Endokrin bezlar faoliyatini o'rganish usullari



Yüklə 25,73 Kb.
səhifə4/6
tarix22.06.2023
ölçüsü25,73 Kb.
#133959
1   2   3   4   5   6
Buyrak

Timus - ayrisimon bez.

Bu bezning mag'iz va po'stloq qavatlari bor. Po'stloq qavati retikulyar hujayralardan tashkil topgan bo'lsa, mag'iz qavati limfoid to'qimadan tashkil topgandir. Ayrisimon bez yosh bola va hayvonlarda kattaroq bo'ladi, organizmlar jinsiy etilishi bilan bu bez rivojlanishdan to'xtaydi, atrofiyaga uchrab kichrayadi. Bu bezning ajratadigan moddasi hayvonning o'sishida, organizmda mineral moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega bo'lsa kerak. Keyingi paytlarda bu bez, ayniqsa, spetsifik immunitet hosil bo'lishida, ba'zi allergik reaksiyalarning yuzaga chiqishida katta ahamiyatga ega deb hisoblanmoqda. Gap shundaki, allergik reaksiyada, ya'ni oqsil va oqsilmas tabiatli yot moddalarga (allergenlarga) organizm sezuvchaligini kuchayishida ikki xil limfotsitlarning roli aniqlandi. Bu limfotsitlardan bir xilining ("B" limfotsitlarning) tovuqlar fabritsiy xaltasidagi limfoid to'qimada, shuningdek, odamlarning bachadon bezlarida, ichaklardagi limfoid to'qimalarda hosil bo'lishi aniqlandi. Ikkinchi xil limfotsitlar Timusda hosil bo'ladi. Bu limfotsitlar "T" limfotsitlar deb yuritiladi ("T"-timus so'zidan kelib chiqib, "T" limfotsitlar uch xil farqlanadi. "TK" killerlar fagotsitoz vazifasini bajaradi. "TX"- xilperlar-killerlarga yordam beruvchilar va "TS" - supressorlar - killerlarga qarshilik ko’rashuvchlar). "B" - limfotsitlar alergen bilan uchrashganida o'zidan antitanalar ajratadi va o'ta tez avj oladigan allergik reaksiyalarning yuzaga chiqishida hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qiladi. "T" - limfotsitlar esa allergen bilan uchrashganida o'zidan antitana ajratmasdan, tegishli suyuqliklarni - omillarni ajratadi va bu omillar sekin avj oladigan allergik reaksiyalarning ro'yobga chiqishini ta'minlaydi.


GEP - tizimining inkretor funksiyasi. GEP - tizim deb gastro-entero-pankreotik tizimiga yoki ovqat hazm qilish tizimi organlariga aytiladi.


Buyrak usti bezlari.

Odamlar va hayvonlarning buyrak usti bezlari juft organ bo'lib, buyraklarning ustida joylashgandir. Ayrim hayvonlarda bu bezlar buyrakka bevosita tutashib tursa, ikkinchi bir xil hayvonlarda buyrakdan bir oz nariroqda joylashgan bo'ladi. Buyrak usti bezlari bir-biridan farq qiladigan ikki qavatdan, po'stloq (interinal to'qima) qavati va mag'iz (xromofin to'qima) qavatidan tashkil topgan. Organizmda mag'iz va po'stloq qavatlarining hujayralaridan iborat mayda bezchalar, ayrim hollarda esa har ikkala tomoni shakllangan qo’shimcha holatida ham uchraydi.


Po'stloq qismining faoliyati. Buyrak usti bezining po'stloq qavati hujayralari o'zining kelib chiqishi jihatidan epiteliy hujayralariga yaqin turadi. Ular uchta zonani tashkil qiladi. Koptokchali tashqi zona, tutamli orqa zona va to’rli ichki zona. Buyrak usti bezining po'slog'idan 46 tadan ortiqroq gormonlar - kortiko steroidlar ajratib olingan, biroq ularning 8 tasigina faoldir. Buyrak usti bezlari po’stloq qavati steroidlari besh guruhga bo'linadi:
1. Glyukokortikoidlar; 2. Mineralokortikoidlar; 3. Androgenlar; 4. Estrogenlar; 5. Gestogenlar.
Bularning ichida glyukortikoidlar va mineralokortikoidlar katta ahamiyatga egadir. Mineralokortikoidlar organizmda mineral moddalar almashinuvini, avvalo qondagi natriy va kaliyning miqdorini rostlab turadi.
Mag'iz qatlamining faoliyati. Buyrak usti bezining mag'iz moddasidan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmda fenilalanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo'ladi. Adrenalinning ta'siri simpatik nerv tolalari uchlaridan ajraladigan moddalarning fiziologik ta'siriga o’xshashdir. Uning ta'siridan ko'z qorachig'i kengayadi, yurak qisqarishlari ritmi tezlashadi, kuchi oshadi, muskullarning o'tkazuvchanligi va qo'zg'aluvchanligi kuchayadi. Adrenalin mayda arteriya va arteriolalarni (yurak toj tomirlari va miya tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi, bronxalarni kengaytiradi, ichak peristalikasini tormozlab, muskullarini bo'shashtiradi, sfinkterlar muskulini qo'zg'atib, sfinkterlarning yepilishiga olib keladi, ishlayotgan skelet muskullarini qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.



Yüklə 25,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin