tabiiy resurslar qazib olingandan iste’mol qilgunga qadar oraliqda yuqori
energetik foydali ish
koeffitsientini bilan ta’minlanishi kerak.
Energiyani iqtisod qilishning maqsadi – milliy yalpi mahsulot ishlab chiqarish
birligiga to‘g‘ri keladigan energiya miqdorini kamaytirishdan iborat.
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarishni pasayishi,
inqirozni kuchayishiga, aholining yashash sharoitini yomonlashuviga sabab bo‘ladi. SHuning
uchun mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o‘zining «Jahon
moliyaviyiqtisodiy inqirozi,
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli risolasida inqiroz
ta’sirini kamaytirish yo‘llaridan biri, «Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada
kuchaytirish, aholi farovonligini yuksaltirish ko‘p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi
navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog‘liqdir»
deb aytib o‘tgan [1, 2] .
Energiyani tejash turlari. Iqtisodiy yuksalish har tomonlama energiya iste’mol qilishining
o‘sishi bilan bog‘liqdir. Energiyaning narxi, energiyadan oxirgi stadiyada kanday foydalanishga
bog‘liqdir. Narx belgilash energiyani tejashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi kerak. Energiya
narxini quyidagi faktorlarga mos holda qarab chiqish zarur: yoqilg‘ini yonish issiqligi, shu bilan
bir qatorda energetic resurslardan samarali foydalanishga harakat qilish lozim.
Energiya narxini
ko‘tarilishi, iste’molchilarni energiya bilan ta’minlash va energiya iste’mol qilishni birgalikda
olib borish yo‘llarini axtarishni, yangi texnologik echimlarni axtarib topishni va ularni ishlab
chiqarishga tadbiq qilishni taqazo qiladi.
Mamlakatlarning hukumatlari, bozor iqtisodiyoti mexanizmiga moslashishi va
energiyadan samarali foydalanishni rag‘batlantirish choralarini qabul qilishlari kerak.
Hukumat
quyidagi tadbrlarni o‘z ichiga oluvchi siyosatni amalga oshirish mumkin
energiya isrofini kamaytirish;
energiyani tejashga yo‘naltirilgan texnik echimlarni rag‘batlantirish;
bir turdagi energiya resurslarini boshqa turdagi energiya turi bilan siqib
chiqarilishi;
energiyani ko‘p iste’mol qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni chegaralash
(cheklash);
energiya iste’mol qiluvchi qurilmalar uchun
milliy standartlarni kuchga
kiritish;
noan’anaviy va boshqa energoresurslar to‘g‘risidagi ilmiy izlanishlarni
mablag‘ bilan ta’minlash.
Hukumat elektr energiyasini tejash bo‘yicha qonunlar qabul qilishi, o‘tkaziladigan
tadbirlarni mablag‘ va soliq to‘lashdagi ba’zi imtiyozlar bilan rag‘batlantirish mumkin. Masalan,
sanoat uchun ishlab chiqarishni tadbiq qilish lozim. Energiya iqtisod qiluvchi maishiy uskunalar
ishlab chiqarish bo‘yicha tuzilgan dasturlarni rag‘batlantirishi lozim. Kombinatsiyalashgan
issiqlik va elektr energiyasi ishlab chikaruvchi ishlarni olib borish zarur. Bu ishlar energiyani
juda ko‘p tejash imkonini beradi. Sanoat korxonalaridan tashlanayotgan
past temperaturali
issiqlikni, ikkinchi marta markaziy isitish tizimlarida qo‘llashni kengaytirish lozim.
Dastlabki hisoblara qaraganda, metallurgiyada 11% ga yaqin, sellyulyuzaqog‘oz sanoatida
4-12%, sopol va shisha mahsulotlari ishlab chiqarishda 8%, alyuminiy ishlab chiqarishda esa –
6% energiyani tejash mumkin ekan.
Transportning rivojlanishi neft mahsulotlariga juda bog‘liqdir. SHuning uchun
transportdan energiyani iqtisod qilish bo‘yicha ko‘riladigan choralar, juda kata yoqilg‘ini
tejashga olib keladi. Buning uchun mashina-larning yoqilg‘ina iqtisod qilish imkoniyatini
oshirish va yoqilg‘i sarfini kamaytirish lozim.
Katta miqdordagi energiya binolarda sarflanadi: isitish,
issiq va sovuq suv
uzatish, sun’iy iqlim yaratish va boshqalar.
Qurilish sektorlariga, qurilish texnikasining yaxshilangan turlarini, energiya iqtisod qiluvchi
binolar va jihozlarni qurish uchun material va jihozlarni tadbiq qilish zarur. Binolarda
temperaturani termostatik yo‘l bilan tartibga solishni amalga oshirish zarur.
Energiya ta’minotining iqtisodini ko‘tarish uchun, tubdan o‘zgarishlar qilishni faqat
kelajakda amalga oshirish mumkin. Buning uchun, albatta, ya’ni yoqilg‘I
elementlarini
o‘zlashtirish va yangi texnologiya va jarayonlar rivojlangan bo‘lishii lozim. YOqilg‘i
texnologiyalari bu – magnitogidro-dinamik generatorlar, yuqori temperaturali gaz reaktorlari, tez
neytronlarga asoslangan reaktor-ko‘paytirgichlar va termoyadro reaktorlaridir.
Energiya tejashning katta qismi, takomillashtirilgan texnologiyalarni asta-sekin tadbiq
qilish jarayonida amalga oshiriladi.
Energiyani tejash dasturini hayotga tadbiq qilish uchun, iste’molchini iqtisodiy,
energiya
narxini ko‘tarish va uni tejashni mablag‘ bilan ta’minlash, imtiyozlar berish yo‘li bilan
qiziqtirish, energetik ilmiy izlanishlarni mablag‘ bilan ta’minlash va xalqaro hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish zarur.