tilak-havaslar deb ataladi. Ammo odam o‘z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga etishish yo‘llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to‘la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba’zan zo‘r xayol surish bilan, ba’zan esa cheksiz orzu bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan (xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar ko‘ngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib ketaveradi. Xilma-xil tilak havaslari to‘lib-toshgan kishilar ham mavjud. Bu kishilar doimo xo‘rsinadilar, armon qiladilar, o‘zlarini ham tevarak-atrofdagi kishilarni ham tanqid qiladilar. Bu kishilar ko‘pincha yaxshi orzular qilishadi-yu, amalda kam faoliyat ko‘rsatishadi yoki butunlay faoliyat ko‘rsatishmaydi.[5][1]