Ma’lumotlarga ko`ra yaqin kelajakda jahon energobalansida issiqlik elektr stansiyalari etakchi o`rinni egallab turadi. Organik yoqilg`ilarning yangi-yangi zaxiralari topilayotganligi ular hali beri o`z o`rnini boshqa energiya tashuvchilarga bo`shatmasligidan darak beradi. Shuning uchun ham IES larda bajariladigan ekologik tadbirlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlar servotexnologiyani rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, ular asosan quyidagilardan iborat:
1. Changgaztutgich qurilmalarining quvvatini oshirish va ularning sifat ko`rsatkichini yaxshilash. Hozirgi vaqtda AQSH va Yaponiyaning ba’zi issiqlik elektr stansiyalarida oltingugurt angidridi, azot oksidi va boshqa zararli aralashmalarni to`liq tutib qolib, zararsizlantirishga erishilgan. Buning uchun maxsus desulfurasion (oltingugurt II va III oksidini zararsizlantirish) va denitrifikasion (azot oksidlarini zararsizlantirish) qurilmalar o`rnatilib ishga tushirilgan;
2. Tabiiy gaz zaxiralari etarli bo`lgan hududlarda IES larni gaz yoqilg`isiga o`tkazish. O`zbekistonning IES larida yonilg`ining 80 % tabiiy gaz, qolganini toshko`mir va mazut tashkil qiladi.
3. Yonish jarayoniga qo`shimcha havo oqimi yuborish bilan yonish effektini oshirish. Bunda havoga chiqadigan qurum va boshqa qattiq chiqindilar miqdori kamayadi.
4. IES larda ishlatilgan suvning 95 % isigan va turli mahsulotlar bilan ifloslangan oqava xolida chiqariladi. Bu oqavalarni tozalab, ish jarayoniga qaytarish.
5. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko`proq ekologik toza energo- tashuvchilardan foydalanish. Bular qatoriga vodorod yoqilg`isidan foydalanish, shamol elektr stansiyalari, quyosh fotoelektrik stansiyalari tizimini kengaytirish va shu kabi ishlar kiradi.
Xulosa
1. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda asosiy o`rinni IES lar egallaydi. Ularda asosiy yoqilg`i turi - tarkibida oltingugurt birikmalari bo`lgan organik yoqilg`ilar hisoblanadi va shuning uchun ham IES lar atmosferani ifloslantiruvchi jiddiy manba bo`lib qolmoqda.
2. Gidroelektrostansiyalar tuproqning gidrorejimiga, uning meliorativ holatiga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
3. Atom elektr stansiyalari, garchi ular radioaktiv nurlanishning xavfli manba’si hisoblansada, ularda ehtiyotlik choralariga alohida e’tibor berilganligi uchun ekologik toza elektroenergetika manba’lari hisoblanadi.
4. Elektroenergetikaning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida texnologik jarayonlar takomillashtirilmoqda va ekologik toza energotashuvchilar manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo`yicha ma’lum ishlar olib borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Nikitin D.P., Novikov Yu.V. – Okrujayuhaya sreda i chelovek. M. «Vo`sshaya shkola», 1980.