Endokrin bezlarda hosil bo'ladigan ayrim patalogik holatlar mexanizmi reja



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,5 Kb.
#209652
  1   2   3   4   5
ENDOKRIN BEZLARDA HOSIL BO\'LADIGAN AYRIM PATALOGIK HOLATLAR MEXANIZMI


ENDOKRIN BEZLARDA HOSIL BO'LADIGAN AYRIM PATALOGIK HOLATLAR MEXANIZMI


REJA:
1. Ichki sekresiya bezlariga umumiy ta'rif, klassifikasiyasi,
2. Aralash bezlar va ularning tuzilishi, joylanishi.
3. Endokrin bezlar

Ichki sekresiya bezlari - o'zida sekret chiqaruvchi naylari bo'lmasligi bilan tashqi sekret bezlaridan farq qiladi. Ichki sekret bezlarda ishlangan sekret-garmon bevosita qonga shimiladi. Shuning uchun bu bezlarni endokrin bezlari deb ham ataladi.


Ichki sekresiya bezlari odam organizmining turli yerlarida joylashgan bo'lib, ular bajaradigan ishlariga -qarab, garchand hajmi kichkina bo'lsada, juda ko'p qon tomirlar bilan taminlangan. Jumladan buyrak usti beziga 3 juft qon tomiri orqali qon kelsa, qalqonsimon bezga 4 -5 ta qon tomiri keladi. Shu bilan birga endokrin bezlarga juda ko'p nerv tolalari tarqalgan. Ular endokrin bezlarini idora qiluvchi markazlar bilan bog'lab turadi. Demak, bir tomondan ichki sekresiya bezi faoliyatini nerv sistemasi boshqarib tursa, ikkinchi tomondan qonga shimilgan endokrin garmonlar nerv sistemasiga ham tasir qiladi.
Qalqonsimon bez
Qalqonsimon bez (grandula thyreoidea) - bo'yin sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog'ayi bilan kekirdakning yuqorigi 3-4 tog'ay halqalari oldida joylashgan. Bez taqasimon shaklida bo'lib, katta odamlarda 30-50 g ga teng. Ammo bez buqoq kasaliga uchragan odamlarda kattalashib og'irligi 1,5 - 1 kg gacha boradi. Qalqonsimon bezning o'ng va chap bo'lakchalari oraliq qismi bo'yin orqali o'zaro qo'shiladi. Bezni o'rab turgan pardadan o'sib kirgan o'simtalar bez ichkarisini bo'lakchalarga ajratadi. Bez bo'lakchalari pufakcha (folekula) lardan iborat bo'lib, uning tarkibida yodga boy oqsil moddasi bor. Bez yuzasini qon tomiri va nerv chigallari qoplab turadi.
Funksiyasi - bez garmoni tiroksin qonga shimilib, organizm o'sishiga tasir qiladi, modda almashinuvini tezlashtiradi. Agar bez gormon ishlamasa organizm o'smay qoladi, aksincha, gormon ko'p ishlansa organizm tiroksin bilan (tireotoksikozkasom) zaharlanadi. Bunda odam o'ta tasirchan, ozg'in, yuragi tez uruvchi bo'ladi. Ko'z soqqasi ko'z kosasidan chiqib joylashadi. Ba'zan ichiladigan suvda yod yetishmasa, qalqonsimon bez kattalashib buqoq bo'ladi.

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin