog‘ozlarda bosiladi.
Yüklə 16,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin