Endemik bo‘qoq – qalqonsimon bezning diffuz, tugunli, o‘smasimon kattalashuvi.
Sababi. Tuzda, suvda va oziq-ovqat mahsulotlarida yod moddasining uzoq vaqt yetishmasligi.
Belgilari. Kasallik uch xil ko‘rinishda kechadi:
1.Gipertireoid bo‘qoq-toksik bo‘qoq (Bazedov kasalligi) belgilari bilan kechadi.Bunda qalqonsimon bez faoliyati kuchayadi.
2.Gipotireoid bo‘qoq-qalqonsimon bez faoliyati pasayishi (gipotireoz) belgilari bilan kechadi.
3.Eutireoid bo‘qoq –qalqonsimon bez hajmi kattalashadi, ammo uning faoliyatini buzilish belgilari kuzatilmaydi. Eutireoid bo`qoq asta-sekin gipertireoid yoki gipotireoid bo‘qoqqa aylanishi mumkin.
Endemik bo`qoq kasalligining asosiy belgilaridan biri qalqonsimon bez hajmining bo`yin oldi sohasida yong`oq, olma, piyola, hatto choynakdek kattalashuvidir. Bez hajmi juda sezilarli darajada kattalashganda bez atrofidagi a‘zolar, ya`ni traxeya, qizilo‘ngach, qon tomirlar qisiladi. Natijada nafas olish qiyinlashadi, yuz va bo‘yin venalari kengayib, bo‘rtib qoladi.
Kasallikning gipertireoid turida toksik bo‘qoq (Bazedov kasalligi) ning belgilari kuzatiladi.
- Kasallikning gipotireoid turi gipotireoz belgilari bilan kechadi. Bunda katta yoshdagi kishilarda aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi. Bolalarda bo‘y o‘sishi, organizmning jismoniy va aqliy rivojlanishi orqada qoladi.
Tibbiy yordam. 1. Bemor endokrinologiya shifoxonasida, yoki uy sharoitida endokrinolog shifokor nazoratida davolanadi.
2. Kasallikning eutireoid turida - antistrumin -1 tab. kuniga 1-2 mahal, 0,025 % -kaliy yodid 1 choy qoshiq kuniga 1 mahal yoki kunora, yodid-100, yodid-200, yodomarin-1 tab. (bittasi) kuniga 1 mahal oylar davomida beriladi.
3. Gipertireoid turida – Bazedov kasalligidagidek davolanadi.
4. Gipotireoid turida-gipotireoz kasalligidagidek davolanadi.
Qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Qonuni. Qalqonsimon bez kasalliklari aksariyat hollarda odam organizmiga yod yetishmasligi natijasida yuzaga keladi. Shu bois, yod yetishmasligi kasalliklarini oldini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasidа 2007 yil 3-maydа maxsus qonun qabul qilingan.
Mazkur qonunning 19-moddasiga binoan barcha savdo do`konlarida yodlashtirilgan (ya`ni yod bilan to`yintirilgan) osh tuzi maxsus sertifikat belgisi va qo`llash muddati belgilangan tartibda sotiladi. Sertifikatlanmagan osh tuzi sotilmasligi va iste`molga ruxsat etilmasligi qonunda belgilab qo`yilgan.
Qonunda osh tuzidan tashqari ayrim ovqat mahsulotlari ham yodlashtirilishi va maxsus idish (paket) larda sotilishi nazarda tutilgan. Bunday ovqat mahsulotlari bilan birinchi navbatda tug`ish yoshidagi yosh ayollar, homilador ayollar va yosh bolalar ta`minlanishi qonunda alohida qayd etilgan.
Tibbiy yordam.Bemor endokrinologiya shifoxonasida davolanadi. Qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilash uchun qo`llanadigan dorilar:
1.Merkazolil- 0,02 - 1 tabletka kuniga 2 mahal;
2.Metiltiouratsil – 0,25 - 1 tabletka kuniga 2 mahal;
3.Lyugolning suvli eritmasi 5-10 tomchidan kuniga 2 mahal;
4.Diyodtirozin 0,05 - 1 tabletka 2 mahal.
Yurak-tomir faoliyatini yaxshilash uchun: lantozid-10-20 tomchidan kuniga 2-3 mahal, izolanid 1tabletka kuniga 2 mahal, digoksin yoki digitoksin Ѕ -1 tab. kuniga 2 mahal (bittasi), og`ir hollarda -strofantin yoki korglikon-0,4-1ml, glyukoza-40 %-10 ml (yoki 0,9 %-20 ml natriy xlor bilan) vena tomiriga sekinlik bilan yuboriladi.
Tinchlantiruvchi dorilar: valeriana tab. (tomchi holida), novopassit (biopassit) 1 osh qoshiq 2-3 mahal ichishga, amiltriptilin 1 tab. yoki 2 ml muskul orasiga uyqu oldidan.
Kasallik ogir kechganida davolashning jarrohlik usuli qo‘llanadi.
Gipotireoz (miksedema)-qalqonsimon bez faoliyati pasayishi tufayli yuzaga keladigan kasallik.
Sababi. Ovqat tarkibida uzoq vaqt davomida yod moddasining yetishmasligi, gripp va boshqa kasalliklarning asorati, toksik bo‘qoq kasalligida qalqonsimon bezning ko‘p qismini jarrohlik usulida olib tashlanishi.
Belgilari. Gipotireoz katta odamlarda miksedema kasalligi sifatida kechadi. Bemorning aqliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi, u doim bo‘shashgan, garangdek, uyqusiragan holatda bo‘ladi, xotirasi pasayadi, harakatlari sekin, atrofdagi voqeyalarga befarq bo‘ladi.
Bemorning tashqi ko‘rinishi xuddi shishgandek bo‘ladi, lekin terisiga barmoq bilan bosganda iz qolmaydi (shish bo‘lsa iz qoladi). Bemorning shishgandek yoki semirgandek ko‘rinishiga sabab teri ostida shilimshiqsimon moddaning to‘planishidandir. Shu bois, yuzi niqob (maska) kiygandek tekis bo‘ladi, uning xursand yoki xafa bo‘lganini mimikasi orqali aniqlab bo‘lmaydi. Lablari qalinlashadi, tili kattalashadi, ba‘zida og`ziga sigmay chiqib turadi. U bo‘g`in va muskullari og`rishidan shikoyat qiladi.
Tibbiy yordam. Endokrinolog shifokor nazoratida tireoidin, triyodtironin, tireotom, eutiroks, novotirol dorilarini muntazam qabul qilib turadi.
Tug`ma gipoterioz. Homilador ayol ovqatida yod yetishmasligi tufayli homila tug`ma gipotireoz kasalligi bilan tug`iladi. Bolaning chaqaloqlik davridayoq yuzlari, tanasi shishgandek bo‘ladi, bolaning yoshi ulgaygan sari kattalarning miksedema kasalligida kuzatiladigan, yuqorida aytib o‘tilgan belgilari namoyon bo‘la boshlaydi. Eng muhim belgilari shundan iboratki, bolaning yoshligidan aqliy va jismoniy rivojlanishi sust bo‘ladi, qad-qomatini tik tutishi, o‘tirishi, yurishi, gapirishi sog` bolalarga nisbatan orqada qoladi. Ba`zi bolalar 3-5 yoshda ham yurmaydi, gapirmaydi.
Tibbiy yordam.Bemor bola endokrinolog shifokori nazoratida davolanadi.
Qalqonsimon bez faoliyatini kuchaytiruvchi quyidagi dorilar qo‘llanadi: tireoidin gormoni bolaning yoshiga qarab Ѕ-1 tab. kuniga 1-2 mahal muntazam beriladi. Kasallik belgilarining kamayishi yoki yo‘qolishiga qarab, dori dozasi kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Tireoidinning o‘rniga triyodtironin, tireotom, eutiroks, novotirol kabi dorilar qo‘llanilishi mumkin.
Endemik bo‘qoq – qalqonsimon bezning diffuz, tugunli, o‘smasimon kattalashuvi.
Sababi. Tuzda, suvda va oziq-ovqat mahsulotlarida yod moddasining uzoq vaqt yetishmasligi.
Belgilari. Kasallik uch xil ko‘rinishda kechadi:
1.Gipertireoid bo‘qoq-toksik bo‘qoq (Bazedov kasalligi) belgilari bilan kechadi.Bunda qalqonsimon bez faoliyati kuchayadi.
2.Gipotireoid bo‘qoq-qalqonsimon bez faoliyati pasayishi (gipotireoz) belgilari bilan kechadi.
3.Eutireoid bo‘qoq –qalqonsimon bez hajmi kattalashadi, ammo uning faoliyatini buzilish belgilari kuzatilmaydi. Eutireoid bo`qoq asta-sekin gipertireoid yoki gipotireoid bo‘qoqqa aylanishi mumkin.
Endemik bo`qoq kasalligining asosiy belgilaridan biri qalqonsimon bez hajmining bo`yin oldi sohasida yong`oq, olma, piyola, hatto choynakdek kattalashuvidir. Bez hajmi juda sezilarli darajada kattalashganda bez atrofidagi a‘zolar, ya`ni traxeya, qizilo‘ngach, qon tomirlar qisiladi. Natijada nafas olish qiyinlashadi, yuz va bo‘yin venalari kengayib, bo‘rtib qoladi.
Kasallikning gipertireoid turida toksik bo‘qoq (Bazedov kasalligi) ning belgilari kuzatiladi. Kasallikning gipotireoid turi gipotireoz belgilari bilan kechadi. Bunda katta yoshdagi kishilarda aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi. Bolalarda bo‘y o‘sishi, organizmning jismoniy va aqliy rivojlanishi orqada qoladi.
Tibbiy yordam. 1. Bemor endokrinologiya shifoxonasida, yoki uy sharoitida endokrinolog shifokor nazoratida davolanadi.
2. Kasallikning eutireoid turida - antistrumin -1 tab. kuniga 1-2 mahal, 0,025 % -kaliy yodid 1 choy qoshiq kuniga 1 mahal yoki kunora, yodid-100, yodid-200, yodomarin-1 tab. (bittasi) kuniga 1 mahal oylar davomida beriladi.
3. Gipertireoid turida – Bazedov kasalligidagidek davolanadi.
4. Gipotireoid turida-gipotireoz kasalligidagidek davolanadi.
Qalqonsimon bez kasalliklarini oldini olish. Qalqonsimon bez kasalliklari aksariyat hollarda odam organizmiga yod yetishmasligi natijasida yuzaga keladi.Shu bois, yod yetishmasligi kasalliklarini oldini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasidа 2007 yil 3-maydа maxsus qonun qabul qilingan.